Microsoft Word 2016-Каримов И. М. Ахборот хавфсиз асослари Дарслик-лот doc


Download 48.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana30.10.2023
Hajmi48.37 Kb.
#1734724
1   2   3
Bog'liq
1. Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish tushunchalari

Axborot xavfsizligi deganda tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy
yoki qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va uni qo‘llab-quvvatlab
turuvchi infratuzilmaning himoyalanganligi tushuniladi. Bunday ta’sirlar
axborot munosabatlariga, jumladan, axborot egalariga, axborotdan foyda-
lanuvchilarga va axborotni muhofaza qilishni ta’minlovchi infratuzilmaga
jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi «Axborot
erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida
1
axborot xavfsiz-
ligi axborot borasidagi xavfsizlik deb belgilangan va u axborot sohasida
shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holatini anglatadi.
Konfidensiallik, butunlik va ruxsat etilganlik axborot xavfsizligini
ta’minlash borasida uchta muhim xususiyat hisoblanadi.
– axborotning konfidensialligi – axborotning holati bo‘lib, bunda
axborotga ruxsat, faqat tegishli huquqqa ega bo‘lgan subyektlargagina
beriladi.
– axborotning butunligi – axborotda hech qanday o‘zgartirishlar
bo‘lmagan yoki o‘zgartirishlar faqat alohida huquqqa ega bo‘lgan
subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan axborotning holati.
– axborotning ruxsat etilganligi – axborotga ruxsat etilgan
subyektlarning, uni amalga oshirishga to‘siqlar mavjud bo‘lmagan holati.
Ruxsat etilganlik huquqiga axborotni yoki uning resurslarini o‘qish
uchun, o‘zgartirish, nusxa olish, axborotni yo‘q qilish huquqlari kiradi.
Axborotni muhofaza qilish – bu axborot himoya tizimini yaratish
bilan bog‘liq jarayon. Axborot himoya tizimi hech qachon yuz foizlik
himoyani ta’minlay olmasligini anglash muhimdir. Bu esa axborotni
mumkin bo‘lgan darajadagi o‘zgartirish, o‘g‘irlash yoki yo‘q qilish tavak-
kalchiligiga asoslangan axborot xavfsizligi haqida fikr yuritishni taqozo
etadi.
Amalga oshirilish usullariga ko‘ra barcha axborot himoyasi chora-
larini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
– huquqiy;
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2003. –
№ 1. – 2-м.


– ma’naviy-etik;
– texnologik;
– tashkiliy;
– fizik;
– texnik (qurilmaviy va dasturiy).
Yuqorida qayd etilganlar himoya turlari orasida asosiylari huquqiy,
tashkiliy va texnik himoya hisoblanadi.
Huquqiy himoya – axborotni himoyalash bo‘yicha subyektlarning
munosabatlarini tartibga soluvchi, amalda joriy etuvchi hamda ularning
bajarilishini nazorat qiluvchi qonunchilik va normativ-xuquqiy hujjatlar
asosida axborotni huquqiy usullar bilan himoyalashdir. Axborotni huquqiy
himoyalash choralariga O‘zbekiston Respublikasining mazkur sohadagi
qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining
qaror va farmoyishlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar kiradi. Axbo-
rotga murojaat qilish qoidalari, axborot munosabati qatnashchilari, ular-
ning huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, qonunchilik talablari buzil-
gan hollarda javobgarlik qonunchilik darajasida ko‘rib chiqiladi va tartibga
solinadi.

Download 48.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling