Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


To‘g‘ri javob: 26,27 mln. so‘m


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

To‘g‘ri javob: 26,27 mln. so‘m. 
2.2.5-masala. 30, 50 va 70 kundan so‘ng to‘lanishi lozim bo‘lgan 100, 150 va 180 mln. so‘m 
pul, 450 mln. so‘mga teng bo‘lgan to‘lov bilan almashtirildi. Hisob-kitoblarda 20% yillik oddiy 
stavkadan foydalangan holda, umumlashtirilgan to‘lov muddatini aniqlang. 
To‘g‘ri javob: 144 kun 
2.2.6-masala. 1, 2 va 3 yildan keyin to‘lanishi lozim bo‘lgan 3, 5 va 10 mln. so‘m pul, 16 mln. 
so‘mga teng bo‘lgan to‘lov bilan almashtirildi. Hisob-kitoblarda 10% yillik murakkab stavkadan 
foydalangan holda, umumlashtirilgan to‘lov muddatini aniqlang. 
To‘g‘ri javob: 1,13 yil 
2.2.7-masala. Boshlang‘ich shartnoma bo‘yicha 4 yildan keyin 500 mln. so‘m to‘lanishi kerak 
edi. Ushbu sharoitlar quyidagicha o‘zgartirildi: birinchi ikki yildan keyin 300 mln. so‘m to‘lash; 
qolgan summani keyingi uch yildan keyin to‘lash. Hisob-kitoblarda 10% yillik murakkab stavkadan 
foydalangan holda, qolgan summani toping. 
To‘g‘ri javob: 150,7 mln. so‘m 
2.2.8-masala. Boshlang‘ich majburiyat bo‘yicha 20 mart kuni 500 ming so‘m, 25 avgustda esa 
300 ming so‘m to‘lash lozim. Ushbu majburiyat qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng 5 may kuni 400 ming 
so‘m, qolgan summani esa 25 sentyabrda to‘lashga kelishildi. Hisob-kitoblarda 40% yillik oddiy 
stavkadan foydalangan holda, to‘lanishi lozim bo‘lgan qolgan summani toping. Barcha to‘lovlar oxirgi 
to‘lov sanasiga olib kelinsin. 
To‘g‘ri javob: 450,4 min so‘m. 
2.2.9-masala. Tadbirkor hamkoriga 3 oydan so‘ng 100 ming so‘m, 5 oydan so‘ng yana 200 
ming so‘m va 7 oydan so‘ng yana 150 ming so‘m to‘lashi kerak. Tadbirkor barcha to‘lovlarni 
birlashtirgan holda 470 ming so‘m to‘lashni rejalashtirgan bo‘lsa, ushbu to‘lov amalga oshirilishi 
lozim bo‘lgan muddatni toping. Hisob-kitoblarda 45% yillik murakkab foiz stavkasidan foydalaniladi. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling