Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Qarz mablag‘larining samarali qiymati


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Qarz mablag‘larining samarali qiymati. Qarz kapitali qiymati to‘g‘risida gap yuritayotganda
quyidagi muhim holatni hisobga olish lozim. Aksiyadorlarga to‘lanadigan daromadlardan farqli 
ravishda, qarz kapitali bo‘yicha to‘lanadigan foizlar, mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlariga 
kiritiladi. Shunday qilib, soliq to‘lagandan keyingi qarz kapitali qiymati natijaviy daromadlilik (yoki 
soliq to‘lagungacha bo‘lgan qiymat)dan pastroq bo‘ladi. 
Bunday moliyaviy o‘ziga xoslikni aks ettirish maqsadida, qarz kapitalining samarali qiymati 
tushunchasi kiritilgan va u quyidagicha hisoblanadi: 
, (4.13) 
Bu yerda: T – soliq stavkasi. 
 
 
 
Kapitalning o‘rtacha o‘lchangan qiymati 
Korxona uchun umumiy qiymatni baholashdagi so‘nggi qadam bo‘lib, turli xil manbalardan jalb 
qilingan mablag‘larni birlashtirish xizmat qiladi. Ushbu umumiy qiymatni – kapitalning o‘rtacha 
o‘lchangan qiymati deb ham atashadi. 
Kapitalning o‘rtacha o‘lchangan qiymatini hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi: 
, (4.14) 
Bu yerda: W
d
, W
p
va W
e
– tegishli tarzda qarz mablag‘lari, imtiyozli aksiyalar va shaxsiy kapital 
(oddiy aksiyalar va taqsimlanmagan daromad) ulushi; 
C
d
, C
p
va C
e
– kapitalni tegishli qismlarining qiymati; 
T – daromad solig‘i stavkasi. 
 
Masalalar 
4.1-masala. Soliq stavkasi 30% bo‘lganda, yiliga 13%lik kreditning samarali qiymatini 
hisoblang. 
yechim:
Qarzning samarali qiymati quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Bu yerda: i – kredit foiz stavkasi; 
T – daromad solig‘i stavkasi. 
Hisob-kitob quyidagicha amalga oshiriladi: S
k
= 13x(1-0,3) = 9,1% 
To‘g‘ri javob: 9,1% 
4.2-masala. Korxona bitta oddiy aksiyasining joriy narxi 50 ming so‘mga teng. Keyingi yilda 
kutilayotgan dividend kattaligi 5 ming so‘m. Bundan tashqari korxona dividendlarning yillik 4% 
o‘sishini rejalashtirgan. Korxona oddiy kapitali qiymatini aniqlang. 
yechim: 
Quyidagi formuladan foydalanamiz: 
Bu yerda: S
ye
– shaxsiy kapital qiymati; 
R – bitta aksiyaning bozor narxi; 
D
1
– investitsiyaviy loyihaning 1 yilida korxona tomonidan beriladigan dividend; 
g – dividendlarning prognoz qilingan yillik o‘sishi. 
Quyidagiga ega bo‘lamiz: 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling