316
Banknot - muomalaga pul chiqarish hukuqiga ega banklar bileti. Ular metall pulning o‘rnini
muomala va to‘lov vositasi sifatida bosadi.
Banko - qimmatli qog‘ozlarni xarid kilish va sotishni amalga oshirishda bank foydalanadigan
kurs
Bank sertifikatlari - bu omonat qo‘yilganligi to‘g‘risidagi, omonatchi yoki uning huquqiy
vorisining belgilangan muddat to‘lgandan so‘ng omonat summasini unga
tegishli foizlarni olishga
bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi bank, ya'ni emitent bergan guvohnomasidir.
Bank sertifikatlari ikki turda bo‘ladi; depozit va jamg‘arma sertifikati. Ular: shakliy ko‘rinishi
bo‘yicha: naqd pul va pulsiz ko‘rinishidagi sertifikatlarga; qarz muddati bo‘yicha:
muddatli va
muddatsiz sertifikatlarga; qayd qilinish usuli bo‘yicha sessiya (egasining ismi yozilgan) va sessiyasiz
sertifikatlarga bo‘linadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida omonatchilarning yoki ularning vorislarini benifitsiarlar deb
atashadi.
Barter - barter kelishuv – pulsiz bevosita tovar ayirboshlash. Ko‘proq
rivojlanmagan tovar
munosabatlari davri uchun xos bo‘lgan kelishuv. Hozirgi zamon barter kelishuvining aniq shakllari –
valyutasiz ayirboshlash,
kompensatsiyali kelishuvlar, turli xil kliringlar. Barter hozirgi sharoitda
aholini iste'mol mollari bilan ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: