Microsoft Word 2-ma'ruza docx


So‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvi


Download 103.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana25.12.2022
Hajmi103.6 Kb.
#1066292
1   2   3
Bog'liq
2-maruza

So‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvi 
Gapda so‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvi quyidagi vositalar 
orqali bo‘ladi: 
1. Affikslar. O‘zbek tilida so‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvida 
turlovchi va tuslovchi affikslarning xizmati katta. Masalan: Chor-atrof 
yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to‘ladi (O‘.H.). Bu gapdagi so‘zlar o‘zaro 


kelishik affikslari (-ning, -ga), egalik affiksi (-i) va shaxs-son affiksi (-di) orqali 
sintaktik aloqaga kirishgan. 
2. Yordamchi so‘zlar. Ko‘makchilar, bog‘lovchilar gapda so‘zlarning o‘zaro 
munosabatga kirishuviga xizmat qiladi. Masalan: Xalqning ulug‘vorligi uning soni 
bilan o‘lchanmaydi, yagona o‘lchov uning aqliy kamoloti va axloqiy 
barkamolligidir. («Tafakkur gulshani»). Bu gapda ot (soni) fe’lga (o‘lchanmaydi
bilan ko‘makchisi orqali bog‘langan; kamoloti, barkamolligi so‘zlari teng aloqaga 
kirishib, uyushgan ot kesim vazifasini bajargani holda va bog‘lovchisi yordamida 
sintaktik munosabatga kirishgan. 
Ba’zi hollarda yuklamalar ham bog‘lovchi vazifasida kelib, gaplar, so‘zlar 
orasidagi sintaktik munosabatni ko‘rsatib keladi: Bugundan boshlab yotoq 
joylarda... yigitlardan bitta navbatchi qoldirildi-yu, boshqa hamma paxtaga chiqdi. 
(P.Q.). 
Bog‘lama ega va ot kesim munosabatini ifodalashga xizmat qiladigan 
yordamchidir: Hayotda go‘zallik, quvvat va saodatning manbai soddalikdir. («Oz-
oz o‘rganib dono bo‘lur»). 
3. So‘z tartibi. Gap tarkibidagi so‘zlarda maxsus grammatik ko‘rsatkichlar 
bo‘lganda, ularning o‘rnini almashtirish sintaktik holatni o‘zgartirmaydi. 
Qiyoslaylik: daraxtlarning tagida... nozikkina maysalar ko‘rinib qoladi. (O‘.U.). – 
Nozikkina maysalar daraxtlarning tagida ko‘rinib qoladi.
`So‘zlarda maxsus grammatik ko‘rsatkichlar bo‘lmaganda, ularning o‘rnini 
almashtirish sintaktik holatga ta’sir qiladi. Qiyoslang: yam-yashil dala (aniqlovchili 
birikma) – Dala yam-yashil (ega, kesimdan iborat yig‘iq gap). 

Download 103.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling