Microsoft Word 2-ma'ruza docx


Download 103.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana25.12.2022
Hajmi103.6 Kb.
#1066292
  1   2   3
Bog'liq
2-maruza



So’z birikmasining so’z, sintagma, ibora va gapdan farqlari
Reja: 
1. So’z birikmasi 
2. So’z, sintagma, ibora va gapdan farqlari
3. Mavzu yuzasidan mashqlar, test topshiriqlari bajarish va lisoniy tahlil 
qoliplarini to’ldirish.. 
So‘z birikmasi 
Odatda, nutqda, gapda so‘zlar ma’lum qonun-qoidalar asosida o‘zaro ma’no 
va grammatik jihatdan bog‘langan bo‘ladi. Masalan, qiziqarli kitob, tog`ga chiqmoq, 
tez o‘qimoq. Bunday juftlik bir butunlik hosil qilib, yaxlit, lekin o‘z ichida qismlarga 
bo‘linadigan bir butun tushunchani bildiradi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘z va 
so‘z shakllarning nopredikativ tobe aloqasi asosida birikishidan hosil bo‘lgan 
bog‘lanma so‘z birikmasi deyiladi. 
So‘z birikmasi mustaqil so‘zlarning bog‘lanishidan hosil bo‘ladi, yordamchi 
so‘zlar (ko‘makchilar) o‘z oldidagi mustaqil so‘z bilan birga birikmaning bir qismi, 
a’zosi sanaladi. Masalan, do‘stlik haqida suhbatlashmoq, qarsaklar bilan 
olqishlamoq kabi. 
So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlardan biri hokim, ikkinchi tobe bo‘ladi. So‘z 
birikmasi boshqaruv, bitishuv, muvofiqlashuv usullari bilan hosil bo‘ladi. 
So‘z birikmasi, birinchidan, frazeologik iboralardan farq qiladi. Frazeologik 
iboralar so‘z kabi til birligi bo‘lib, so‘z kabi tayyor holda qo‘llanib, bir butun holda 
lug‘aviy ma’no ifodalaydi va gapda bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. So‘z 
birikmasi tarkibidagi a’zolar boshqa-boshqa gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. 
So‘z birikmasini, ikkinchidan, gapdan farqlash lozim. So‘z birikmasi 
tushuncha ifodalab, nominativ (nomlash, atash) vazifasini bajaradi, shuning uchun 
intonatsion tugallikka ega bo‘lmaydi. Gap esa fikr bildirib, kommunikativ (aloqa 
qilish) va kognitiv (fikr almashish) vazifalarini bajaradi. So‘z birikmasi kamida ikki 
mustaqil so‘zdan tuzilsa, gap ba’zan bir so‘zdan ham tashkil topishi mumkin. 
So‘z birikmasi, uchinchidan, o‘zaro teng bog‘langan so‘zlardan ham farq 
qiladi. Masalan: Maqsad va marom insonning eng buyuk quvvatidir. (Oz-oz o‘rganib 
dono bo‘lur). Bunda maqsad va maarom so‘zlari o‘zaro teng bog‘lanib, gapda 
uyushiq bo‘lak hosil qilib, so‘z birikmasi sanalmaydi. 
So`z birikmasi, to`rtinchidan, fonetik taktdan (sintagmadan) farqlanadi.

Download 103.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling