Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Nazorat uchun savollar 
1.Xorijiy investitsiya tushunchasiga ta'rif bering. 
2.Investitsiya faoliyatiga ta'sir etuvchi omillarni tushuntirib bering. 
3.Investitsiya munosabatlari davlat tomonidan qanday qilib tartibga solinadi?
4.Xorijiy investitsiyalarning mohiyatini yoritib bering va ularni jalb qilinish sabablari tushuntirig. 
5.O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar qanday ahamiyat kasb etadi? 
6.Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning qanday manbalari mavjud? 
7. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida investitsion faoliyat
 
Bozor iqgisodi sharoitida investitsiya mablag‘lari yangi, samarali texnologiya hamda intellektual 
mulkni barpo etishga xizmat qiladi. Investitsiya mablag‘lari doimiy va o‘zgaruvchan kapitalni hamda 
intellektni barpo etish, uni rivojlantirish uchun sarflanadi. Fermer xo‘jaligi daro- madlarining bir qismi 
asosiy vositalarini sotib olish, qurish hamda ularni kapital ta'mirlashga sarflanadi. Aso- siy kapitalga 
kiritilgan sarmoya investitsiya deb ataladi. Investitsiyalar fermer xo‘jaligining moddiy-texnika ba- 
zasini yaratib, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, kimyo- lashtirish, elektrlashtirish, irrigatsiya-
melioratsiyalash natijasida sarf-xarajatlarni kamaytirib, mahsulotlar hajmini ko‘paytirish va sifatini 
yaxshilash orqali daro- madni oshirishdan iborat. 
Investitsiya mablag‘laridan samarali foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslari haqida 
O‘zbekiston Respubli- kasining «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi, «Chet el in- vestitsiyalari 
to‘g‘risida»gi qonunlari qabul qilingan. Unda investitsiyalar maqsad va vazifalariga ko‘ra, 3 ga 
bo‘linadi: 1. Kapital investitsiyalar asosiy fondlarni barpo etishga, takror ishlab chiqarishga va 
moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini rivojlantirishga sarflangan investi- siyalardir. 2. 
Innovatsiya investitsiyalari, texnika, texnolo- giyalar yangi avlodini yaratish va o‘zlashtirishga 
sarflangan investitsiyalarga aytiladi. 3. Ijtimoiy investitsiyalar in son salohiyatini, malakasini va 
ishlab chiqarish tajriba- sini oshirishga, shuningdek, moddiy iste'mollarning boshqa shakllarini 
rivojlantirishga sarflanadigan mab- lag‘lardir. 
Investitsiyalarning ikki turi bor:

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling