Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

 
 
 
1. Monitoringning mohiyati va ahamiyati 
Bank muassasalari investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga mablag‘ ajratib, kredit bergan 
vaqtdan boshlab qarz oluvchining kreditga layoqatliligini tahlil qilish, kreditning maqsadi ishlatilishi 
ustidan nazoratni (tekshiruvni), ya'ni loyihani moliyalashtirishning monitoringini olib boradi. 
Qarz olgan bank mijozlari o‘z qonun va qoidalariga ega bo‘lgan bozor muhitida, raqobatchilik 
sharoitida faoliyat yuritadilar. To‘g‘ri rivojlanish strategiyasini tanlab olmagan, bozor sharoitiga 
moslashmagan korxonalar o‘z pozitsiyalarini boy beradilar. Qarz berilgan paytda rivojlanish 
istiqboliga ega bo‘lgan qarz oluvchi bir necha oydan so‘ng ob'ektiv va sub'ektiv omillar ta'sirida qiyin 
moliyaviy ahvolga tushib qolishi mumkin. Natijada bank kreditining qaytarilmasligi xavfi yuzaga 
kelishi mumkin. Shuning uchun loyihani moliyalashtirishga mablag‘ ajratgan bank (kreditor) qarz 
holatini loyihaning butun muddati davomida doimiy ravishda nazorat qilib borishi, o‘z vaqtida yuzaga 
kelayotgan muammolardan darak beruvchi «signal»larni aniqlashi juda muhim ahamiyatga ega. 
Loyihani moliyalashtirish monitoringi moliyalashtirishga ajratilgan mablag‘lar qay yo‘sinda 
ishlatilayotganligini nazorat qilish, uning maqomidagi o‘zgarishlarni aniqlash va tegishli chora-
tadbirlarni ko‘rish tizimini ko‘zda tutadi. Uning maqsadi asosiy qarz va u bo‘yicha hisoblangan 
foizlarning o‘z muddatida qoplanishini ta'minlashidan iborat. 
Monitoring, eng avvalo, loyihani moliyalashtirishga mablag‘ berish bitimiga tegishli barcha 
xujjatlarni va ularning shartlari bajarilishini, ularning bank-kredit siyosatiga, qabul qilingan me'yorlar 
va tartiblarga muvofiqligini davriy tekshirib borishni o‘z ichiga oladi. Navbatdagi qadam qarzdorning 
moliyaviy layoqatini baholash bo‘lib, uning balansini, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini hamda 
mijozning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tavsiflovchi boshqa xujjatlarini tahlil qilish asosida amalga 
oshiriladi. 
Monitoringning yana bir muhim tomoni kreditni qoplashning ikkilamchi manbai-uning 
qaytarilishining ta'minotini tekshirish hisoblanadi. 


194 
Bugungi kunda respublikamizda har yili yuzlab loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. 
Bu loyihalar davlat byudjeti mablag‘lari, xalqaro kredit liniyalari mablag‘lari hisobiga, biznes-fond va 
byudjetdan tashqari fondlar, banklar, chet ellik va xususiy investorlar tomonidan moliyalashtirilar 
ekan, albatta, bu mablag‘larning qaytarilishi va ma'lum miqdorda ularning foyda bilan ta'minlanishi 
talab etiladi. Ushbu mablag‘larning muayyan foydasi bilan qaytishligini aniqlash, tekshirib borish va 
tahlil qilib turish uchun kreditorlar tomonidan, shuningdek mol yetkazib beruvchilar, xususan, lizing, 
sug‘urta kompaniyalari va kafillik beruvchi tashkilotlar tomonidan loyihalarning monitoringi olib 
boriladi. 
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ham moliyalashtirilayotgan barcha loyihalar ustidan 
monitoring olib borishning umumiy tizimi joriy qilingan. 
Har bir moliyalashtiruvchi yoki kreditlashni amalga oshiruvchi tashkilotlar o‘zlarining faoliyat 
turi va xususiyatlaridan kelib chiqib o‘zlariga xos bo‘lgan monitoring o‘tkazish tartibini ishlab 
chiqadilar va shu asosda faoliyat yuritadilar. 
O‘zbekistonda Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat ko‘mitasi 
Moliya vazirligi bilan birgalikda 1998 yil 30 martda «Korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini 
tahlil etish va monitoringni yuritish tartibi» asosida monitoring mexanizmi yo‘lga qo‘yilagn. Ushbu 
tartibga 1998 yil 19 avgustda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu tartibda monitoringning 
qisqacha mazmuni keltirilgan. Ushbu tartibga ko‘ra, monitoring – bu loyihaning amalga oshirilishi 
yuzasidan tizimli kuzatuv olib borishdir. 
Monitoringning mazmuni «ko‘zgu» degan ma'noni anglatadi. 
Monitoringni yuritishda kuyidagilar ko‘zda tutiladi. 
1. Amalga oshirilmoqchi bo‘lgan loyihada nima ishlab chiqarish ko‘zda tutilganligi. 
2. Ishlab chiqarish jarayonini boshidan oxirigacha kuzatib borish. 
3. Ishlab chiqarish korxonasining tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik jihatdan 
asoslanishi va tashkil etilishi. 
4. Loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlash va uni moliyalashtirishni amalga oshirish. 
Monitoring olib borish bosqichlari bo‘lib kuyidagilar hisoblanadi: 
- korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash; 
- olingan ma'lumotlar asosida korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik holatini tahlil etish; 
- tahlil natijalari bo‘yicha xulosalar qilish va takliflar berish. 
Investitsiyalarni jalb etish va ularning monitoringi mexanizmi korxonalarining kredit resurslariga 
bo‘lgan talabining bankini shakllantirishda, investitsiyaviy jarayonning barcha ishtirokchilari bilan 
o‘zaro hamkorlik mexanizmini, ularning kredit liniyalarini o‘zlashtirish jarayoniga ko‘shilishini, shu 
jumladan investitsiyaviy davrning barcha bosqichlarida kredit liniyalari resurslaridan investitsiyaviy 
loyihalarni amalga oshirish samaradorligini kuzatishni va baholashni ko‘zda tutadi. 
Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish samaradorligi monitoringini o‘tkazishning maqsadi 
investitsiyalash jarayonining barcha darajalarini doimiy kuzatish hisoblanadi (ularning kengaytirilgan 
vazifalari asosida): 
- investitsiyaviy jarayonning barcha ishtirokchilari tomomnidan korxonalar loyihalarini 
(takliflarini) investitsiyaviy davrning barcha bosqichlarida o‘tish muddatlariga amal qilish; 
- investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni, shu jumladan, investitsiyaviy davrning barcha 
bosqichlarida jalb qilinayotgan chet el kredit liniyalari samaradorligini ta'minlashga ko‘maklashish. 
Qo‘yilgan mablag‘larining yuqori samarasini ta'minlash korxonalar tomonidan investitsiyaviy 
loyihalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish monitoringning asosiy maqsadi hisoblanadi. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling