Microsoft Word Ðflокхменч1
Download 81.5 Kb. Pdf ko'rish
|
biologiya mnemonikasi namuna 1-qism
Registon kutubxonasi Biologiya mnemonikasi I QISM BOTANIKA I bob. Botanika alifbosi A Achambiti – Bargi qor tagida qishlaydi. Ikkinchi nomi jag’-jag’. O‘zbekistonda 1 ta turi bor. Karamdoshlar oilasi, jag’-jag’ turkumiga mansub 1 yillik o‘t. bo‘yi 10-30 sm, to‘pguli shingil, mart oyidan mayning oxirigacha gullaydi. Ildiz bo‘g’zida joylashgan barglari qisqa bandli,patsimon qirqilgan, poyadagilari esa bandsiz bo‘ladi. Uning tarkibida “C” va “K” darmondori (vitamin)lari hamda olm ava limon kislotalari mavjud. Yer ustki qismidan tayyorlangan dorilar tabobatta qon ketishini to‘xtatishda ishlatiladi(tarkibida “K” vitamin bo‘lganligi uchun). Achchiq bodom – Urug’ida zaharli moddalar ko‘p. Afsonak – Burchoqdoshlar oilasiga mansub o‘simlik. Ajdar daraxti – Kanar orolida o‘sadi. 6000 yil yashaydi. Ajriq – (chayir ajriq) Ko‘p yillik, ildiz poyali, bug’doydoshlar oilasiga mansub. Qo‘shimcha ildiz hosil qiladi. Uzun va sershox. Akatsiya (oq akatsiya) Barglari barvaqt to‘kiladi. 2-3 karra patsimon bo‘lingan murakkab bargga ega. Manzarali daraxt. Tikani yonbargning o‘zgarishidan hosil bo‘lgan. Habashiston va Poliarktik biogeografik viloyatlarida uchraydi. Shaharlar (urbana ekosistemalar)da o‘sadi, tuproq tarkibida namlik yetishmasligiga va sho‘rlangan tuproqda o‘sish xususiyatiga ega. Aloe – Sersuv o‘simlik hisoblanadi. Suvsiz muhitda o‘sadi. Barglarida suv to‘playdi. Barg sukkulentlar hisoblanadi. Suvni qalin barglarida saqlaydi. Andiz – Ko‘p yillik o‘t. Qoqio‘tdoshlar oilasining moychechakdoshlar oilachasiga kiradi. Adirlarda o‘sadi. Angishvonagul – Gullari qiyshiq ya’ni guli ikkitadan ortiq teng bo‘lakka bo‘linmaydi. Anjir – Bargi bandli, yaprog’i o‘yilgan. Qalamchalar yordamida ko‘paytiriladi. Yovvoyi ari changlatuvchisi hisoblanadi. Registon kutubxonasi Biologiya mnemonikasi Anor – Madaniy buta , qalamchalar yordamida ko‘paytiriladi. Anzur piyozi – Piyozdoshlar oilasiga mansub,tabiiy holda o‘sadi. Piyozboshi ste’mol qilinadi, pitozboshidan ko‘payadi. Anturium Manzarali xona o‘simligi. Yorug’sevar. Archa – 1000 yil yoki 700-800 yil yashaydigan ikki uyli o‘simlik. Sekin o‘sadi.Tog’larning o‘rta qismida bo‘ydor, yo‘qori qismida 0,5-1 m bo‘ladi. 5 yoshli archaning bo‘yi 10-15 sm. Fitonsid ajratadi. Bo‘yi 20 m gacha yetadigan doimiy yashil daraxt. Tog’larning 3500-4500 balandlikdagi, sovuq va doimiy shamol ta’sirida archaning yer bag’irlab o‘sishga moslashgan turlari ham uchraydi. Zarafshon archasi ikki uyli o‘simlik. Bahor oxirlarida ayrim archa tuplarining yosh novdalarida mayda qubbachalar hosil bo‘lib , ularda juda ko‘p miqdorda chang yetishadi. Bu qubbachalar changchili qubbachalar deb ataladi. Shu vaqtda archaning boshqa tuplarida uzunligi 0,5-1 sm keladigan sharsimon qubbalar hosil bo‘ladi. Bu qubbalar urug’kurtakli qubbalar deb ataladi. Urug’chi qubbalarning tangachalarida urug’kurtak joylashadi. Urug’kurtakdagi arxegoniy ichida esa tuxum hujayra yetishadi. Changchi qubbachalarda yetilgan chang boshqa tupda yetilgan urug’chi qubbachalarga kelib tushadi va uni changlantiradi. Urug’kurtakka tushgan chang donachasining vegetative hujayrasi o‘sib, chang nayini hosil qiladi. Generative hujayradan hosil bo‘ladigan spermiylardan biri arxegoniydagi tuxum hujayrani urug’lantiradi. Urug’langan tuxum hujayradan murtak, urug’kurtakdan esa urug’ rivojlanadi. Urug’lanishdan so‘ng urug’chi qubbani tashkil qilgan tangachalar tezda o‘sadi, yo‘g’onlashadi o‘zlaridan ajralib chiqqan mum (smola) orqali bir-bih tashqari manzarali daraxt sifatida Virgin archasi ekiladi. Virgin archasining vatani Shimoliy Amerika hisoblanadi. Manzarali o‘simliklar qatorida archadoshlar oilasiiga mansub Sharq sauri ekiladi. U tana va bargining tuzilishi bilan archaga o‘xshaydi, lekin yosh novdalarining o‘ziga xos shoxlanishi va pishgan qubbalarining notekis choklar orqali ochilishi bilan archalardan farq qiladi. Yil bo‘yi o‘sib, barglari qishda ham saqlanib qoladi. Sovuq iqlim sharoitida o‘sadigan vakillari yer bag’irlab yotib o‘sadi. Tog’ o‘rmonlarida uchraydi. Arpa – Bir yillik o‘t. bargi bandsiz, parallel tomirlangan , to‘p guli murakkab boshoq. Shamol yordamida changlanadi, bir urug’pallali, Registon kutubxonasi Biologiya mnemonikasi urug’ida kraxmal ko‘p to‘planadi. Abissiniya (Efiyopiya) markazidan kelib chiqqan. Aspidistra – Xona o‘simligi, ildizpoyali, ildizpoyasidagi qobiqlar rudiment holdagi barg hisoblanadi. Astragal – Burhoqdoshlar oilasiga mansub, 37 ta turi Qizil kitobga kiritilgan. Atirgul – Madaniy o‘simlik, kuzda ham gullaydi. Barglari uzoq vaqt yashil rangda bo‘ladi. Gul kurtaklari barg kurtaklaridan yirikroq, barglari novdada navbat bilan joylashgan. Qalamchalari bian va parxesh usulida ko‘paytiriladi. Namatakning madaniy turi hisoblanadi. Yer yuziga 10 000 ga yaqin, O‘zbekistonda 340 ta navi ekiladi . tikani epidermisning o‘zgarishidan hosil bo‘lgan. Aylant – (sassiq daraxt) Barglari barvaqt to‘kiladi, meva va urug’larida qanotsimon o‘simtalar mavjud bo‘lib, u shamol yordamida tarqaladi. Ayiqtovon – Vegetatsiya davri qisqa, erta bahorda o‘sib , rivojlanib , urug’ beradi. Dala va o‘tloqzorlarda – zaharli ayiqtovon, sernam yerlarda – sudraluvchi ayiqtovon, daryo, ko‘lmak chetlari va botqoqliklarda – achishtiruvchi ayiqtovon uchraydi. Turlarining kelib chiqishi Ekologik mezonga misol bo‘ladi. Agava – Seret o‘simlik. Barg sukkulentlar hisoblanadi. Suvni qalin barglarida saqlaydi B Baliqko‘z – Bir yillik o‘t. mevasi qanotchalari orqali uchib tarqaladi. Suv tanqisligiga chidamli, barglari seret o‘simlik, sho‘rxok tuproqli cho‘llarda o‘sadi, shiraga boy. Bangidevona – Ituzumdosh, qo‘lansa hidli begona o‘t, dorivor, ko‘sak mevali o‘simlik. Bargi bir nechta meva bargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Baobob – 4000-5000 yil umr ko‘radi. Gulxayridoshlar oilasiga mansub daraxt. Afrika savannalarida , jumladan, Habashiston beogeografik vilayatda o‘sadi. Baqlajon – Ituzumdosh, ituzum turkumiga kiruvchi sabzavot o‘simligi. Changchilari 5 ta gultojbargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nayga o‘rnashgan. Qisqa kun o‘simligi. Registon kutubxonasi Biologiya mnemonikasi Batat – Shakli o‘zgargan yer osti poya – tugunak hosil qiladi. Ko‘p yillik o‘simlik. Banan –Vatani Efiopiya (Abissiniya). Hindomalay biogeografk viloyatida o‘sadi. Beda – Yovvoyi yem-xashak o‘simligi , chorva mollari uchun to‘yimli oziq hisoblanuvchi ko‘p yillik o‘simlik. Murakkab uch bargchali, guli qiyshiq. Hasharotlar yordamida changlanadi. Tukli ari changlatuvchisi hisoblanadi. Dukkak mevali. Mevasi bitta mevabrgning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan quruq, chatnaydigan meva. Burchoqdosh. Dukkagi ilashuvchi, odam va hayvonlar yordamida tarqaladi. Vatani O‘rta yer dengizi. Poliploid turlari keng tarqalgan. Urug’I +10 da ekiladi. Begoniya – Bargi va ildiz tugunaklariorqali ko‘paytiriladi. Qo‘shimcha ildizga ega. Behi – To‘g’ri gulli, to‘pgul hosil qilmaydi. Ko‘p urug’li soxta, ho‘l va olma meva. Meva etida sklerid (tosh) hujayralari bor. Beshyaproqli portenotsissus – Poyasi ingichka, bo‘yi 15 (20) m, barlari murakkab, panjasimon. Vatani Shimoliy Amerika. Guli va mevasining tuzilishi toknikiga o‘xshaydi. “yovvoyi uzum” omi bilan ekiladigan manzarali o‘simlik. Betaga – Ko‘p yillik, yaylovlarda o‘sadi. Binafsha – Soyasevar hamda soyaga chidamli o‘simlik. Gullari qiyshiq. Ildizpoyali o‘simlik. Qo‘shimcha ildizga ega. Bargidan ko‘payadi. Bosh piyoz – Ko‘p yillik, piyozboshi tuxumsimon yoki yumoloq, gulpoyasi 100 sm ga yetadi, ildizi atrofga 60-70 sm gacha traqaladi. Po‘st hujayrasi cho‘ziq, rangsiz, zich joylashgan. To‘p guli oddiy soyabon, sharsimon shaklda, may-iyunda gullab, mevasi iyulda pishadi. Bo‘ritaroq – Gulxayridoshlar oilasiga mansub turkum. O‘zbekistonda bu turkumga oid kanob o‘simligi o‘sadi. Bo‘znoch – Qoqio‘tdoshlar oilasining moycechakdoshlar oilachasiga kiradi. Tabiiy holda uchraydigan dorivor o‘simlik. Bodiyon – To‘pguli murakkab soyabon. Bodom – Quruq mevali o‘simlik. Barglari barvaqt to‘kiladi. Gul kurtaklari barg kurtaklaridan yirikroq va oldin ochiladi. Urug’ida yog’ ko‘p to‘planadi. Urug’ po‘stida sklerid (tosh) hujayralar mavjud. Registon kutubxonasi Biologiya mnemonikasi Ra’nodoshlar oilasiga mansub, danagi qattiq bo‘lgani uchun sekin unadi, uning danagi kuzda ekiladi. Tog’ o‘rmonlarida uchraydi. Bodomcha – Hayotiy shakli buta. Tog’ yonbag’rlarida o‘sadi. Bodring –Yoyilib yoki palak yoyib o‘sadi. Bargi bandli. Mevasi soxta qovoq meva . qovoqdoshlar oilasiga mansub. Qisqa kun o‘simligi. Boyalish – Uchma mevali o‘simlik. Qora boyalish yozda suvni kam bug’latish uchun barglarini to‘kib yuboradi, gipsli tuproqda o‘sadi. Boychechak – Oddiy gulqo‘rg’onli, gulqo‘rg’on bo‘laklari qo‘shilmagan, to‘pgul hosil qilmaydi. Loladoshlar oilasiga mansub. Mevasi ko‘sak meva , bargi bandsiz. Bo‘yi 10-15 sm, ingichka poyali, ingichka bargli, tubida piyozboshi bor, ko‘p yillik o‘simlik. Gullari sariq yoki och sariq. O‘zbekistonda 30 ga yaqin turi bor. Bo‘ymadoron – Qoqio‘tdoshlar oilasining moychechakdoshlar oilachasiga mansub o‘simlik. Tabiiy holda uchraydigan dorivor o‘simlik. Adirlarda o‘sadi. Buk – Ektotrof mikoriza hosil qiladi. Neoarktik beogeografik viloyatida o‘sadi. Bambuk – Hindomalay biogeografik viloyatida o‘sadi. Bug’doy –Poyasi tik o‘suvchi, bargi bandsiz, parallel tomirlangan. Urug’ida kraxmal ko‘p to‘planadi. To‘pguli murakkab boshoq shamol yordamida changlanadi. Bir urug’pallali. Kuzgi bug’doyning bargi qor tagida qishlaydi. Chatnamaydi. Mevasidan oziq-ovqat sifatida foydalaniladi. Zang zamburug’I bilan kasallanadi. Urug’I +30 C da unib chiqadi. Bug‘doyning diploid (14), tetraploid (28) va geksoploid (42) xromosomali turlari mavjud. Vatani Janubiy G’arbiy Osiyo. Sangzor, Ulug’bek-600 kabi serhosil navlari mavjud. Seleksiyada past bo‘yli, serhosil, tarkibida yuqori sifatli kleykovina bo‘lgan navi yaratilgan. Hayotiy shakli bir yillik, popuk ildiz, poyasi tik o‘suvchi, bargi bandsiz, parallel tomirlangan. Urug’ida kraxmal ko‘p to‘planadi. To‘pguli murakkab boshoq shamol yordamida changlanadi. Bir urug’pallali. Kuzgi bug’doyning bargi qor tagida qishlaydi. Chatnamaydi. Mevasidan oziq-ovqat sifatida foydalaniladi. Zang zamburug’I bilan kasallanadi. Urug’I +30 C da unib chiqadi. 14, 28, 42 ta xromasomali turlari mavjud. Vatani Janubiy G’arbiy Osiyo. Sangzor, Ulug’bek-600 kabi serhosil navlari mavjud. Seleksiyada past bo‘yli, serhosil, tarkibida yuqori sifatli kleykovina bo‘lgan navi yaratilgan. Registon kutubxonasi Biologiya mnemonikasi Bug’doyiq – Ildizpoya orqali ko‘payadi. To‘p guli murakkab boshoq. Ildizpoyasidagi qobiqlar rudiment holdagi barg hisoblanadi. Burchoq –Yovvoyi yem-xashak o‘simligi. Poyasining ko‘ndalang kesimi qanotchali. Toq bargchalar o‘rnida gajak hosil qiladi. Qiyshiq gulli, siyohrang dukkak mevali, mevasi bitta mevabargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Burchoqdoshlar oilasiga mansub avtoxor o‘simlik. Buyurg’un – Gipsli tuproqda o‘sadi. D Dalachoy – Bargi novdada qarama qarshi joylashgan. Donasho‘r – Tuyalar va qorako‘l qo‘ylari uchun to‘yimli oziq. Sho‘radoshlar oilasiga mansub. Dastargul –Qoqio‘tdoshlar oilasining moychechakdoshlar oilachasiga mansub, madaniy va manzarali o‘simlik. Do‘lana –O‘zi va mevasi iste’mol qilinadigan o‘simlik. Poyasi bargli, sekin o‘sadigan daraxt. Tikani novdaning (poyaning) o‘zgarishidan hosil bo‘lgan.Do‘lananing tikani maymunjon, zirk, oq akatsiya va atirgul tikanlariga nisbatan analogik, malina va kaktus tikanlariga nisbatan gomologik organ hisoblanadi. Tog’ o‘rmonlarida uchraydi. E Elodiya – Novdasi orqali ko‘payadi, barglari bir qavat hujayrali, suvda o‘sadigan o‘simlik. Ildizsiz o‘simlik. (suv qiqqulog’I, suv qaroqchisi va zarpechakda ham ildiz bo‘lmaydi.) Eman(dub) – Yog’ochlik qavati qattiq, zamburug’lar bilan simbioz yashaydi (ektotrof mikoriza). Poliarktik va Neoartik biogeografik viloyatda o‘sadi. Yorug’sevar, keng bargli o‘rmonning birinchi yarusida o‘sadi. Evkalipt – Avstraliyada o‘sadi. Bo‘yi 150-155 m. Ebalak – Mevasi sanchuvchi meva, hayvon va odamlar yordamida tarqaladi. Epifitlar – Daraxtda o‘suvchi o‘simliklar. Eman yong’og’i – Mevasi yirik. Registon kutubxonasi Biologiya mnemonikasi F Fikus – Nam tanqisligiga moslashgan ya’ni bargi ustki tomondan mum qavat bilan qoplangan. G’ G’o‘za – Gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘simlik. Pastki shoxlarida ko‘saklari yetilib, uchki qismlarida guli ochilib turadi. Guli to‘g’ri. Madaniy , yorug’sevar o‘simlik. Yoz davomida o‘z vaznidan 500-600 xissa ko‘p suv bug’latadi. Gulkosachasining tashqi tomonida yirik tishchali 3 ta bargchasi bor. Hasharotlar yordamida changlanadi. Ko‘p urug’li ko‘sak meva hosil qiladi. Mevasi bir nechta meva bargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Urug’ida moy ko‘p to‘planadi. Ildizi bir kecha kunduzda 2-3 sm o‘sadi. Urug’I +120 C haroratda ekiladi. Vertetsil zamburug’I bilan kasallanadi. “vilt” yoki “oq palak” kasalliklari uchraydi. O‘zbekistonda 3 ta turi o‘sadi ( jaydari g’o‘za, meksika g’o‘zasi yoki oddiy g’o‘za, misr g’o‘zasi yoki Barbados g’o‘zasi ) . Bularning hammasi bir yillik madaniy o‘simliklar. Yangi dunyo g’o‘za navlari gos. Xirzitum va gos. Barbadenze duragaylash yo‘li bilan olingan. Ularda xromasoma soni 2n = 52. Gos. Xerbatsium, gos. Arbarium, gos raymondi, gos. Klatshianumda xromasoma soni 2n=26. Gos.raymondi va gos. Klatshianum – yovvoyi g’o‘za turlari hisoblanib, ularning barglari yaxlit plastinkadan iborat. G’o‘za avlodining turlari Bo‘r davridan boshlab geografik alohidalashgan. Amerika , Avstraliya, Afrika , Osiyoga tarqalishi allopatric alohidalanish natijasi hisoblanadi. Vatani markaziy amerika. “Toshkent-1”, “Toshkent-2”, “Toshkent-3” kabi viltga chidamli, “AN-402”, “Samarqand-3”, “Yulduz” kabi serhosil va “Buxoro-9”, “Buxoro-102”, “Namangan-34”, “Omad” kabi istiqbolli navlari bor. Meva va urug’larida qanotsimon o‘simtalar mavjud bo‘lib, u shamolda qanotchalar yordamida uchib tarqaladi. Xromosomasining gaploid to‘plami 13 bo‘lgan herbatseum turini boshqa 13 xromosomali turi bilan o‘zaro chatishib, so‘ng duragay xromosoma to‘plamining ikki hissa ortishi hisobiga 52 xromosoma to‘plamga ega bo‘lgan xirzutum, barbadenze g‘o‘za turlari kelib chiqqan deb faraz qilinadi. Qisqa kun o‘simligi. Registon kutubxonasi Biologiya mnemonikasi G’ozpanja – Qo‘shimcha ildizga ega, o‘rmalovchi poyali o‘simlik. G‘o‘za shonalagandan keyin pastki qismidan yuqoriga qarab gullay boshlaydi. Oldin ochilgan gullarda hosil bo‘lgan ko‘saklar boshqalariga qaraganda ertaroq yetiladi. G’umay – Ko‘p yillik, ildizpoyali o‘simlik. Bargi parallel tomirlangan qalami nashtarsimon. Mevalari suv orqali tarqaladi va suv o‘tkazmaydigan qalin qobiqqa ega. Bo‘yi 50-150 sm , paxtazorlarda o‘sadi. Bug’doydoshlar oilasining jo‘xori turkumiga mansub. G Gazanda – Barglari novdada qarama-qarshi joylashgan, gullari bir jinsli, ikki uyli o‘simlik. Gilos – Tez o‘suvchi daraxt. Bargi oddiy va yaxlit, guli ikki jinsli, oddiy qalqonsimon to‘pgul hosil qiladi. Bir urug’li, danak meva hosil qiladi. Urug’ po‘stida tosh hujayralar (skleridlar) mavjud. Ra’nodoshlar oilasiga mansub. Gingko biloba – Bir necha mln yildan beri o‘zgarmay saqlanib kelmoqda(relekt forma). Hozirgi kunda regres holatda. Stabillashtiruvchi tanlanish natijasida kelib chiqqan. Tirik qazilma hisoblanadi. Giatsint – Manzarali, Yorug’sevar. Gladiolus – Piyoz boshidan ko‘payadigan qiyshiq gulli o‘simlik. Gledichiya – (tikan daraxt) Burchoqdoshlar oilasiga mansub manzarali daraxt. Fitonsid ajratadi. Barglari barvaqt to‘kiladi. Poliarktik biogeografik viloyatda uchraydi. Yorug’sevar. Shaharlar (urbana ekosistemalar) da o‘sadi, tuproq tarkibida namlik yetishmasligiga va sho‘rlangan tuproqda o‘sish xususiyatiga ega. Gulxayri – Bargi qor tagida qishlaydi. Tabiiy holda o‘sadigan gulxayridoshlar oilasiga mansub o‘simlik. U daryo va ko‘llar sohillarida, to‘qaylarda, sernam yerlarda o‘sadi. Ildizidan tayyorlangan damlama yo‘talga qarshi ishlatiladi. Soyasevar, keng bargli o‘rmonning to‘rtinchi yarusida o‘sadi. Gulpiyoz – Piyozdoshlar oilasiga mansub manzarali o‘simlik. Gulsafsar – Ko‘p yillik , ildizpoyali o‘simlik. Gulqo‘g’oni oddiy, to‘p gul hosil qilmaydi. Gunafsha – Guli qiyshiq. Registon kutubxonasi Biologiya mnemonikasi H Handalak – Qovoqdoshlar oilasiga mansub, o‘rmalovchi poyali, qovoq mevali o‘simlik. I Iloq – Ildizpoyali ko‘p yillik o‘simlik, qum tuproqli cho‘llarda yaxshi o‘suvchi kserofit o‘simlik. Irg’ay – Tog’ yonbag’irlarida o‘sadigan yovvoyi buta. Isfarak – Qiyshiq gulli o‘simlik. Isirg’ao‘t – Burchoqdoshlar oilasiga mansub o‘simlik. Isiriq – Tabobat gavhari, dorivor o‘simlik. Ismaloq –O‘zbekistonda 2 ta turi bor. Rezavor ismaloqdan ziravor o‘simlik sifatida foydalaniladi, poya va barglari ovqatga ishlatiladi. Turkiston ismalog’i bir yillik, ikki uyli, begona o‘t. Itqovun – Qovoqdoshlar oilasiga mansub begona o‘simlik. Itsegak – Sho‘radoshlar oilasiga mansub o‘simlik. Undan zaharli modda anabazin olinadi. Anabazin qishloq xo‘jaligida hasharotlarga qarshi kurashishda ishlatiladi. Ittikanak – Mevasi hayvonlar juni, qushlar pati, odamlar kiyimi orqali tarqaladi. Ituzum – Mevasining aspsiy qismi pishib. Ustki qismidagi gullari ochilib turadi. Rezavor mevaga ega o‘t poyali , bir yillik o‘simlik. Paxtazorlarda , ekinzorlarda o‘sadi. Bo‘yi 25-50 sm, poyasi sershox, barglari oddiy, uzunchoq, tuxumsimon. Gullari oqish, shoxlar uchidagi to‘pgulda 3-10 tadan joylashgan. Iyun oyi oxiridan tupini sovuq urguncha gullayveradi. Qora, sharsimon, rezavor mevasi avgust oyi oxirida pishadi. Mevasi “C” darmondorisiga boy. Ituzum turkumiga oid O‘zbekistonda 10 tur o‘sadi (baqlajon, kartoshka, ituzum). Izen – Chorva mollari ( tuya va qorako‘l qo‘ylari ) uchun to‘yimli ozuqa. Hayotiy shakli yarim buta. J Jag’-jag’ – (achambiti) Karamdoshlar oilasiga mansub. Oddiy jag‘- jag‘ jag‘-jag‘ turkumiga oid, bo‘yi 10-30 sm keladigan bir yillik o‘t. Registon kutubxonasi Biologiya mnemonikasi Ildiz bo‘g‘izida joylashgan barglari qisqa bandli, patsimon qirqilgan, poyadagilari esa bandsiz. Gullari poyada shingil to‘pgul hosil qiladi. Changchilari 6ta. Urug‘chisi bitta. Oddiy jag‘-jag‘ mart oyidan boshlab mayning oxirigacha gullaydi va meva (qo‘zoqcha) hosil qiladi. O‘zbekistonda jag‘-jag‘ turkumiga oid faqat bitta tur oddiy jag‘-jag‘ o‘sadi. Oddiy jag‘-jag‘ tarkibida «С» va «К» darmondorilari, olma va limon kislotalari bor. Erta ko‘klamda to‘pbarglari ovqatga ishlatiladi. Jag‘- jag‘dan ko‘k chuchvara, ko‘k somsa tayyorlanadi. Uning yerustki qismidan tayyorlangan dorilar tabobatda qon ketishini to‘xtatishda ishlatiladi. Javdar – Chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa, to‘p guli murakkab boshoq, adirning yuqori va tog’ning o‘rta qismida joylashgan yalanglikda o‘sadi. Bo‘yi 50-150 sm keladi. Uni piyozli arpa , javdar, xarduma, tak-tak, tog’arpa deb ham atashadi. Bug’doydoshlar oilasiga mansub. Javdar bilan bug’doyni chatishtirib olingan duragay “tritikale” deb nomlanadi. Tritikale bug’doy va javdarning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zida saqlagan bo‘lib, yuqori hosildor, ko‘p miqdorda yashil massa to‘playdi va yuksak darajadagi oziqlik sifatiga ega. Poliploid navlari keng tarqalgan. Jiyda – Barglari barvaqt to‘kiladi. Barg kurtaklaridan barg, gul kurtaklaridan gul chiqadi. Poyasi bargli, yog’ochligi yumshoq. Qalamchalar yordamida ko‘payadi. Jud – Mevasi qanotchalar yordamida uchib tarqaladi. Jumagul (xolmon) –Tabiat ko‘rki, “Qizil kitob” ga kiritilgan o‘simlik. Barglari poyada xalqa hosil qilib joylashadi. Loladoshlar oilasiga mansub yovvoyi o‘simlik. Piyozboshidan ko‘payadi. Juzg’un – Yon ildizlari 30 m gacha tarqaladi. Suv shimilishining kuchaytiruvchi moslanish-keng yuzali ildiz tizimining mavjud, qum tuproqli cho‘llarda yaxshi o‘suvchi kserofit o‘simlik. Jo‘ka – Hayotiy shakli daraxt. Xromasomalari nuqtasimon. Keng bargli o‘rmonning birinchi yarusida o‘sadigan baland bo‘yli daraxt hisoblanadi. Download 81.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling