Microsoft Word 2-mavzu. Raqamli banklarda qo'llaniladi-gan tehnologiya-lar docx


NFC - bu qisqa masofali, yuqori chastotali texnologiya


Download 0.97 Mb.
bet4/9
Sana24.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1687184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 MAVZU RAQAMLI BANKLARDA QO\'LLANILADI GAN TEHNOLOGIYALAR

NFC - bu qisqa masofali, yuqori chastotali texnologiya, bu qurilmalar o‘rtasida 10 sm masofada ma’lumot almashish imkonini beradi. NFC RFID texnologiyasi asosida qurilgan. Qurilmalar o‘rtasida simsiz aloqa va ma’lumotlar almashinuviga ruxsat berish. Qurilma faol yoki passiv rejimlardir. SHifrlash maxfiy ma’lumotlarni himoyalash uchun ishlatiladi, telefon yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan bo‘lsa, uni himoya qilish uchun antivirus va telefon qulfidan foydalanish kerak.
NFC texnologiyasi asosan Evropa, Amerika va Osiyoda mashhurdir. NFCning maqsadi - operatsiyalarni bajarish uchun navbatlarni qisqa va tezroq qilish, kamroq kartalarni olib yurish, chunki to‘lov uchun mobil qurilmani olib yurishning o‘zi kifoyadir.
Mobile Money. Mobil hamyon, mobil to‘lov va mobil pul o‘tkazmasi deb nomlanadi. Mobil pul xizmati butun dunyoda ishlatiladi, asosan Afrikada bank hisobvarag‘iga ega yoki hisobi bo‘lmaganlar uchun. Xizmat tijorat banklari bilan hamkorlikda bo‘lgan uyali aloqa operatorlari tomonidan taqdim etiladi.
Mobil pul hisobvaraqlari mijozning bank hisobvarag‘i bilan ham bog‘lanishi mumkin. Mobil pul xizmati - bu bank hisob raqamini ochish muammosiz, pul mablag‘larining yana bir usuli. Virtual “hamyon”dagi pul har qanday narsani to‘lash uchun ishlatilishi mumkin, masalan, mobil kredit sotib olish, hisob-kitoblarni to‘lash, ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlar. Bunda ham PIN-kod amalga oshirilgan operatsiyalarni tekshirish uchun ishlatiladi.
Bundan tashqari, barqaror rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni hisobga olish lozim:

  • yangi raqobat sharoitlariga tayyor bo‘lish uchun “IT operation” modellarni yangilash;

  • faoliyat tizimini soddalashtirish va robotlashtirish orqali xarajatlarni qisqartirish;

  • mijozlarning ehtiyojlari o‘rganish va tahlil qilish orqali takliflarni optimallashtirish uchun texnologik imkoniyatlarni yaratish hamda foydalanish;

  • veb-sayt va mobil ilovalarning internet va turli serverlar bilan har qanday holatda va hamma joyda uzluksiz ulanishiga tayyor qilish;

  • kiber-xavfsizlikka jiddiy e’tibor berish, ammo bu foydalanuvchilarning ortiqcha vaqtini olmasligi va noqulayliklarni keltirib chiqarmasligi shart;

  • xodimlar qobiliyati va ko‘nikmalarini doimiy yuksaltirishga katta e’tibor qaratish hamda bunga erishishning ish faoliyatga salbiy ta’sir etmaydigan modellaridan foydalanish.

Bank texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlarini va uning takomillashishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni quyidagicha ifodalash mumkin (4-rasm).
Omillar
Dasturiy ta’minotlar takomillashishi
Fan-texnika taraqqiyoti
Xususiyatlar
Hududning rivojlanish darajasi
Xodimlarning ilmiy-amaliy salohiyati
Banklarning texnik ta’minlanganlik darajasi va bazasi
Rentabellikni oshiradi
Xarajatlarni kamaytiradi
Faoliyatni optimallashtirish va raqamlashtirish imkonini beradi
Raqobatdoshlikni ta’minlaydi
Banklarning darajasini belgilaydi
4-rasm. Bank texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari va uning takomillashishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.
Raqamli bank tizimi bir necha tashkiliy elementlardan iborat bo‘lib, mazkur faoliyatning rivojlanishi uchun tashkiliy jihatdan aynan shu elementlar bir vaqtning o‘zida ta’sir qiluvchi omillar sifatida ham rol o‘ynaydi (5-rasm).
1-bosqich • Missiya va Strategiya
2-bosqich •Fintech va bank API
3-bosqich •IT bo‘yicha tajriba
4-bosqich •Xavfsizlik va ichki nazorat
5-bosqich •Menejment va marketing
5-rasm. Raqamli bank tizimining tashkiliy elementlari.
Umuman olganda hozirgi davrda faoliyat yuritayotgan banklarni tashkiliy jihatdan 3 ta guruhga bo‘lish mumkin: An’anaviy banklar; Raqamli banklar;
Aralash (gibrit) banklar.
Banklar mazkur guruhlarning qaysi yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmasin, ayniqsa raqamli va aralash ko‘rinishdagi banklarda qo‘llanilayotgan bank texnologiyalari bir qator umumiy tarkibiy qismlar yoki jarayonlarni o‘z ichiga oladi va bu bog‘liqlikni quyidagicha ifodalash mumkin (6-rasm).
Bank texnologiyalari komponentlari
Veb-sayt dizayni
Identifikatsiyalash va xavfsizlikni boshqarish
Avtomatlashtirilgan qarorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi
Servislar
Elektron tijorat dasturlari
Tashqi servis
Ichki servis
Dasturlashni qo‘llab-quvvatlash tizimi
Internet provayderi
6-rasm. Bank texnologiyalari komponentlari.
Ushbu komponentlar raqamli bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun birgalikda ishlaydi. Har bir komponent bank faoliyatini tizimli ishlashida asosiy omil sifatida muhim ahamiyatga egadir.
Bank texnologiyalaridan samarali foydalanish va ularning samaradorligini oshirishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

  • bank xizmatlarini ommabopligini yanada oshirish, ko‘rsatilayotgan raqamli xizmatlar sifati hamda salmog‘ini kengaytirish maqsadida innovatsion raqamli texnologiyalarni bank tizimiga jalb etish bo‘yicha markaziy bankning manzilli dasturini ishlab chiqish;

  • banklarning innovatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi bo‘yicha Assosatsiya bank tomonidan alohida reyting yuritish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;

  • banklarni dasturiy ta’minotni amalga oshiruvchi IT-kompaniyalari tomonidan yaratilayotgan innovatsion loyihalarning reytingini ishlab chiqib, sof raqobat muhitini shakllantirish;

  • bank raqamli xizmatlarini ko‘rsatilishida mijozlarni identifikatsiyalash maqsadida biometrik texnologiyalardan amaliyotda keng foydalanish;

  • sun’iy intellekt va robota-texnologiyalarni bank tizimiga keng jalb etish, banklardagi shaffoflikni yanada oshirish hamda bank shtatlarini optimallashtirish orqali bank xarajatlarining qisqarishiga erishish;

  • bank API-lari bo‘yicha bank va nobank xizmatlarni yagona ilova oqali xizmat ko‘rsatilishiga erishish uchun platformalarni integratsiyalash, multivalyuta dasturlarini ishlab chiqish orqali xorijiy mamlakatlar bank xizmatlari bozoriga kirib borish va boshqalar.

Bank sohasida zamonaviy raqamli axborot texnologiyalari va ularning dasturiy ta’minotlaridan foydalanish nafaqat bank xizmatlari bozorida raqobat ustunligini beradi, balki, ma’muriy xarajatlarni kamaytirish, mehnat unumdordigini oshirish, ortiqcha vaqt sarfini kamaytirish kabi ijobiy ta’sirlari ham mavjud.
Jumladan, muammoli kreditlarni tahlil qilish va ular bo‘yicha ishlashni avtomatlashtirish asosida juda ko‘p sonli muammoli kreditlar bilan ishlashni oson va qisqa vaqtda amalga oshirish imkonini beradi.
Masalan, kreditlarning asosiy qarz va ustama foiz mablag‘larini to‘lash muddatlarini ogohlantiruvchi avtomatik SMS xabarlar yuborish, so‘ndirish muddati o‘tib ketgan muammoli kreditlar bo‘yicha sud xujjatlarini avtomatik tayyorlash va elektron yuborish kabilar.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling