Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni


Ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy va logistik


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/73
Sana01.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1736565
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73
Bog'liq
agrologistika

3.2. Ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy va logistik 
konsepsiyalari 
Ishlab chiqarishni tashkil etishning logistik konsepsiyasi quyidagi asosiy 
holatlarni o‘z ichiga oladi: 
- ortiqcha zaxiralardan voz kechish; 
- asosiy va transport-ombor operatsiyalarini bajarish uchun
ortiqcha vaqtdan voz kechish; 
- iste'molchi buyurtmasi bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab 
chiqarishdan voz kechish; 
- uskunalar to‘xtab turishini yo‘q qilish; 
- sifatsiz mahsulotlarni yo‘q qilish; 
- xo‘jalik ichidagi noratsional tashishlarni yo‘q qilish; 
- yetkazib beruvchilarni hamkorlarga aylantirish. 
Logistikadan farqli o‘laroq ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy 
konsepsiyasi quyidagilardan iborat: 
-mahsulotni iloji boricha yirik partiyalarda ishlab chiqarish; 
-«har extimolga qarshi» moddiy resurslarning maksimal katta zaxirasiga ega 
bo‘lish. 
Konseptual hollarning mazmuni shundan dalolat beradiki, ishlab chiqarishni 
tashkil etishning an'anaviy konsepsiyasi «sotuvchi bozori» sharoitlari uchun eng qulay 
bo‘lsa, logistik konsepsiya «xaridor bozori» sharoitlari uchun eng qulaydir. 
Talab taklifdan ko‘p bo‘lsa, hyech ikkilanmasdan aytish mumkinki, bozor 
konyukturasini hisobga olib ishlab chiqarilgan mahsulot to‘liq sotiladi. Shuning uchun 
asosiy ishlab chiqarish fondlari maksimal yuklash ustuvorlikga ega bo‘ladi. Shu bilan 
birga ishlab chiqarilgan partiya qancha yirik bo‘lsa mahsulot birligining tannarxi 
shuncha kam bo‘ladi. Mahsulotni sotish birinchi darajali muammo bo‘lmaydi. 
Bozorga iste'molchi «diktaturasi» kelishi bilan vaziyat o‘zgaradi. Raqobat 
sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi. Bozor 
talabini muntazam emasligi va oldindan bilib bo‘lmasligi sharoitida katta zaxiralar 
yaratish va saqlash maqsadga muvofiq emasdir. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi 
bitta buyurtmani ham qo‘yib yubormaydi. Bundan, paydo bo‘lgan talabga tez javob 
qaytara oladigan, egiluvchan ishlab chiqarish quvvatlariga ehtiyoj paydo bo‘ladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling