Microsoft Word Ðflокхменч1


Download 81.5 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.05.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1421257
Bog'liq
biologiya mnemonikasi namuna 1-qism



Registon kutubxonasi
Biologiya mnemonikasi 
I QISM 
BOTANIKA 
I bob. Botanika alifbosi 

Achambiti – Bargi qor tagida qishlaydi. Ikkinchi nomi jag’-jag’. 
O‘zbekistonda 1 ta turi bor. Karamdoshlar oilasi, jag’-jag’ turkumiga 
mansub 1 yillik o‘t. bo‘yi 10-30 sm, to‘pguli shingil, mart oyidan 
mayning oxirigacha gullaydi. Ildiz bo‘g’zida joylashgan barglari qisqa 
bandli,patsimon qirqilgan, poyadagilari esa bandsiz bo‘ladi. Uning 
tarkibida “C” va “K” darmondori (vitamin)lari hamda olm ava limon 
kislotalari mavjud. Yer ustki qismidan tayyorlangan dorilar 
tabobatta qon ketishini to‘xtatishda ishlatiladi(tarkibida “K” vitamin 
bo‘lganligi uchun).
Achchiq bodom – Urug’ida zaharli moddalar ko‘p. 
Afsonak – Burchoqdoshlar oilasiga mansub o‘simlik. 
Ajdar daraxti – Kanar orolida o‘sadi. 6000 yil yashaydi. 
Ajriq – (chayir ajriq) Ko‘p yillik, ildiz poyali, bug’doydoshlar 
oilasiga mansub. Qo‘shimcha ildiz hosil qiladi. Uzun va sershox. 
Akatsiya (oq akatsiya) Barglari barvaqt to‘kiladi. 2-3 karra 
patsimon bo‘lingan murakkab bargga ega. Manzarali daraxt. Tikani 
yonbargning o‘zgarishidan hosil bo‘lgan. Habashiston va Poliarktik 
biogeografik 
viloyatlarida 
uchraydi. 
Shaharlar 
(urbana 
ekosistemalar)da o‘sadi, tuproq tarkibida namlik yetishmasligiga
va sho‘rlangan tuproqda o‘sish xususiyatiga ega. 
Aloe – Sersuv o‘simlik hisoblanadi. Suvsiz muhitda o‘sadi. Barglarida 
suv to‘playdi. Barg sukkulentlar hisoblanadi. Suvni qalin barglarida
saqlaydi.
Andiz 
– 
Ko‘p 
yillik 
o‘t. 
Qoqio‘tdoshlar 
oilasining 
moychechakdoshlar oilachasiga kiradi. Adirlarda o‘sadi. 
Angishvonagul – Gullari qiyshiq ya’ni guli ikkitadan ortiq teng 
bo‘lakka bo‘linmaydi. 
Anjir – Bargi bandli, yaprog’i o‘yilgan. Qalamchalar yordamida 
ko‘paytiriladi. Yovvoyi ari changlatuvchisi hisoblanadi. 


Registon kutubxonasi
Biologiya mnemonikasi 
Anor – Madaniy buta , qalamchalar yordamida ko‘paytiriladi. 
Anzur piyozi – Piyozdoshlar oilasiga mansub,tabiiy holda o‘sadi. 
Piyozboshi ste’mol qilinadi, pitozboshidan ko‘payadi. 
Anturium Manzarali xona o‘simligi. Yorug’sevar.
Archa – 1000 yil yoki 700-800 yil yashaydigan ikki uyli o‘simlik. 
Sekin o‘sadi.Tog’larning o‘rta qismida bo‘ydor, yo‘qori qismida 0,5-1 
m bo‘ladi. 5 yoshli archaning bo‘yi 10-15 sm. Fitonsid ajratadi. Bo‘yi 
20 m gacha yetadigan doimiy yashil daraxt. Tog’larning 3500-4500
balandlikdagi, sovuq va doimiy shamol ta’sirida archaning yer 
bag’irlab o‘sishga moslashgan turlari ham uchraydi. Zarafshon 
archasi ikki uyli o‘simlik. Bahor oxirlarida ayrim archa tuplarining 
yosh novdalarida mayda qubbachalar hosil bo‘lib , ularda juda ko‘p 
miqdorda chang yetishadi. Bu qubbachalar changchili qubbachalar 
deb ataladi. Shu vaqtda archaning boshqa tuplarida uzunligi 0,5-1 
sm keladigan sharsimon qubbalar hosil bo‘ladi. Bu qubbalar 
urug’kurtakli qubbalar deb ataladi. Urug’chi qubbalarning 
tangachalarida urug’kurtak joylashadi. Urug’kurtakdagi arxegoniy 
ichida esa tuxum hujayra yetishadi. Changchi qubbachalarda 
yetilgan chang boshqa tupda yetilgan urug’chi qubbachalarga kelib 
tushadi va uni changlantiradi. Urug’kurtakka tushgan chang 
donachasining vegetative hujayrasi o‘sib, chang nayini hosil qiladi. 
Generative hujayradan hosil bo‘ladigan spermiylardan biri 
arxegoniydagi tuxum hujayrani urug’lantiradi. Urug’langan tuxum 
hujayradan murtak, urug’kurtakdan esa urug’ rivojlanadi. 
Urug’lanishdan so‘ng urug’chi qubbani tashkil qilgan tangachalar 
tezda o‘sadi, yo‘g’onlashadi o‘zlaridan ajralib chiqqan mum (smola) 
orqali bir-bih tashqari manzarali daraxt sifatida Virgin archasi 
ekiladi. Virgin archasining vatani Shimoliy Amerika hisoblanadi. 
Manzarali o‘simliklar qatorida archadoshlar oilasiiga mansub Sharq 
sauri ekiladi. U tana va bargining tuzilishi bilan archaga o‘xshaydi, 
lekin yosh novdalarining o‘ziga xos shoxlanishi va pishgan 
qubbalarining notekis choklar orqali ochilishi bilan archalardan farq 
qiladi. Yil bo‘yi o‘sib, barglari qishda ham saqlanib qoladi. Sovuq 
iqlim sharoitida o‘sadigan vakillari yer bag’irlab yotib o‘sadi. Tog’ 
o‘rmonlarida uchraydi. 
Arpa – Bir yillik o‘t. bargi bandsiz, parallel tomirlangan , to‘p guli 
murakkab boshoq. Shamol yordamida changlanadi, bir urug’pallali, 


Registon kutubxonasi
Biologiya mnemonikasi 
urug’ida kraxmal ko‘p to‘planadi. Abissiniya (Efiyopiya) markazidan 
kelib chiqqan.
Aspidistra – Xona o‘simligi, ildizpoyali, ildizpoyasidagi qobiqlar 
rudiment holdagi barg hisoblanadi. 
Astragal – Burhoqdoshlar oilasiga mansub, 37 ta turi Qizil kitobga 
kiritilgan. 
Atirgul – Madaniy o‘simlik, kuzda ham gullaydi. Barglari uzoq vaqt 
yashil rangda bo‘ladi. Gul kurtaklari barg kurtaklaridan yirikroq, 
barglari novdada navbat bilan joylashgan. Qalamchalari bian va 
parxesh usulida ko‘paytiriladi. Namatakning madaniy turi 
hisoblanadi. Yer yuziga 10 000 ga yaqin, O‘zbekistonda 340 ta navi 
ekiladi . tikani epidermisning o‘zgarishidan hosil bo‘lgan. 
Aylant – (sassiq daraxt) Barglari barvaqt to‘kiladi, meva va 
urug’larida qanotsimon
o‘simtalar mavjud bo‘lib, u shamol yordamida tarqaladi.
Ayiqtovon – Vegetatsiya davri qisqa, erta bahorda o‘sib , rivojlanib , 
urug’ beradi. Dala va o‘tloqzorlarda – zaharli ayiqtovon, sernam 
yerlarda – sudraluvchi ayiqtovon, daryo, ko‘lmak chetlari va 
botqoqliklarda – achishtiruvchi ayiqtovon uchraydi. Turlarining 
kelib chiqishi Ekologik mezonga misol bo‘ladi. 
Agava – Seret o‘simlik. Barg sukkulentlar hisoblanadi. Suvni qalin
barglarida saqlaydi 

Baliqko‘z – Bir yillik o‘t. mevasi qanotchalari orqali uchib tarqaladi. 
Suv tanqisligiga chidamli, barglari seret o‘simlik, sho‘rxok tuproqli
cho‘llarda o‘sadi, shiraga boy. 
Bangidevona – Ituzumdosh, qo‘lansa hidli begona o‘t, dorivor, 
ko‘sak mevali o‘simlik. Bargi bir nechta meva bargning 
qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.
Baobob – 4000-5000 yil umr ko‘radi. Gulxayridoshlar oilasiga 
mansub daraxt. Afrika savannalarida , jumladan, Habashiston 
beogeografik vilayatda o‘sadi.
Baqlajon – Ituzumdosh, ituzum turkumiga kiruvchi sabzavot 
o‘simligi. Changchilari 5 ta gultojbargning qo‘shilishidan hosil 
bo‘lgan nayga o‘rnashgan. Qisqa kun o‘simligi. 


Registon kutubxonasi
Biologiya mnemonikasi 
Batat – Shakli o‘zgargan yer osti poya – tugunak hosil qiladi. Ko‘p 
yillik o‘simlik.
Banan –Vatani Efiopiya (Abissiniya). Hindomalay biogeografk 
viloyatida o‘sadi.
Beda – Yovvoyi yem-xashak o‘simligi , chorva mollari uchun to‘yimli 
oziq hisoblanuvchi ko‘p yillik o‘simlik. Murakkab uch bargchali, guli 
qiyshiq. 
Hasharotlar 
yordamida 
changlanadi. 
Tukli 
ari 
changlatuvchisi hisoblanadi. Dukkak mevali. Mevasi bitta 
mevabrgning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan quruq, chatnaydigan meva. 
Burchoqdosh. Dukkagi ilashuvchi, odam va hayvonlar yordamida 
tarqaladi. Vatani O‘rta yer dengizi. Poliploid turlari keng tarqalgan. 
Urug’I +10 da ekiladi.
Begoniya – Bargi va ildiz tugunaklariorqali ko‘paytiriladi. 
Qo‘shimcha ildizga ega.
Behi – To‘g’ri gulli, to‘pgul hosil qilmaydi. Ko‘p urug’li soxta, ho‘l va 
olma meva. Meva etida sklerid (tosh) hujayralari bor.
Beshyaproqli portenotsissus – Poyasi ingichka, bo‘yi 15 (20) m, 
barlari murakkab, panjasimon. Vatani Shimoliy Amerika. Guli va 
mevasining tuzilishi toknikiga o‘xshaydi. “yovvoyi uzum” omi bilan 
ekiladigan manzarali o‘simlik.
Betaga – Ko‘p yillik, yaylovlarda o‘sadi. 
Binafsha – Soyasevar hamda soyaga chidamli o‘simlik. Gullari 
qiyshiq. Ildizpoyali o‘simlik. Qo‘shimcha ildizga ega. Bargidan 
ko‘payadi. 
Bosh piyoz – Ko‘p yillik, piyozboshi tuxumsimon yoki yumoloq, 
gulpoyasi 100 sm ga yetadi, ildizi atrofga 60-70 sm gacha traqaladi. 
Po‘st hujayrasi cho‘ziq, rangsiz, zich joylashgan. To‘p guli oddiy 
soyabon, sharsimon shaklda, may-iyunda gullab, mevasi iyulda 
pishadi.
Bo‘ritaroq – Gulxayridoshlar oilasiga mansub turkum. 
O‘zbekistonda bu turkumga oid kanob o‘simligi o‘sadi. 
Bo‘znoch – Qoqio‘tdoshlar oilasining moycechakdoshlar oilachasiga 
kiradi. Tabiiy holda uchraydigan dorivor o‘simlik.
Bodiyon – To‘pguli murakkab soyabon. 
Bodom – Quruq mevali o‘simlik. Barglari barvaqt to‘kiladi. Gul 
kurtaklari barg kurtaklaridan yirikroq va oldin ochiladi. Urug’ida 
yog’ ko‘p to‘planadi. Urug’ po‘stida sklerid (tosh) hujayralar mavjud. 


Registon kutubxonasi
Biologiya mnemonikasi 
Ra’nodoshlar oilasiga mansub, danagi qattiq bo‘lgani uchun sekin 
unadi, uning danagi kuzda ekiladi. Tog’ o‘rmonlarida uchraydi. 
Bodomcha – Hayotiy shakli buta. Tog’ yonbag’rlarida o‘sadi.
Bodring –Yoyilib yoki palak yoyib o‘sadi. Bargi bandli. Mevasi soxta 
qovoq meva . qovoqdoshlar oilasiga mansub. Qisqa kun o‘simligi. 
Boyalish – Uchma mevali o‘simlik. Qora boyalish yozda suvni kam 
bug’latish uchun barglarini to‘kib yuboradi, gipsli tuproqda o‘sadi. 
Boychechak – Oddiy gulqo‘rg’onli, gulqo‘rg’on bo‘laklari 
qo‘shilmagan, to‘pgul hosil qilmaydi. Loladoshlar oilasiga mansub. 
Mevasi ko‘sak meva , bargi bandsiz. Bo‘yi 10-15 sm, ingichka poyali, 
ingichka bargli, tubida piyozboshi bor, ko‘p yillik o‘simlik. Gullari 
sariq yoki och sariq. O‘zbekistonda 30 ga yaqin turi bor. 
Bo‘ymadoron – Qoqio‘tdoshlar oilasining moychechakdoshlar 
oilachasiga mansub o‘simlik. Tabiiy holda uchraydigan dorivor 
o‘simlik. Adirlarda o‘sadi. 
Buk – Ektotrof mikoriza hosil qiladi. Neoarktik beogeografik 
viloyatida o‘sadi.
Bambuk – Hindomalay biogeografik viloyatida o‘sadi. 
Bug’doy –Poyasi tik o‘suvchi, bargi bandsiz, parallel tomirlangan. 
Urug’ida kraxmal ko‘p to‘planadi. To‘pguli murakkab boshoq shamol 
yordamida changlanadi. Bir urug’pallali. Kuzgi bug’doyning bargi qor 
tagida qishlaydi. Chatnamaydi. Mevasidan oziq-ovqat sifatida 
foydalaniladi. Zang zamburug’I bilan kasallanadi. Urug’I +30 C da 
unib chiqadi. Bug‘doyning diploid (14), tetraploid (28) va geksoploid 
(42) xromosomali turlari mavjud. Vatani Janubiy G’arbiy Osiyo. 
Sangzor, Ulug’bek-600 kabi serhosil navlari mavjud. Seleksiyada past 
bo‘yli, serhosil, tarkibida yuqori sifatli kleykovina bo‘lgan navi 
yaratilgan. Hayotiy shakli bir yillik, popuk ildiz, poyasi tik o‘suvchi, 
bargi bandsiz, parallel tomirlangan. Urug’ida kraxmal ko‘p 
to‘planadi. To‘pguli murakkab boshoq shamol yordamida 
changlanadi. Bir urug’pallali. Kuzgi bug’doyning bargi qor tagida 
qishlaydi. Chatnamaydi. Mevasidan oziq-ovqat sifatida foydalaniladi. 
Zang zamburug’I bilan kasallanadi. Urug’I +30 C da unib chiqadi. 14, 
28, 42 ta xromasomali turlari mavjud. Vatani Janubiy G’arbiy Osiyo. 
Sangzor, Ulug’bek-600 kabi serhosil navlari mavjud. Seleksiyada past 
bo‘yli, serhosil, tarkibida yuqori sifatli kleykovina bo‘lgan navi 
yaratilgan. 


Registon kutubxonasi
Biologiya mnemonikasi 
Bug’doyiq – Ildizpoya orqali ko‘payadi. To‘p guli murakkab boshoq. 
Ildizpoyasidagi qobiqlar rudiment holdagi barg hisoblanadi.
Burchoq –Yovvoyi yem-xashak o‘simligi. Poyasining ko‘ndalang 
kesimi qanotchali. Toq bargchalar o‘rnida gajak hosil qiladi. Qiyshiq 
gulli, siyohrang dukkak mevali, mevasi bitta mevabargning 
qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Burchoqdoshlar oilasiga mansub 
avtoxor o‘simlik.
Buyurg’un – Gipsli tuproqda o‘sadi. 

Dalachoy – Bargi novdada qarama qarshi joylashgan.
Donasho‘r – Tuyalar va qorako‘l qo‘ylari uchun to‘yimli oziq. 
Sho‘radoshlar oilasiga mansub. 
Dastargul 
–Qoqio‘tdoshlar 
oilasining 
moychechakdoshlar 
oilachasiga mansub, madaniy va manzarali o‘simlik.
Do‘lana –O‘zi va mevasi iste’mol qilinadigan o‘simlik. Poyasi bargli, 
sekin o‘sadigan daraxt. Tikani novdaning (poyaning) o‘zgarishidan 
hosil bo‘lgan.Do‘lananing tikani maymunjon, zirk, oq akatsiya va 
atirgul tikanlariga nisbatan analogik, malina va kaktus tikanlariga 
nisbatan gomologik organ hisoblanadi. Tog’ o‘rmonlarida uchraydi. 

Elodiya – Novdasi orqali ko‘payadi, barglari bir qavat hujayrali, 
suvda o‘sadigan o‘simlik. Ildizsiz o‘simlik. (suv qiqqulog’I, suv 
qaroqchisi va zarpechakda ham ildiz bo‘lmaydi.)
Eman(dub) – Yog’ochlik qavati qattiq, zamburug’lar bilan simbioz 
yashaydi (ektotrof mikoriza). Poliarktik va Neoartik biogeografik 
viloyatda o‘sadi. Yorug’sevar, keng bargli o‘rmonning birinchi 
yarusida o‘sadi.
Evkalipt – Avstraliyada o‘sadi. Bo‘yi 150-155 m.
Ebalak – Mevasi sanchuvchi meva, hayvon va odamlar yordamida 
tarqaladi.
Epifitlar – Daraxtda o‘suvchi o‘simliklar. 
Eman yong’og’i – Mevasi yirik.


Registon kutubxonasi
Biologiya mnemonikasi 

Fikus – Nam tanqisligiga moslashgan ya’ni bargi ustki tomondan 
mum qavat bilan qoplangan. 
G’ 
G’o‘za – Gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘simlik. Pastki 
shoxlarida ko‘saklari yetilib, uchki qismlarida guli ochilib turadi. Guli 
to‘g’ri. Madaniy , yorug’sevar o‘simlik. Yoz davomida o‘z vaznidan 
500-600 xissa ko‘p suv bug’latadi. Gulkosachasining tashqi tomonida 
yirik tishchali 3 ta bargchasi bor. Hasharotlar yordamida 
changlanadi. Ko‘p urug’li ko‘sak meva hosil qiladi. Mevasi bir nechta 
meva bargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Urug’ida moy ko‘p 
to‘planadi. Ildizi bir kecha kunduzda 2-3 sm o‘sadi. Urug’I +120 C
haroratda ekiladi. Vertetsil zamburug’I bilan kasallanadi. “vilt” yoki 
“oq palak” kasalliklari uchraydi. O‘zbekistonda 3 ta turi o‘sadi ( 
jaydari g’o‘za, meksika g’o‘zasi yoki oddiy g’o‘za, misr g’o‘zasi yoki 
Barbados g’o‘zasi ) . Bularning hammasi bir yillik madaniy 
o‘simliklar. Yangi dunyo g’o‘za navlari gos. Xirzitum va gos. 
Barbadenze duragaylash yo‘li bilan olingan. Ularda xromasoma soni
2n = 52. Gos. Xerbatsium, gos. Arbarium, gos raymondi, gos. 
Klatshianumda xromasoma soni 2n=26. Gos.raymondi va gos. 
Klatshianum – yovvoyi g’o‘za turlari hisoblanib, ularning barglari 
yaxlit plastinkadan iborat. G’o‘za avlodining turlari Bo‘r davridan 
boshlab geografik alohidalashgan. Amerika , Avstraliya, Afrika , 
Osiyoga tarqalishi allopatric alohidalanish natijasi hisoblanadi. 
Vatani markaziy amerika. “Toshkent-1”, “Toshkent-2”, “Toshkent-3” 
kabi viltga chidamli, “AN-402”, “Samarqand-3”, “Yulduz” kabi 
serhosil va “Buxoro-9”, “Buxoro-102”, “Namangan-34”, “Omad” kabi 
istiqbolli navlari bor. Meva va urug’larida qanotsimon o‘simtalar 
mavjud bo‘lib, u shamolda qanotchalar yordamida uchib tarqaladi. 
Xromosomasining gaploid to‘plami 13 bo‘lgan herbatseum turini
boshqa 13 xromosomali turi bilan o‘zaro chatishib, so‘ng duragay
xromosoma to‘plamining ikki hissa ortishi hisobiga 52
xromosoma to‘plamga ega bo‘lgan xirzutum, barbadenze g‘o‘za 
turlari kelib chiqqan deb faraz qilinadi. Qisqa kun o‘simligi. 


Registon kutubxonasi
Biologiya mnemonikasi 
G’ozpanja – Qo‘shimcha ildizga ega, o‘rmalovchi poyali o‘simlik. 
G‘o‘za shonalagandan keyin pastki qismidan yuqoriga qarab gullay 
boshlaydi. Oldin ochilgan gullarda hosil bo‘lgan ko‘saklar 
boshqalariga qaraganda ertaroq yetiladi. 
G’umay – Ko‘p yillik, ildizpoyali o‘simlik. Bargi parallel tomirlangan 
qalami nashtarsimon. Mevalari suv orqali tarqaladi va suv 
o‘tkazmaydigan qalin qobiqqa ega. Bo‘yi 50-150 sm , paxtazorlarda 
o‘sadi. Bug’doydoshlar oilasining jo‘xori turkumiga mansub. 

Gazanda – Barglari novdada qarama-qarshi joylashgan, gullari bir 
jinsli, ikki uyli o‘simlik. 
Gilos – Tez o‘suvchi daraxt. Bargi oddiy va yaxlit, guli ikki jinsli, 
oddiy qalqonsimon to‘pgul hosil qiladi. Bir urug’li, danak meva hosil 
qiladi. Urug’ po‘stida tosh hujayralar (skleridlar) mavjud. 
Ra’nodoshlar oilasiga mansub. 
Gingko biloba – Bir necha mln yildan beri o‘zgarmay saqlanib 
kelmoqda(relekt 
forma). 
Hozirgi 
kunda 
regres 
holatda. 
Stabillashtiruvchi tanlanish natijasida kelib chiqqan. Tirik qazilma 
hisoblanadi. 
Giatsint – Manzarali, Yorug’sevar. 
Gladiolus – Piyoz boshidan ko‘payadigan qiyshiq gulli o‘simlik. 
Gledichiya – (tikan daraxt) Burchoqdoshlar oilasiga mansub 
manzarali daraxt. Fitonsid ajratadi. Barglari barvaqt to‘kiladi. 
Poliarktik biogeografik viloyatda uchraydi. Yorug’sevar. Shaharlar 
(urbana ekosistemalar) da o‘sadi, tuproq tarkibida namlik 
yetishmasligiga va sho‘rlangan tuproqda o‘sish xususiyatiga ega. 
Gulxayri – Bargi qor tagida qishlaydi. Tabiiy holda o‘sadigan 
gulxayridoshlar oilasiga mansub o‘simlik. U daryo va ko‘llar 
sohillarida, to‘qaylarda, sernam yerlarda o‘sadi. Ildizidan 
tayyorlangan damlama yo‘talga qarshi ishlatiladi. Soyasevar, keng 
bargli o‘rmonning to‘rtinchi yarusida o‘sadi. 
Gulpiyoz – Piyozdoshlar oilasiga mansub manzarali o‘simlik. 
Gulsafsar – Ko‘p yillik , ildizpoyali o‘simlik. Gulqo‘g’oni oddiy, to‘p 
gul hosil qilmaydi. 
Gunafsha – Guli qiyshiq. 


Registon kutubxonasi
Biologiya mnemonikasi 

Handalak – Qovoqdoshlar oilasiga mansub, o‘rmalovchi poyali, 
qovoq mevali o‘simlik. 

Iloq – Ildizpoyali ko‘p yillik o‘simlik, qum tuproqli cho‘llarda yaxshi
o‘suvchi kserofit o‘simlik. 
Irg’ay – Tog’ yonbag’irlarida o‘sadigan yovvoyi buta. 
Isfarak – Qiyshiq gulli o‘simlik. 
Isirg’ao‘t – Burchoqdoshlar oilasiga mansub o‘simlik. 
Isiriq – Tabobat gavhari, dorivor o‘simlik. 
Ismaloq –O‘zbekistonda 2 ta turi bor. Rezavor ismaloqdan ziravor 
o‘simlik sifatida foydalaniladi, poya va barglari ovqatga ishlatiladi. 
Turkiston ismalog’i bir yillik, ikki uyli, begona o‘t. 
Itqovun – Qovoqdoshlar oilasiga mansub begona o‘simlik. 
Itsegak – Sho‘radoshlar oilasiga mansub o‘simlik. Undan zaharli 
modda anabazin olinadi. Anabazin qishloq xo‘jaligida hasharotlarga 
qarshi kurashishda ishlatiladi. 
Ittikanak – Mevasi hayvonlar juni, qushlar pati, odamlar kiyimi 
orqali tarqaladi.
Ituzum – Mevasining aspsiy qismi pishib. Ustki qismidagi gullari 
ochilib turadi. Rezavor mevaga ega o‘t poyali , bir yillik o‘simlik. 
Paxtazorlarda , ekinzorlarda o‘sadi. Bo‘yi 25-50 sm, poyasi sershox, 
barglari oddiy, uzunchoq, tuxumsimon. Gullari oqish, shoxlar 
uchidagi to‘pgulda 3-10 tadan joylashgan. Iyun oyi oxiridan tupini 
sovuq urguncha gullayveradi. Qora, sharsimon, rezavor mevasi 
avgust oyi oxirida pishadi. Mevasi “C” darmondorisiga boy. Ituzum 
turkumiga oid O‘zbekistonda 10 tur o‘sadi (baqlajon, kartoshka, 
ituzum). 
Izen – Chorva mollari ( tuya va qorako‘l qo‘ylari ) uchun to‘yimli 
ozuqa. Hayotiy shakli yarim buta. 

Jag’-jag’ – (achambiti) Karamdoshlar oilasiga mansub. Oddiy jag‘-
jag‘ jag‘-jag‘ turkumiga oid, bo‘yi 10-30 sm keladigan bir yillik o‘t. 


Registon kutubxonasi
Biologiya mnemonikasi 
Ildiz bo‘g‘izida joylashgan barglari qisqa bandli, patsimon qirqilgan, 
poyadagilari esa bandsiz. Gullari poyada shingil to‘pgul hosil qiladi. 
Changchilari 6ta. Urug‘chisi bitta. Oddiy jag‘-jag‘ mart oyidan 
boshlab mayning oxirigacha gullaydi va meva (qo‘zoqcha) hosil 
qiladi. 
O‘zbekistonda jag‘-jag‘ turkumiga oid faqat bitta tur oddiy jag‘-jag‘ 
o‘sadi. 
Oddiy jag‘-jag‘ tarkibida «С» va «К» darmondorilari, olma va limon 
kislotalari bor. Erta ko‘klamda to‘pbarglari ovqatga ishlatiladi. Jag‘-
jag‘dan ko‘k chuchvara, ko‘k somsa tayyorlanadi. Uning yerustki 
qismidan tayyorlangan dorilar tabobatda qon ketishini to‘xtatishda 
ishlatiladi. 
Javdar – Chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa, to‘p guli murakkab 
boshoq, adirning yuqori va tog’ning o‘rta qismida joylashgan 
yalanglikda o‘sadi. Bo‘yi 50-150 sm keladi. Uni piyozli arpa , javdar, 
xarduma, tak-tak, tog’arpa deb ham atashadi. Bug’doydoshlar 
oilasiga mansub. Javdar bilan bug’doyni chatishtirib olingan duragay 
“tritikale” deb nomlanadi. Tritikale bug’doy va javdarning eng yaxshi 
xususiyatlarini o‘zida saqlagan bo‘lib, yuqori hosildor, ko‘p 
miqdorda yashil massa to‘playdi va yuksak darajadagi oziqlik 
sifatiga ega. Poliploid navlari keng tarqalgan. 
Jiyda – Barglari barvaqt to‘kiladi. Barg kurtaklaridan barg, gul 
kurtaklaridan gul chiqadi. Poyasi bargli, yog’ochligi yumshoq. 
Qalamchalar yordamida ko‘payadi. 
Jud – Mevasi qanotchalar yordamida uchib tarqaladi. 
Jumagul (xolmon) –Tabiat ko‘rki, “Qizil kitob” ga kiritilgan o‘simlik. 
Barglari poyada xalqa hosil qilib joylashadi. Loladoshlar oilasiga 
mansub yovvoyi o‘simlik. Piyozboshidan ko‘payadi. 
Juzg’un – Yon ildizlari 30 m gacha tarqaladi. Suv shimilishining 
kuchaytiruvchi moslanish-keng yuzali ildiz tizimining mavjud, qum
tuproqli cho‘llarda yaxshi o‘suvchi kserofit o‘simlik. 
Jo‘ka – Hayotiy shakli daraxt. Xromasomalari nuqtasimon. Keng 
bargli o‘rmonning birinchi yarusida o‘sadigan baland bo‘yli daraxt 
hisoblanadi. 

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling