Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni
Iste'molchining sifatga bo‘lgan talablari
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua
Iste'molchining sifatga bo‘lgan talablari, yetkazib beruvchi xarajatlarining
oshishiga olib kelishi mumkin. Iste'molchining yiroqligi, kichik partiyalarni tez-tez tashib turilishi yetkazib beruvchi uchun foydasiz bo‘lishi mumkin. yetkazish muddatlari jadvali, «aniq muddatga» tizimida mahsulotlar ularga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina olib kelinadi, yetkazib beruvchi uchun esa yagona bir jadval bo‘yicha (belgilangan vaqt va hajmda) yetkazish qulayroq. yetkazishlar hajmi va davriyligi. yetkazib beruvchi va iste'molchi uchun ushbu ikkita parametr bir-biridan farqli o‘lchamlarda foydali bo‘lishi mumkin. Mavzu yakunida «aniq muddatga» tizimini loyihalash va kiritish jarayonida yechilishi lozim bo‘lgan ayrim masalalarni sanab o‘tamiz. 1. yetkazib beruvchilar bilan munosabatlar sohasida: - yaqin joylashgan yetkazib beruvchilarni izlash; - uzoq muddatli xo‘jalik aloqalariga o‘tish; - tekshirilgan yetkazib beruvchilar bilan shartnoma munosabatlarini uzaytirish (prolongatsiya); - yetkazib beruvchilarni «aniq muddatga» tizimini qo‘llashga qiziqtirish va ularning yetkazib beruvchilariga ham bu tizimni yoyish; - uzoq muddatli rejalashtirish va xaridlar kafolati hisobiga yetkazib beruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; - yiroqdagi yetkazib beruvchilarni uyushtirish (to‘plash); - xarid narxlarini har ikkala tomonga ham qulay darajaga olib kelish; - qog‘ozsiz axborot almashinuvini tashkil etish; - yetkazib beruvchi kuchi va vositalari yordamida markazlashgan yetkazishni tashkil etish; - moddiy oqimlar bilan ishlashda texnologik kartalardan foydalanish. 2. yetkazishlar hajmi bo‘yicha: - ishlab chiqarish tezligi bilan kelishilgan xaridlar tezligini quvvatlash (savdo korxonasi uchun sotish tezligi); - kichik hajmlardagi tez-tez yetkazishlarni ta'minlash; - shartnoma umumiy hajmi o‘zgarmasdan, har bir yetkazish hajmining o‘zgarishi bilan ishlash; - yetkazib beruvchilar talab qilinayotgan miqdorda mahsulotni qadoqlashga tayyorgarligi uchun ularni mukofotlash. 3. yetkazilayotgan mahsulot sifati sohasida: - sifat uchun javobgar bo‘lgan ishlab chiqaruvchi va iste'molchi xodimlarining o‘zaro aloqada bo‘lishi. 4. Ortish sohasida: - yuklar kelishini aniq jadvalini tuzish va unga rioya qilish; - doimiy, tekshirilgan tashuvchilardan foydalanish; - omborga qo‘yish va tashishni o‘z ichiga oladigan majmuaviy logistik xizmat ko‘rsatishga uzoq muddatli shartnomalar tuzish. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling