Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Imtiyozli aksiyalar qiymatini hisoblash modeli


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

 
Imtiyozli aksiyalar qiymatini hisoblash modeli 
Ushbu model juda ham oddiy, chunki imtiyozli aksiyalar daromadini aniqlash juda ham oson. 
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha o‘rnatilgan dividend miqdori to‘lanadi, va foyda darajasi qanchalik 


218 
bo‘lishidan qat'i nazar boshqa hyech qanday to‘lovlar to‘lanmaydi. Shuning uchun ham, imtiyozli 
aksiyalar bo‘yicha foydalilik quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: 
, (4.7) 
Bu yerda: D – bitta aksiyaga bo‘lgan yillik dividend kattaligi; 
R – bitta aksiyaning bozor narxi. 
Oddiy aksiyalardagi singari, yangi imtiyozli aksiyalarni chiqarish xarajati ularning qiymatidan 
yuqori bo‘ladi. Bunday baholashni (6.6)dan gq0 deb, chunki imtiyozli aksiyalar odatda o‘smaydi, 
qabul qilgan holda amalga oshirish mumkin: 
, (4.8) 
 
Qarz kapitali qiymatini aniqlash modellari 
O‘z faoliyati davomida, korxona quyidagi ko‘rinishga ega qarz mablag‘lari bilan ish yuritadi: 
- tijorat banklari va boshqa korxonalarning uzoq muddatli kreditlari; 
- berilgan qoplanish muddati va nominal foiz stavkasiga ega obligatsiyalar chiqarish. 
Birinchi vaziyatda, qarz kapitalining qiymati kreditning foiz stavkasiga teng va kreditor hamda 
qarz oluvchi o‘rtasidagi shartnoma bilan, har bir holat uchun alohida, belgilanadi. 
Ikkinchi vaziyatda, kapital qiymati obligatsiya nominal qiymatiga nisbatan foizlarda 
ifodalanadigan, obligatsiyaning nominal foiz stavkasi kattaligi bilan belgilanadi. Nominal qiymat – bu 
obligatsiya chiqargan korxona, obligatsiyani sotib olgan korxonaga, obligatsiyani qoplash kuni 
kelganda to‘lanadigan narxdir. Tabiiyki, obliatsiyani qoplanish muddati obligatsiya chiqarilgan paytda 
ko‘rsatiladi. 
Obligatsiyalar yangi chiqqan vaqtda ular o‘z nominal qiymati bo‘yicha sotiladi. Demak bunda
qarz kapitali qiymati S
d
obligatsiyaning nominal foiz stavkasi i
k
bilan aniqlanadi
, (4.9) 
Obligatsiyaning real foydaliligini (qarz kapitali qiymatini) hisoblash uchun, obligatsiyalar hozirgi 
qiymatini aniqlash modelidan ofydalanamiz: 
, (4.10) 
Bu yerda: INT – obligatsiya bo‘yicha yillik foiz to‘lovi; 
M – obligatsiyaning nominal qiymati; 
V
v
– obligatsiyaning hozirgi qiymati; 
N – obligatsiya qoplanishigacha qolgan davrlar (yillar); 
r

– obligatsiya bo‘yicha foiz stavkasi. 
(4.11) formula belgilarida C
d
qarz kapitali qiymatini hisoblash uchun quyidagi tenglamadan 
foydalaniladi: 
, (4.11) 
Bu yerda: V
M
– obligatsiyaning joriy bozor narxi; 
N – obligatsiya qoplanishigacha qolgan yillar. 
(4.11) tenglamani EHM yoki moliyaviy elektron hisoblagichda sonli uslublardan foydalanib 
keltirilgan holdagina yechish mumkin.Quyidagi keltirilgan (4.12) formula natijasi ham tenglamadan 
foydalanishga ancha yaqin: 
, (4.12) 
Obligatsiyaning yakuniy daromadliligi – bu mablag‘larni investitsiyalash to‘g‘risidagi qarorning 
muqobil qiymatidir. Shunday qilib, korxonada ortiqcha mablag‘lar mavjudligi, yoki u mablag‘lar kirib 
kelishiga muhtojligidan qat'iy nazar, mavjud obligatsiyalar bo‘yicha yakuniy daromadlilik qarz 
mablag‘lari qiymatini ifodalaydi. 


219 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling