Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


 Banklarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish monitoringini tashkil etish


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

 
4. Banklarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish monitoringini tashkil etish. 
Banklarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning monitoringini olib borishi bilan bankning 
«Loyihalarni moliyalashtirish monitoring» bo‘limi shug‘ullanadi. Bu bo‘lim ham bankning boshqa 
bo‘limlari kabi o‘zining Nizomiga ega bo‘ladi. Bo‘lim faoliyati bankning moliyachi – maslahatchilar 
tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar monitoringini o‘tkazish tartibi bo‘yicha Nizomga asoslanadi. 
Ushbu Nizomda joriy monitoringni o‘tkazishning to‘liq jarayoni, qarz oluvchining moliyaviy ahvolini 
baholash usullari, turli xil moliyaviy koeffitsientlarini hisoblash usullari, muammoli kreditlarning 
monitoringini o‘tkazish tartibi, tahliliy usullar va ushbu holatlarni hal etishga doir maslahatlar 
keltirilgan bo‘ladi. 
Bu bo‘lim faoliyatining asosiy maqsadi ssuda hisob-raqamidan to‘lov xujjatlarining qilingan 
to‘lovlarga mosligini nazorat qilish, ob'ekt joylashgan joyga chiqish bilan birga kreditdan maqsadli 
foydalanilganligini tekshirish, bajarilgan ishlarning nazorat ulchamlarini o‘tkazish va kurilish 
muddatidan qat'iy nazar yilda kamida ikki marta sotib olingan uskunalarni inventarizatsiya qilish 
hisoblanadi. 
Kreditdan maqsadli foydalanilmaganligini, uskunalarning komplekt (yaxlit) emasligi hamda 
yetkazib kelinmaganligini va boshqalarni aniqlashda bu bo‘lim kuyidagi choralarni ko‘llashga haqli 
hisoblanadi: 
- kreditlardan maqsadli foydalanilmaganda kreditlarning qolgan qismini muddatidan oldin 
qaytarib olish (undirib olish); 


200 
- bajarilgan ishlar qismi hajmida kredit summasini muddatidan oldin qaytarib olish; 
- jarima jazolarini ko‘llash. 
Yuqorida keltirilgan huquqlar va maqsadlarga ega bo‘lgan holda monitoring bo‘limi o‘zining 
tegishli majburiyatlarini bajaradi. 
Banklarda monitoring kuyidagi sohalarda olib boriladi: 
- moliyalashtirishni nazorat qilish; 
- kurilish jarayonini va loyihani ishga tushirishni nazorat qilish; 
- kreditning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish; 
- kredit qaytarilishini nazorat qilish. 
Ushbu sohalar monitoringiga parallel ravishda garovga ko‘yilgan mulk predmetlari holatini va 
korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini baholash ham olib boriladi. 
Moliyalashtirish monitoringida kuyidagi faoliyatlar amalga oshiriladi: 
1. To‘lov xujjatlarining tasdiqlangan ob'ekt smetasiga va foydali ishlatilishiga hamda shartnoma 
baholarini aniqlashning to‘g‘riligiga mos kelgandagi to‘lov ob'ektlariga ssuda hisob-raqamidan 
ajratilgan har bir to‘lovini nazorat qilish. 
2. Kurilish ketayotgan joyga borib kreditdan maqsadli foydalanilayotganini har chorakda 
tekshirish. 
3. Har choraklik statistik tahlilni o‘tkazish, moliyalashtirishning real va rejali jadvalini va qarz 
oluvchining kredit bo‘yicha to‘lovlarini nazorat qilish. 
4. Kredit shartnomasi, loyiha monitoringining rejasi va texnik tartibi talablarga mos kelishini 
nazorat qilish. 
Loyiha jarayoni va ob'ektni ishga tushirish monitoringi kuyidagi shakllar va yo‘nalishlarda amalga 
oshiriladi: 
1. Ssuda hisob-raqamidan qilingan har bir to‘lovda korxonadagi to‘lov xujjatlarining ob'ektning 
tasdiklangan smetasiga va foydali ishlatilishiga mosligini va shartnoma baholarining to‘g‘ri 
aniqlanganligini nazorat qilish. 
2. Har chorakda statistik tahlil olib borish, moliyalashtirishning real va rejali jadvalining mosligini 
va kredit bo‘yicha qarz oluvchining to‘lovlarini tahlil qilish. 
3. Kurilish ob'ektiga chiqish orqali kreditdan maqsadli foydalanilayotganini har chorakda tekshirib 
borish. 
4. Kredit shartnomasi, texnik tartib talablari va loyiha monitoringi rejasining bajarilishini nazorat 
qilish. 
Kurilish jarayoni va ob'ektni ishga tushirish monitoringi kuyidagi shakl va yo‘nalishlarda olib 
boriladi: 
1. Kurilish muddatlarining uskunalarni keltirish va ularning ishlab chiqarish jadvaliga mos holdagi 
kurilish-montaj ishlari muddatlarini, ishlarni joriy etish jarayoni haqidagi hisobot ma'lumotlarini, 
tekshirish natijalarini bevosita o‘rganish bilan bog‘liqlikda, shuningdek kurilishni olib borish 
saviyasining pasayish sabablarini aniqlash va iqtisodiy choralar qo‘llash bilan hamda yuqori 
tashkilotlar va prokuratura organlari, xo‘jalik sudlariga zarur hollarda ma'lumotlarini yetkazish yo‘li 
bilan kuzatuvlarni nazorat qilish. 
2. Pudratchi va buyurtamchilar tomomnidan uskunalarni yetkazib berish, ob'ektni ishga tushirish 
bo‘yicha kurilish-montaj ishlari va boshqa xizmatlar uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyat-
larning bajarilishini nazorat qilish. 
3. Ob'ekt bo‘yicha kurilish-montaj ishlari va xizmatlarni o‘rnatilgan tartibda va sotib olingan 
uskunani inventarizatsiya qilish bo‘yicha yilida kamida ikki marta sanoqli, o‘lchovli va hisobli nazorat 
ishlarini olib borish. 
4. Uskunalarni ishga tushirishga qabul qilishda ishtirok etish va loyiha ko‘rsatkichlarining loyihani 
amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan strategiyalariga mosligini nazorat qilish. 
Moliyalashtirish va kurilish jarayonidagi monitoringda jarayonida kuyidagi tadbirlar ham amalga 
oshirilishi kerak: 
1. Kredit bo‘yicha ta'minlanganlik holati va sifatini nazorat qilish. 


201 
2. Bank kreditiga bo‘lgan talabning o‘sishi yoki qisqarishi bilan bog‘liq risklarni hisobga olgan 
holda, qarz oluvchining moliyaviy holatining o‘zgarishini baholash. 
3. Bozordagi iqtisodiy holatini baholash, loyihani amalga oshirishning tasdiqlangan 
strategiyasidan chetlanishini va loyihaning pul mablag‘lari oqimi bashoratini uning real holatiga 
taqqoslash. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling