O ’simliklarda sitoemriologiya
Download 497.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Duragay o\'simliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologiya yo’nalishi 3
- MAVZU: DURAGAY O’SIMLIKLAR Reja: KIRISH 1. O’simliklarni duragaylash 2. Chala dominantlik.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM Biologiya yo’nalishi 3 - bosqich 20.51 - guruh talabasi Shoberdiyeva Muqaddasning O ’simliklarda sitoemriologiya fanidan 2 MAVZU: DURAGAY O’SIMLIKLAR Reja: KIRISH 1. O’simliklarni duragaylash 2. Chala dominantlik. 3. Genlarning o’zaro ta’siri. 4. Transgen o’simliklar Xulosa Foydalanilgan a dabiyotlar ro’yxati 3 Kirish Duragaylash — irsiy belgi va xususiyatlari bilan farqlanuvchi oʻsimliklar va hayvonlarni oʻzaro chatishtirish. Natijada ota-ona organizmlarining belgi va xususiyatlariga ega boʻlgan duragay organizm paydo boʻladi. Duragaylashda chatishtirish uchun olingan ota va ona organizmlar R harfi bilan (R, — ona; R2 — ota), ona shakli 9 (koʻzgu) otalik — cf (qalqon va nayza), chatishtirish esa x belgilari b- n; duragay avlodlari (boʻgʻinlari) lot. F harfi ostiga qoʻyilgan tartib raqamlari bilan ifodalanadi (mas; F, — birinchi, F2 — ikkinchi va h.k. avlodlar). Duragaylash jinsiy hujayralar ishtirokida hamda vegetativ tana organlari ishtirokida oʻtkaziladi. Jinsiy hujayralar ishtirokidagi duragaylashda asosan irsiy belgilarni belgilovchi genlar, xromosomalar katnashadi. Bunda onalik va otalik shakllari gen va xromosomalarining oʻzaro favqulodda qoʻshilishi evaziga koʻplab rekombinantlar — yangi belgi va xususiyatlarga ega oʻsimliklar F 2 va kelgusi avlodda ajralib chiqadi hamda bu seleksiya ishini olib borish uchun katta manba hisoblanadi. Jinsiy hujayralar ishtirokida duragaylash tabiiy va sunʼiy boʻlishi mumkin. Tabiiy duragaylash tabiatda juda keng tarqalgan hodisa boʻlib, faqat tur- xillar, turlar oʻrtasidagina roʻy berib qolmay, har xil turlar, hatto turkumlar oʻrtasida ham yuz berishi mumkin. Paydo boʻlgan tabiiy duragaylar evolyusiya yoki s eleksiya jarayonida tanlash uchun material boʻlib xizmat qiladi. Sunʼiy duragaylash tezpishar, serhosil, kasallik va hasharotlarga chidamli yangi navlarni, chorvachilikda esa sermahsul, tabiiy iqlim zonalariga moslashgan hayvon zotlarini yaratishda qoʻllaniladi. Duragay populyasiyalari ichidan tanlash kerakli belgilar mujassamlangan yangi navlar va zotlar yaratish imkoniyatini beradi. duragaylash genetika va seleksiya fanlari asosida kelib chiqqan boʻlib, genetikada irsiy belgi va xususiyatlarning avloddan-avlodga 4 oʻtish qonunlarini, belgilarning oʻzaro uzviy bogʻlanishi — korrelyasiya koʻrsatkichlarini oʻrganish va b. maqsadlarda; kasalliklarga va hasharotlarga chidamli, serhosil, hosilning sifati yuqori boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlarini, chorvachilikda sermahsul hayvon zotlarini yaratishda qoʻllaniladi. Duragaylashning bir qancha uslublari va shakllari mavjuduragaylash duragaylash tur ichida duragaylash (bir turga mansub, lekin genetik jihatdan farqlanuvchi individlarni chatishtirish), turlararo duragaylash (har xil turga mansub individlarni chatishtirish) va turkumlararo duragaylash (turli turkumga mansub individlarni chatishtirish), navlararo duragaylash (genetik farqlanuvchi ikkita navga mansub individlarni chatishtirish) va b.ga boʻlinadi. Turlararo va turkumlararo duragaylash geografik uzok shakllarni duragaylash yoki genetik uzok, duragaylash, tur ichida va navlararo, nav ichida chatishtirish tur ichida duragaylash deyiladi. Geografik uzok, duragaylashning genetik hamda seleksiyada amaliy va nazariy ahamiyati katta, chunki unda tur ichida duragaylashda hosil qilib boʻlmaydigan" belgi va xususiyatlarga ega shakllar paydo boʻladi. Genetik uzok, duragaylash imkoniyatlari bir qator omillar: turlarning xromosomalari soni yoki ularning genetik konstitutsiyasi bilan farqlanishi; turlarning geografik ajralib qolishi; koʻpayish sikllarining mos kelmasligi; jinsiy koʻpayish organlari tuzilishidagi farqlar; chang naychalari va urugʻchi toʻqimalarining nomutanosibligi singari chetdan changlanishga toʻsqinlik qiluvchi omillar; qoʻshiluvchi gametalarning genetik nomutanosibligi, yadro va sitoplazmaning fiziologik nomutanosibligi; zigotaning yashash sharoitiga moslasha olmaganligi tufayli rivojlanishning boshlan- gʻich davrida nobud boʻlishi va b. bilan cheklangan. Mas. goʻzada xromosomalari har xil turlarning uzoq duragaylashda chatishmasligini bartaraf etish uchun payvand qilish yoʻli bilan oldindan vegetativ yaqinlashtirish usuli, ota- ona oʻsimlik turlarining changi aralashmasi bilan changlash, F, dan 5 vositachi sifatida foydalanish, changlashni onalik gullari ustuncha va tumshuqchalarining turli xil rivojlanish bosqichlarida oʻtkazish, onalik shakllari gulining tumshuqchasini oʻsishni tezlashtiruvchi moddalar bilan ishlash, kolxitsin taʼsir ettirib diploid otaona turlarining xromosomalari sonini ikki baravar oshirish kabi usullardan foydalaniladi. Duragaylashning bir qancha usullari bor. Oddiy duragaylashda — ota va ona sifatida olingan (ikki xil irsiy xususiyatga ega boʻlgan) bir turga mansub ikki oʻsimlik birbiri bilan chatishtiriladi (Ax B). Oddiy chatishtirish ikki nav, ikki tur, ikki avlod oʻrtasida olib borilishi mumkin. Murakkab duragaylashda har xil shakllarni — bir turga mansub bir necha navni oʻzaro chatishtirishdan olingan duragaylar yana bir-biri bilan chatishtiriladi [(AxB) x (BxG)]. Takroriy chatishtirish da oddiy chatishtirishdan olingan duragay yana oʻsha ona (A) yoki ota (B) forma bilan chatishtiriladi [(Ax B) x A yoki (Ax B) xB]. Pogonali chatishtirishda oddiy duragay (AxB) har yili boshqa-boshqa formalar bilan chatishtiriladi [(AxB) x V]. Re si p rok chatishtirishda birinchi galda ona sifatida olingan oʻsimlik ikkinchi galda ota, ota esa ona sifatida olinadi (AxB va BxA). Bek kross duragaylash — birinchi yoki uchinchi boʻgʻin duragay larini otaona shakllarining biri bilan bir yoki koʻp marta kayta chatishtirishdir. Bulardan tashqari, yaqin qarindoshlik chatishtirish (insuxt — oʻsimliklarda, inbriding — hayvonlarda) usuli ham mavjuduragaylash Bunda chetdan changlanuvchi oʻsimlik 5—6 yil oʻzidan chatishtirilsa, insuxt liniya hosil boʻladi. Bunday ikki xil liniyalar oʻzaro chatishtirilsa, liniyalararo duragay, ikki xil liniyalararo duragay oʻzaro chatishtirilsa, qoʻsh liniyalararo duragay hosil boʻladi. Oddiy va murakkab duragaylash chorvachilikda yangi zot yetishtirish va ayrim irsiy belgilarni yaxshilash maqsadida, oʻsimlikshu- noslikda esa yangi nav yetishtirish bilan birga oʻsimlikning geterozis formalarini yaratish, ekinlar xreildorli- gini oshirishda qoʻllanadi. 6 Vegetativ duragaylashning (tana qismlari) kurtak payvand (kurtaklar koʻchatlar poʻstlogʻiga oʻtqaziladi) va iskana payvand koʻrinishlari bor. Vegetativ duragaylash asosan meva- bogʻdorchilikda qoʻllaniladi. Duragaylash mikroorganizmlarda ham oʻtkaziladi. Bunga genetik injeneriya va biotexnologiya uslublarida bir hujayrali organizmdan DNK tarkibi ajratib olinadi va uning oʻrniga inson yoki boshqa DNK moddasi kiritiladi va shu DNK topshirigiga binoan yangi duragay organizm ishlay boshlaydi. Shu usulda oʻstirish gormoni, insulin kabi oʻta kerakli moddalar ishlab chiqariladi. 7 Download 497.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling