Favqulodda moddalar hisobi


Dt Favqulodda foyda 240000 Kt


Download 63.76 Kb.
bet3/11
Sana07.03.2023
Hajmi63.76 Kb.
#1246883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FAVQULOTDA FOYDA VA ZARARLAR TAXLILI

Dt Favqulodda foyda 240000
Kt Hisoblangan foyda solig`i 240000
Favqulodda foydaning qolgan summasi esa «Yakuniy moliyaviy natija» hisobvarag`iga yopiladi.
Dt Favqulodda foyda 960000
Kt Yakuniy moliyaviy natija 960000


2-vaziyat
«AVS» kompaniyasi hisobot davrida er silkinishi natijasida 2000000 so`mlik favqulod-da zarar ko`rdi. Hisobot davrida foyda solig`i stavkasi 20% tashkil qilgan. Bu holda ham favqulodda zarar MHХSga ko`ra moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda soliq summa-sidan holi tarzda o`z aksini topadi.
[2000000 – ( 2000000 x 0,20 ) = 1600000 so`m]
Bu holatda aniqlangan soliq summasiga avval hisoblangan foyda solig`i summasi kamaytiriladi, ya`ni
Dt Hisoblangan foyda solig`i 400000
Kt Favqulodda zarar 400000
Favqulodda zararning qolgan summasi esa «Yakuniy moliyaviy natija» hisobvarag`iga yopiladi.
Dt Yakuniy moliyaviy natija 1600000
Kt Favqulodda zarar 1600000


4 Favqulodda moddalarning yoritilishi
Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda ko`rsatilgan favqulodda foyda yoki zarar summasi ularning mohiyati, yuzaga kelish sababi, o`lchami bo`yicha alohida tarzda yoritilishi lozim.


18-MAVZU. FOYDA SOLIG`I HISOBI


1. Buxgalteriya foydasi va soliqqa tortiladigan foyda to`g`risida tushuncha


2. Doimiy farqlar hisobi
3. Vaqtinchalik farqlar hisobi
4. Vaqtinchalik faqlarning soliq samarasi hisobi
5. Тo`lanadigan soliq summasini hisoblash tartibi
6. Iqtisodiy faoliyatdan zarar ko`rilgandagi soliq hisobi
7. Foyda solig`i bo`yicha yoritishlar


1. Buxgalteriya foydasi va soliqqa tortiladigan foyda to`g`risida tushuncha.


O`zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi soliq to`lovchilar hisobla-nadigan sub`ektlar tomonidan foyda solig`i hisobining tartibini belgilab beradi.


Buxgalteriya foydasi(zarari) – bu hisobot davrida soliq bo`yicha xarajatlar ayrilgunga qadar yuzaga kelgan foyda (zarar)dir.
Soliqqa tortiladigan foyda – bu soliq qonunchiligiga muvofiq belgilanadigan hisobot davrining daromad (foyda) summasidir.
Korxonalar buxgalteriya foydasini yillik yalpi daromad summasidan jami xarajatlarni ayirish orqali aniqlaydilar. Soliq qonunchiligiga ko`ra yalpi daromad summasiga qo`yidagilar kiritiladi:

  • mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar qo`rsatishdan olingan tushum;

  • asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli kog`ozlar, materiallar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan daromad;

  • foiz qo`rinishidagi daromadlar;

  • olingan dividendlar;

  • tekinga olingan mulk;

  • mulkni ijaraga berishdan olingan daromad;

  • royalti;

  • tekin ko`rsatilgan moliyaviy yordam;

  • kreditorlik va deponentlik qarzini hisobdan chiqarishdan olingan daromad;

  • kursdagi ijobiy farqlar;

  • favqulodda daromadlar;

  • boshqa daromadlar

Yalpi daromad summasidan ayriladigan xarajatlar tarkibiga qo`yidagilarni kiritish mumkin:

    • qo`shilgan qiymat solig`i;

    • aktsiz solig`i;

    • sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlar tannarxi;

    • davr xarajatlari;

    • bank krediti bo`yicha hisoblangan foizlar;

    • lizing to`lovlari;

    • kursdagi salbiy farqlar;

    • boshqa xarajatlar

Soliqqa tortiladigan foydani aniqlash uchun buxgalteriya foydasiga qayta qo`shiladigan va ayriladigan xarajatlarning tarkibi soliq qonunchiligi tomo-nidan belgilanadi.
Joriy davrda to`lanadigan soliqlar – bu soliqqa tortiladigan foydaga hisoblangan va joriy davrda to`lanishi lozim bo`lgan soliq summasidir.
Muddati kechiktirilgan soliqlar deb hisobot davrida aniqlangan, lekin buxgalteriya standartlari va soliq qonunchiligi taьsiriga ko`ra to`lanishi kelgusi davrlarga ko`chirilgan soliq summasiga aytiladi.
Aksariyat hollarda soliqqa tortiladigan foydani aniqlash qoidalari bux-galteriya foydasini aniqlash uchun qo`llanadigan hisob siyosatidan farq qiladi. Bunga asosan doimiy va vaqtinchalik farqlar bevosita taьsir ko`rsatadi.



Download 63.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling