Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


 Biznes rejaning tarkibiy qismlari


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

3. Biznes rejaning tarkibiy qismlari 
Taklif etilayotgan loyiha turiga qarab (qanday mahsulot ish- lab chiqarish yoki xizmat turlariga 
qarab), biznes-rejaning bo‘limlari ham turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin, bunday xujjatning mazmuni 
ozmi-ko‘pmi namunaviy bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1. Rezyume (xulosa). Bu biznes-rejaning boshlanuvchi va eng qisqa bo‘limi bo‘lib, u o‘zidan 
keyin keladigan barcha bo‘limlarning xulosasini o‘zida jamlaydi. Ko‘pgina sarmoya ajratuvchi 
investorlar, bankirlar (chunki ularning aksariyati, eng avvalo tadbirkorlardir) bir yoki 
ikki varaqli
biznes-rejaning ushbu qisqa mazmunli bo‘limini o‘qishni yaxshi ko‘radilar. Chunki ular bu orqali 
loyihaning eng kerakli xususiyatlarini va afzal tomonlarini payqay oladilar. Shuning uchun bu 
bo‘limni tayyorlash juda mushkul ish va u biznes-rejani tayyorlovchi xodimlardan katta mahorat 
hamda bilimlarni talab qiladi. 
Bu ishni faqatgina biznes-rejaning barcha bo‘limlari ishlab chiqilgandan so‘nggina yuqori 
saviyada bajarish mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, rezyume (xulosa) - bu birinchi material bo‘lib, 
sarmoya ajratuvchi investor, bankir, uning mazmunidan loyiha haqida hukm chiqaradi. 
Rezyumeda (xulosada) juda qisqa tarzda quyidagilar yoritiladi: 

loyihaning mazmuni: uning maqsadi va imkoniyat darajasidagi samaradorligi; 

ma'lum bir aniq bozor sharoitida loyihani amalga oshirish mumkinligi; 

loyihani kim va qanday amalga oshiradi; 


188 

loyihani moliyalashtirish manbalari; 

loyihani investitsiyalashdan keladigan, kutilgan foydalar: sotuv hajmi, ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlari, foyda normasi, investitsiya mablag‘larini qaytarish hamda xarajatlarni qoplash vaqti. 
2. Korxona 
(firma) haqida ma'lumotlar keltiriladi. Unda quyidagilar yoritiladi: 

korxonaning (firmaning) tashkil etilgan vaqti; 

ro‘yxatdan o‘tganligi; 

korxona sarmoyasining tarkibi; 

korxonaga xizmat ko‘rsatayotgan bank; 

korxona rahbariyati haqida ma'lumot; 

korxonaning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi; 

korxonaning imidji (ya'ni - xaridorlarning korxona haqidagi fikri, korxonaning boshqa xuddi 
shunday shakldagi firmalardan afzallik tomonlari, kimlar uning tovaridan yoki xizmatidan 
foydalanadi, korxonaning savdo belgisi qaerlarda ma'lum va asosiy xaridorlari kimlardan iboratligi 
ko‘rsatiladi). 

korxona harakat qilayotgan ichki va tashqi bozor tahlil qilinadi. 
3. Tovar mahsulot (xizmat turlari) tavsifi: 

ishlab chiqarishga taklif etilayotgan mahsulot yoki xizmat qanday ehtiyojlarni qondiradi; 

bozordagi hozirgi kunda mavjud bo‘lgan xuddi shu turdagi mahsulot yoki xizmatdan sizning 
mahsulotingiz yoki xizmatingiz qaysi afzal tomonlari bo‘yicha ajralib turadi; 

taklif etilayotgan mahsulot yoki xizmat qanday mualliflik hujjatlari bilan himoya qilingan; 

taklif etilayotgan mahsulot va xizmatning narxlari qanday bo‘lishi mumkin hamda qanchalik 
raqobatga bardosh beradi; 

mahsulot yoki xizmatni sotish natijasida qanchalik foyda normasiga erishish mumkin. 
4. Sotuv bozori: 

mahsulot yoki xizmatning asosiy xaridorlari kimlar bo‘ladi; 

hozirgi vaqtda hamda kelajakda sotuv hajmi qanday bo‘lishi mumkin; 

asosiy - raqobatchilar kimlar, ularning sotuv xajmi qancha, marketing strategiyasi va 
daromadlari qanday; 

raqobatchilarning mahsuloti qanday: asosiy tavsifnomasi hamda sifat darajasi qanday; 

raqobatchilar mahsulotlari yoki xizmatlarini qaysi narx- larda sotmoqdalar, ularning narx 
siyosatlari qanday. 
5. Marketing strategiyasi: 

ichki va tashqi bozorlarda mahsulot yoki xizmatni taklif etayotgan taqsimot hamda sotuv 
tizimi; 

sotuv narxi va narxni tashkil etish tizimi; 

reklama bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar, taklif etilayotgan reklama vositalari hamda ularga 
ketadigan xarajatlar tarkibi; 

sotishga ko‘maklashadigan chora-tadbirlar (pablik re- leyshnz), xaridorlar uchun qo‘shimcha 
imtiyozlar, sotuvdan so‘nggi xizmat ko‘rsatish va xrkazolar. 
6. Ishlab chiqarish dasturi: 

mahsulot ishlab chiqarish qaerda tashkil etiladi; 

yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish lozimmi; 

yoki harakatdagi korxona quvvatlaridan (qayta qurollanti- rib) foydalanish mumkinmi; 

rejalashtirilayotgan korxonada ishlab chiqarishni maqsadga muvofiq hajmi qanday bo‘lishi 
kerak; 

me'yordagi quvvatlarga erishish uchun qanday investitsiyalar zarur; 

korxona xom-ashyo mahsulotlari hamda boshqa ishlab chiqarish omillari bilan qanday 
ta'minlanadi; 

qanday texnologiya va vositalardan foydalaniladi; 

korxona boshqa korxona bilan ish jarayonini takomillashtirish ustida ishlaydimi. 
7. Ishlab chiqarishni tashkil etish: 


189 

rejalashtirilayotgan korxonaning tashkiliy tuzilmasi qanday bo‘ladi; 

korxona kadrlar bilan qanchalik ta'minlangan, mavjud mutaxassislarning ro‘yxati, ularning 
malakasi hamda ish tajri- basi; 
-turli xil kategoriyadagi ishlovchilarni, sotsial imtiyozlarni qo‘shgan holda, ish haqi shakllari 
hamda darajasi qanday bo‘ladi; 

korxonaning texnologik tuzilmasi qanday bo‘ladi. 
8. Korxonaning tashkiliy shakli: 

rejalashtirilayotgan korxonaning mulk shakli hamda huquqiy statusi qanday (xususiy korxona, 
hissadorlik jamiyati, fermer xo‘jaligi, ijara korxonasi, ko‘shma korxona va hokazolar); 

korxonaga yordamlashuvchi investor qanday huquqlarga ega bo‘ladi (boshqarishda 
qatnashishi, aksiyalar paketidagi hissasi va hokazolar); 

rejalashtirilayotgan korxonaning homiylari yoki investor- lari kimlar (davlat tashkilotlari, 
bank, fermer xo‘jaligi, xususiy korxona va boshqalar); 

mavjud homiylar yoki investorlar uchun qanday huquqlar berilgan (boshqarish, moliyaviy 
nazorat); 

ushbu mulk shaklidagi korxona qanday yuridik huquqlarga ega (korxonaning huquqiy statusini 
tartibga soladigan qonun nor- malarini qisqacha yoriting), potensial investor, unga beriladigan 
huquqlarga ega bo‘lishi uchun, qanday yuridik holatlarni amalga oshirish kerak (birgalikda egalik 
qilish, homiy, hissador) va bu esa mahalliy hamda joydagi qonunlar bo‘yicha qanday huquqiy ja- 
vobgarlikka olib keladi. 
9. Moliyaviy reja: 

korxonani tashkil etish uchun qancha miqdordagi umumiy investsiya hajmi kerak; 

moliyalashtirish manbalari qanday (aksiyalar sotish, qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish, bank 
kreditini olish, korxonani tashkil etayotganlarning o‘z mablagi); 

moliyalashtirish manbalari va valyuta turlari bo‘yicha tar- kibi qanday bo‘lishi kerak (agarda 
xorijiy valyutalarda investi- siyalar rejalashtirilayotgan bo‘lsa, u xolda qaysi ayriboshlash kurslarida 
ularni jalb etishmoqchi); 

uzoq muddatli investitsiyalarga va aylanma vositalarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun 
qanday shartlar asosida moliya mablag‘lari jalb etiladi. 
10. Loyihaning rentabelligi (foydaliligi): 
-korxonani tashkil etish bo‘yicha investitsiya xarajatlarining 
umumiy hajmi hamda mahsulot birligiga to‘g‘ri kelishi qanday (asosiy va aylanma vositalarga, 
infrastrukturaga va xokazolar uchun investitsiyalar); 

rejalashtirilayotgan korxonani ishlatish, mahsulotini coram yoki xizmatni tashkil etish 
qanchaga tushadi; 

maxsulotni sotishdan yoki xizmatdan keladigan umumiy daromadlar hajmi qancha bo‘lishi 
mumkin; 

rejalashtirilayotgan korxona qanday turdagi soliqlarni to‘lashi kerak; 

ijaraga olingan mablaglarni qaysi muddatlarda va qanday hajmlarda qaytarish 
rejalashtirilayapti; 

rejalashtirilayotgan korxonaning umumiy foyda hajmi va normasi qancha bo‘lishi mumkin. 
Yuqorida keltirilgan biznes-rejaning bo‘limlaridan tashqari, yana qo‘shimcha ravishda quyidagi 
axborotlarni keltirish mumkin, ya'ni moliyaviy mablag‘lar hamda majburiyatlar, foyda va zararlar 
hisoboti, moddalari bo‘yicha xarajatlar va hokazolar. 
Xulosa qilib aytganda, muvaffaqiyatli tuzilgan biznes-reja korxonaning holatini chuqur tahlil 
qiladi hamda uning kelajakdagi rivojlanishiga xolisona va ob'ektiv baho beradi. 
Biznes-reja muhim hujjat hisoblanadi. Shuning uchun ham uni begona odamlarga hamda korxona 
boshqaruviga aloqador bo‘lmagan shaxslarga berish taqiqlanadi. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling