Microsoft Word 2-ma'ruza docx
Download 103.6 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza
4. Pauza(to`xtam). Pauza ham sintaktik vosita sifatida ahamiyatga ega. Pauzaning
o‘zgarishi sintaktik holatning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan: Quloq solib o‘tirgan boladan so‘radi. Bunda boladan so‘zidan so‘ng pauza qilinsa, quloq solib o‘tirgan sifatdoshi boladan so‘ziga nisbatan sifatlovchi vazifasini bajaradi. Agar quloq solib o‘tirgan sifatdoshidan keyin pauza bo‘lsa, sifatdosh anglashgani holda ega vazifasini bajaradi. 1.Quyidagilarning qaysi biri til birligi sanaladi? 1. gap 2. so’z birikmasi 3. so’z 4. tovush 5. qo’shimcha A) 1, 2, 5 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) faqat 2 va 3 2. So’z birikmalari va gaplarning qurilishi va ifoda xususiyatlarini o’rganuvchi til bo’limi ... deyiladi. A) sintaksis B) morfologiya C) uslubshunoslik D) orfografiya 3.Sintaksis so’zlarning bir-biri bilan bog’lanishi hamda gap tuzilishi qonunqoidalarini o’rganishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) sodda gap sintaksisi va qo’shma gap sintaksisi B) so’z birikmasi sintaksisi va gap sintaksisi C) gap bo’laklari sanaladigan va sanalmaydigan bo’laklar sintaksisi D) yuqoridagilarning barchasi noto’g’ri 4. Har qanday til o’zining nutq tovushlari, so’zlari (iboralari) va qo’shimchalaridagi imkoniyatlarni tilshunoslikning qaysi bo’limida namoyon qiladi? A) morfologiyada B) uslubshunoslikda C) sintaksisda D) leksikologiyada 5.Otli so’z birikmasi berilgan qatorni aniqlang. A) tez yugurmoq, zavq bilan o’qimoq B) kitobni o’qimoq, ta’sirli so’zlashmoq C) katta qishloq, chumchuqlarning chug’urchug’uri D) gulni uzish, darsga shoshilish 6. So’z birikmasi hokim so’zning qaysi turkumga oid so’z bilan ifodalanishiga qarab qanday guruhga bo’linadi? A) otli so’z birikmasi, ravishli so’z birikmasi B) fe’lli so’z birikmasi, olmoshli so’z birikmasi C) otli so’z birikmasi, fe’lli so’z birikmasi D) otli so’z birikmasi, sifat va sonli so’z birikmasi 7. CHoynakdan kattaroq birikmasi tarkibidagi qaysi qo’shimchalar so’zlarni bir- biriga bog’lashga, qaysilari lug’aviy ma’noga qo’shimcha ma’nolar berishga xizmat qilyapti? A) –roq qo’shimchasi so’zlarni bir-biriga bog’lashga, -dan qo’shimchasi lug’aviy ma’no berishga xizmat qilyapti B) –dan qo’shimchasi so’zlarni bir-biriga bog’lashga, -roq qo’shimchasi lug’aviy ma’noga qo’shimcha ma’no berishga xizmat qilyapti C) –dan va –roq qo’shimchalari so’zlarni faqat bog’lashga xizmat qilyapti D) –dan va –roq qo’shimchalari lug’aviy ma’noga qo’shimcha ma’no bermoqda 8. Bitishuvli birikma berilgan qatorni toping. A) yoshlarga g’amxo’rlik B) ishchan bola C) sizning ukangiz D) do’stlarini hurmat qilmoq 9. Boshqaruvli birikma berilgan qatorni toping. A) sharoitiga ko’ra yondashmoq B) mehribon murabbiy C) maktabimizning jamoasi D) tezda yubormoq 10. Bitishuvli birikma berilgan qatorni toping. A) shahrimiz ko’chalari B) Ko’z qo’rqoq C) mulohazali yigit D) ba’zan qor, ba’zan yomg’ir Download 103.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling