Bessa - birja qimmatli qog‘ozlari kurslarining pasayishi.
Beta ko‘rsatkichi - qimmatli qog‘ozlar bozoridagi umumiy ahvolning alohida qimmatli qog‘oz
narxining o‘zgarib turishi-ga ta'sir ko‘rsatishini tavsiflaydigan ko‘rsatkich.
Birja dileri - qimmatli qog‘ozlar, mollar va valyuta birjalaridagi oldi-sotdi bitimlarida
vositachilik qiluvchi shaxs yoki firma.
Birlamchi diler - qimmatli qog‘ozlar bitimlarini amalga oshiruvchi birlamchi taqsimot
ishtirokchisi
Biznes - sohibkorlik tijorat ishlari bilan shug‘ullanish, pul topish maqsadida biror ish bilan band
bo‘lish. Biznes-tovar ishlab chiqarish va uni sotish, xizmat ko‘rsatish, transport va boshqa sohalardagi
faoliyatdir.
Biznes reja - qat'iy hisob-kitoblarga asoslangan hujjat bo‘lib, mavjud bozorlar holatini yaxshi
tahlil qilib o‘z maksadaini aniq, ravshan ko‘z oldiga keltira biladigan fermer xo‘jaliklari rahbarlari
tomonidan mustaqil ravishda yoki mutaxasislar va maslahatchilarni jal etgan xolda ishlab chiqiladi.
Bozor - tovarlarga talablar, takliflar va narxlar shakllanadigan savdo muomalasi sohasi.
Bozorni segmentlash - bozorni biron-bir belgi bo‘yicha alohida bo‘g‘imlarga ajratish.
Bozor infratuzilmasi - bozor iqtiso-diyoti uchun xizmat ko‘rsatuvchi har xil sohalar: unga
banklar, jumladan tijorat banklari, birjalar, auksionlar, savdo uylari, tashqi savdo firmalari, soliq
undiruvchi inspeksiyasi, tijorat va sohibkorlik idoralari, vositachi firmalar, savdo-sotiq uyushmalari,
konsernlar, konsorsiumlar va boshqalar kiradi. Bozor infratuzilmasi tovar ishlab chiqaruvchilarning
savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishga, ish kuchi yollashiga ko‘maklashadi. Davlatning
iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida aloqa
o‘rnatishga yordam beradi. Bozor infratuzilmasi faqat davlat idoralari emas, balki mustaqil uyushma,
tashkilot yoki firmalardan iborat nodavlat tashkilotlari ham bo‘lib, ular ko‘rsatayotgan xizmatlari
uchun haq oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |