«foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish texnologiyasi»


Download 314.14 Kb.
bet1/5
Sana28.10.2023
Hajmi314.14 Kb.
#1729347
  1   2   3   4   5
Bog'liq
«foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish texnolog



Navoiy kon-metallurgiya kombinati
Navoiy davlat konchilik instituti
« Noyob va radioaktiv metall rudalarini qazish va qayta ishlash » kafedrasi


«FOYDALI QAZILMA KONLARINI YER OSTI USULIDA QAZIB OLISH TEXNOLOGIYASI»
fanidan


« Ochish, tayyorlash sxemasini va qazish tizimini tanlash »
mavzusi bo`yicha

KURS LOYIHASI


Bajardi: ________________
guruh talabasi
_________________
Qabul qildi: _________________
Umumiy ball: __________ Sana: __________
Shakllantirish (5 baho)__________
Ma`ruza (5 baho)____________
Savol-javob (5 baho0)______ __________
Navoiy 2022

Mundarija
Boshlang‘ich ma’lumotlar…………………………………………………………….
Kirish………………………………………………………………………………….
SHaxta maydoni chegarasi va foydali qazilma zaxiralari…………………………….
SHaxtaning ish tartibi, ishlab chiqarish quvvati va xizmat qilish muddati…………...
Asosiy stvolning joylashish o‘rnini tanlash…………………………………………...
SHMni qismlarga bo‘lish usullarini tanlash va uning ishlash tartibi………………….
Ochish sharoitlari uchun maqbul sxemani tuzish va texnika tanlash…………………
Stvol oldi qo‘rasining texnologik sxemasini tanlash………………………………….
Ishlar hajmini aniqlash………………………………………………………………...
Asosiy kon lahimlarini o‘tkazishdagi sarf-xarajatlarni hisoblash…………………….
SHaxta maydonini ochishning foydalanish chiqimlarini o‘tkazishda sarf-xarajatlarni hisoblash………………………………………………………………………………
Qazish tizimi…………………………………………………………………………..
SHaxta ishining kon-texnik ko‘rsatkichlari…………………………………………
Xulosa…………………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………………

Kirish.
Rudali konni yoki uning bir qismini (rudali yoki shaxtali maydonning) qazish uchun yer osti koni deb nomlanuvchi kon qazish sanoat korxonasi barpo etiladi. Kon bitta yoki bir nechta ishlab chiqarish-xo‘jalik birliklariga – shaxtalarga ega bo‘lishi mumkin, qaysiki ularning har birida yer osti usulida rudani qazib olish amalga oshiriladi. Kon tushunchasi o‘z ichiga kon tarmog‘ini (yer qa’rining unda mavjud bo‘lgan rudali qatlamlarni sanoatda ishlash uchun mo‘ljallangan qismi), yer usti inshootlarini, yer osti kon lahimlarining barchasini, kon mashinalari va komplekslarini, energetik qurilmalarni va rudaning yer osti qazib olinishini ta’minlovchi ishchilar jamoasini qamrab oladi. Kon tarmog‘iga kiruvchi va ishlanishi lozim bo‘lgan konning balansli zaxirasi kon maydoni, alohida shaxtali ishlanishi lozim bo‘lgani – shaxtali maydon deyiladi.
Yaqin joylashgan bir nechta er osti konlari va karerlari (ochiq usulda qazib oluvchi kon qazish korxonalari), boyitish fabrikasi, ko‘pincha esa metallurgiya zavodi ham yagona sanoat korxonasiga – kon qazish, kon-boyitish, kon-metallurgiya kombinatlariga yoki ishlab chiqarish birlashmasiga birlashadi.
Kon qazish korxonasi uchun boshlang‘ich xom-ashyo bo‘lib ruda hisoblanadi, belgilangan narxlar qo‘yilgan mahsulot esa so‘nggi mahsulot bo‘lib hisoblanadi. SHu sababli rudali massa ham so‘nggi mahsulot bo‘lishi mumkin, agar unga narxlar belgilangan bo‘lsa, va kon ham xo‘jalikli mustaqil birlik hisoblanadi. Agar narx konsentratga belgilangan bo‘lsa, unda boyitish fabrikasi va alohida sexlar kabi kondan iborat kombinat yoki ishlab chiqarish birlashmasi xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘ladi. Va nihoyat, agar narx xomaki metallga belgilangan bo‘lsa, unda ishlab chiqarish birlashmasi (kombinat) metallurgiya zavodini ham xuddi sex kabi o‘z ichiga oladi.
Zamonaviy yer osti koni — bu yirik yuqori mexanizatsiyalashgan sanoat korxonasi. Rangli metallurgiyada unumdorligi 100—300 ming. t/yil gacha bo‘lgan yer osti konlari kichik konlar va unumdorligi 1,5—3 mln t/yil bo‘lgan konlar yirik konlar hisoblanadi, qora metallurgiyada va kon-kimyo xom-ashyosini(apatitlar, fosforitlar, kaliy tuzlari) qazib olishda esa unumdorligi 1—2 mln t/yil dan kamlari kichik konlar, 8—10 mln t/yil va undan ortiqlari yirik sanaladi. Konnning xizmat muddati, odatda, 30-60 yil va undan ortiqni tashkil etadi. Eski konlarni kengaytirishga va qayta ta’mirlashga harakat qilinadi.
Har bir konda yer osti lahimlari tarmog‘ining masofasi o‘nlab kilometrlar bilan o‘lchanadi, ba’zan esa yuzlab kilometrdan oshib ketadi. O‘zimizdagi yer osti konlarini qazish chuqurligi 1200—1800 m gacha yetadi, 300 dan 700—800 m gacha o‘zgarib turadi. Kanadada chuqurligi 2600 m gacha bo‘lgan konlar, AQSHda - 3000 m gacha, Hindistonda - 3250 m gacha, Janubiy Afrika Respublikasida hatto 3850 m.gacha bo‘lgan konlar mavjuddir.
Qatlamli konlarni qazishda konchilik korxonasining ishlab chiqarish birligi bo‘lgan ko‘mir shaxtasi yer osti qazib olishni olib boradi. SHaxta tushunchasiga er osti inshootlari va kon lahimlari tarmog‘i ham kiradi.
SHaxta maydonlarining buzilmaydigan joylashuvida ularga imkon boricha to‘g‘ri burchakli shakl beriladi. Gorizontal bo‘lmagan joylashuvda ko‘tarilishi (yuqori chegara) bo‘yicha, og‘ishi (pastki chegara) bo‘yicha va cho‘ziqligi (yon chegaralar) bo‘yicha chegaralar farqlanadi. Tashlama va uzilmalar turidagi yirik buzilishlar ham yon chegaralar bo‘lishi mumkin. Qatlam osti va shipi, odatda, teng chiziqlar –bir-biridan teng tik turgan va proeksiya tekisligiga parallel bo‘lgan kesuvchi tekislikli qatlam asosi yoki shipining proeksiyalari bilan tasvirlanadi. Bunda izo kesishuvlar qatlam asosi yoki shipining izogipslari deb, geometrik grafiklar esa gipsometriklar yoki tuzilmali rejalar deb ataladi. 60° gacha yotiqlik burchagida gipsometrik rejalar proeksiyada gorizontal tekislikka, undan yuqori yotiqlik burchagida vertikal tekislikka tuziladi. SHaxta maydonlari 3 km.dan 10 km.gacha o‘zgaradigan cho‘ziqligi bo‘yicha o‘lchamlar bilan va yotiqligi bo‘yicha 1,5 dan 4,5 km.gacha o‘lchamlar bilan tavsiflanadi. SHaxta maydonlari o‘lchamlari qazib olinadigan qatlamlar soniga, og‘ish (tushish) burchagiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘mir shaxtasi — bu yirik sanoat korxonasi.
Hozirda amaldagi ko‘mir va slanetsli shaxtalarning aniq, haqiqiy quvvati 1000 dan 25000 t/sut. gacha keng chegarada o‘zgarib turadi. YAngi shaxtalarning loyihaviy quvvatini namunali va yiliga 1,8; 2,4; 3; 3,6 mln t., qulay sharoitli eng yirik shaxtalarda esa yiliga 4,5; 6 mln t. teng deb hamda xizmat muddatini kamida 50-60 yildan ortiq hisoblash bilan qabul qilish tavsiya qilinmoqda.
Foydali qazilma konini qazish va aniqlash uchun mo‘ljallangan sanoat korxonasi konchilik korxonasi deyiladi. Ko‘mir rudasini er osti usulida qazib olishni amalga oshiruvchi konchilik korxonasi shaxta deyiladi.
Foydali qazilmalarni qayta ishlash va jo‘natish bo‘yicha umum markazlashgan xo‘jalikka ega bo‘lgan, yagona ma’muriy-xo‘jalik boshqaruviga birlashgan bir qancha shaxtalar va yuzadagi sexlar shaxta boshqaruvini hosil qiladi.
Zamonaviy shaxta – foydali qazimalarni qaziydigan va tashiydigan, kon lahimlarini, suv chiqarib tashlashni, lahimlar bo‘ylab havo aylanishini o‘tkazadigan ishlab chiqarish mashinalari hamda mexanizmlari bilan jihozlangan yuqori darajada mexanizatsiyalashgan korxona.
Foydali qazilmalar koni o‘lchamlariga bog‘liq holda uni qazib olish uchun bitta yoki bir nechta shaxta qurilgan bo‘lishi mumkin. Oxirgi holatda Foydali qazilmalar koni (FQK) qismlarga bo‘linadi. Bitta shaxtani qazish uchun ajratilgan kon qismi shaxta maydoni deyiladi. SHaxta maydoni gorizontal joylashmalar uchun uzunligi va kengligi bo‘yicha; qiyalama, nishab va tik joylashmalar uchun cho‘ziqligi va chuqurligi bo‘yicha o‘lchamlar bilan tavsiflanadi.


NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
KONCHILIK FAKULTETI
“Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazish va qayta ishlash” kafedrasi

«Tasdiqlayman» “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazish va qayta ishlash” kafedra mudiri


________________Halimov I.U.
«____»______________2021y.

TOPSHIRIQ № ___





Download 314.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling