Favqulodda moddalar hisobi


Download 63.76 Kb.
bet8/11
Sana07.03.2023
Hajmi63.76 Kb.
#1246883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FAVQULOTDA FOYDA VA ZARARLAR TAXLILI

4-misol. «XYZ» korxonasi bo`yicha hisobot yilidagi soliqqa tortiluvchi foyda 500 ming so`mni tashkil qilgan. Shu davrda korxona tomonidan qariyalar uyiga yordam tariqasida o`tkazib bergan summasi 25 ming so`mga teng bo`lgan.
Echim: Ushbu holatda korxona soliqqa tortiladigan foyda summasini faqat 5000 so`mga (500000 x 1 % ) kamaytirishi mumkin. Shunga ko`ra soliqqa tortila-digan foyda summasi 495 ming so`mga teng bo`ladi (500000 - 5000). Хayriya sifatida o`tkazilgan summa (25000 so`m) bilan, soliqqa tortish bazasini kamaytirishga olib borilgan (5000 so`m) summa o`rtasidagi farq, 20 ming so`m ( 25000 – 5000 ) korxo-naning sof foydasi hisobidan qoplanadi.
Investitsiyalarga (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga qo`ra asosiy ishlab chiqarishni rivojlantirish, kengaytirish va rekonstruktsiya qilishga, kollejlar, akademik litseylar, maktablar va maktabgacha taьlim muassasalari qurilishiga), shuningdek investitsiyalar uchun olingan kreditlarni uzishga yo`naltirilayotgan xarajatlar summasiga, hisoblangan eskirishdan to`liq foydalanish sharti bi­lan, biroq soliq solinadigan daromadning 30 % dan ko`p bo`lmagan miqdorda;


5-misol. Korxona hisobot davrida ishlab chiqarishni rekonstruktsiyalash ishlariga 3000 ming so`m mablag` sarfladi. Hisobot sanasiga jamg`arilgan eskirish summasi 2000 ming so`mni, hisobot yilining soliqqa tortiladigan foydasi esa 1500 ming so`mni tash­kil qilgan.
Echim: Bu holatda korxona soliq bo`yicha berilgan imtiyozdan foydalanishi uchun jamg`a­rilgan eskirish summasini to`liq hisobga olishi lozim. Bunga ko`ra, imtiyoz summasi 1000 ming so`m (3000 ming so`m - 2000 ming so`m)ni tashkil qiladi. Keyingi shart bu summa soliqqa tortiladigan foydaning 30 % dan ortmasligi lozim. Bu holatda imtiyoz summasi (1500 x 30 %) 450 ming so`mni tashkil qiladi. Demak, korxona rekonstruktsiya qilishga 3000 ming so`m miqdorida sarflagan mablag`idan soliqqa tortiladigan bazani boshqa shart sharoitlar o`zgarmagan holda 450 ming so`mga kamaytirishi mumkin .
diniy va jamoat tashkilotlarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiya-lar va harakatlardan tashqari), xayriya jamg`armalarining mulkida bo`l-gan korxonalar daromadi (foydasi)dan shu birlashmalar va jamg`arma-larning Ustavida belgilangan faoliyatni amalga oshirish uchun yo`nalti-riladigan ajratmalari summasiga;
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o`tkazishga ketgan xarajat-larning 3 % sum­masiga;
sportni rivojlantirishga ko`maklashish, futbol klublari va maktab-larining moddiytexnika bazasini mustahkamlashga sarflanadigan mab-lag`lar summasiga, biroq soliq solinadigan daromad (foyda)ning 5 % gacha miqdorda;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning daromadlari bo`yicha soliqqa tortiladigan baza zahira fondi korxona Ustav jamg`ar-masining 25 % ga etkuniga qadar daromad (foyda)ning 25 % gacha miqdor-da zahira fondiga o`tkaziladigan ajratmalar summasiga kamaytiriladi;
ishlovchilar umumiy sonining 3 % dan ko`prog`ini nogironlar tashkil etgan huquqiy shaxslar uchun daromad (foyda) solig`i summasi belgilangan me`yordan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga daromad (foy­da) solig`i 1 % kamaytiriladi.

Bundan tashqari, amaldagi qonunchilikda xorijiy sarmoyalar kiritilgan korxona­larning foydasi mahsulotni eksport qilishdan keng iste`mol tovarlari; bolalar uchun tovarlar ishlab chiqarishdan olingan foyda summasi imtiyozli tarzda soliqqa tortilishi ko`zda tutilgan. Imtiyozlardai foydalanish paytida yana bir muhim shartni hisobga olish lozim, yaьni hisoblangan barcha imtiyozlar summasi soliqqa tortiladigan bazaning 50% dan ortmasligi lozim.





Download 63.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling