Microsoft Word \312\356\357\350\377 Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl [uzsmart.uz]
@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun III bob. Favqulodda holat Ertalabgacha shaharni oppoq qor qoplabdi. Kecha yoqqan yomg’ir muzlab hamma joy yaxmalakka aylangandi. Dadam ishga vaqtli ketgani sabab, yolg’iz nonushta qildim. Tezroq maktabga borgim kelardi. Bilim olishga ishtiyoqim balandligi yoki yangi do’stlar orttirish uchun emas, faqat Edvard Kallenni ko’rish uchungina oshiqayotgandim! Aslida kechagi suhbatdan keyin u bilan uchrashmaganim maqul. Unga butunlay ishonib bo’lmasdi, chunki linza taqishini yashirdi. Bundan tashqari, sovuq nigohlari bilan tikilganida, chiroyli yuziga boqqanimda o’ziga asir etishidan qo’rqardim. O’rtamizda hech nima bo’lishi mumkin emas, chunki biz boshqa-boshqa dunyo odamlarimiz. Shunday ekan, u haqda o’ylashning keragi yo’q. Pikapimga yetib borgunimcha ikki marta sirpanib yiqildim. Pikapim muz yo’lda sirpanmay, silliq yurgani sirini maktabga kelganimda bildim. Dadam shinalarga himoya zanjirlarini o’rnatib qo’ygan ekan. Bularni o’rnatish uchun dadam ertalab qay vaqtda turgan ekan- a?! Tomog’imga nimadir tiqilgandek bo’ldi. Men ikki bukchaygancha shinalarni tekshirish bahonasida ko’z yoshlarimni artib turganimda g’alati tovush eshitildi. Tormozning qattiq chiyillagani har soniya kuchayib borardi. Bu hodisa shunchalik tez ro’y berdiki, joyimda qotgancha har lahzasini miyamga muhrlardim. O’girilganimda mendan to’rt mashina narida turgan Edvard dahshat to’la ko’zlarini mendan uzmas, uning oppoq yuzi ko’plab dahshatdan va qo’rquvdan burishib ketgan yuzlar orasida ajralib turardi. Lekin bu lahzada eng muhimi boshqaruvchi yo’qotgan ko’k furgon edi! U tezlik bilan mening pikapimga yaqinlashib kelardi. Uning yo’lida esa men turardim. Bu xuddi kino tasmasidek ko’z o’ngimdan o’tdi. Hatto, kiprik qoqishga ham ulgurmasligimni tushundim... Furgon pikapim kuzoviga qarsillab urilishidan oldin qandaydir kuch meni itarib yubordi. Boshim bilan asfaltga urilar ekanman, kimdir meni mahkam yerga bosib turganini his qildim va "Xonda"ning orqasiga uchib tushganimni bildim. Boshqa narsani sezishga ulgurmadim, chunki furgon men tomonga yetib keldi. U pikapim kuzovini pachaqlab, bor zarbasi bilan men tomonga otilgandi. Kimningdir so’kinganini eshitib "Xonda" ostida yolg’iz emasligimni bildim. Shu payt kuchli qo’llar shamoldek tez harakat bilan furgonni ushladi va u mening yuzimdan yarim metrlar narida taqqa to’xtadi! Furgonga yopishib turgan qo’llar yana o’shanday tezlik bilan meni qo’g’irchoqdek yelkasiga ortmoqladi va falokatdan nariga olib o’tdi. Ortimdan temirning vahimali qarsillagani, mashina oynasining chil-chil singani eshitildi! Boshimni ko’tarib hozirgina mening oyoqlarim turgan joyga furgon kelib to’xtaganini ko’rdim! Atrofga bir daqiqa chamasi dahshatli sukunat cho’kdi, keyin esa vahimali qichqiriq va yig’i ovozlari eshitildi, Bir necha kishi baravariga otimni aytib chaqirar, umumiy vahima ichida Edvardning qo’rquv aralash muloyim ovozi eshitildi: @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun ― Bella, tuzukmisan? ― Ha, - g’o’ldiradim men o’rnimdan turishga harakat qilib. Lekin Edvard bag’ridan qo’yib yubormadi. ― Ehtiyot bo’l, chakkang yorilgan ko’rinadi. Shundagina boshimdagi og’riqni his qildim. ― Voy.. ― Shunday bo’lishini bilgandim, - dedi u mayin kulgancha, ― Jin ursin... - xayollarimni jamlashga urinardim. - Qanday qilib bu qadar tez yonimda paydo bo’lding? ― Men yoningda turgandim, Bella. - Uning juda yaqin turgan tiniq chiroyli yuziga tikilib tilim tutildi. Nega o’zi bu savolni beryapman? Shu payt yordam yetib keldi. Qo’rqib ketgan o’qituvchilar, yig’lagan o’quvchilar bir-biriga va bizga qarab nimalardir deb qichqirishardi. ― Qimirlamanglar! - buyurdi bir erkak. ― Taylerni mashinadan olib tushinglar, - qichqirdi ikkinchisi. Atrofdagi shovqin-surondan boshim aylanib, o’rnimdan turmoqchi bo’lgandim, Edvardning sovuq qo’llari yelkamdan bosdi. ― Hozircha qimirlamaganing maqul, - dedi u mehribonlik bilan. ― Sovuq... - dedim muzlab borayotganimni his qilib. U yana kuldi. ― Sen o’z mashinang yonida turganding, - to’satdan yana esimga tushdi. ― Unday emas. ― Men hammasini ko’rib turgandim. Atrof to’la odam edi. Erkaklar Taylerni mashinadan tushirishga urinishar, men esa bahslashishda davom etardim. Qayerdan buncha qatiyat? O’zimning haqligimga ishonchim komil bo’lgani uchun ham Edvardning tan olishini istardim. ― Bella, men yonginangda turgandim, keyin seni chalib yiqitdim, - dedi u ko’zlari bilan gapini uqtirmokchi bo’lgandek tikilib. ― Yo’q! ― Bella, iltimos... @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun ― Qayerdan buncha tez paydo bo’lding? ― Menga ishon, - u menga o’tingandek tikildi, shundan keyin bahslashishga holim qolmadi. ― Keyin hammasini tushuntirib berishga vada berasanmi? ― Albatta, - dedi u negadir jahl bilan. Oltita sanitar va ikki o’qituvchi furgonni surib, nosilkalarni olib kelishdi. Edvard o’zim yura olaman degach, men ham shunday qilmoqchi bo’ldim. Lekin kimdir mening boshim bilan urilganimni va miyam chayqalgan bo’lishi mumkinligini yetkazgach, meni nosilkaga ortishdi. Butun maktab meni tomosha qilib turganini his qilib yerga kirib ketgudek bo’ldim. Edvard esa mashinaning oldiga o’tirdi. Mashina yurishga ulgurmasidan ataylab qilgandek politsiya shefi Svon boshchiligida politsiya guruhi yetib keldi. ― Bella! - Meni nosilkada ko’rgan dadam qo’rqqanidan qichqirib yubordi. ― Men yaxshiman, dada, xavotirlanmang. Sanitarlar meni ko’tarishayotganda "Xonda" bamperidagi Edvardning qo’l izlariga ko’zim tushdi. Xuddi bor kuchi bilan mashinani to’xtatganu, uning kuchidan bamper pachoq bo’lgandek! Ko’zlarimga ishonmadim. Mana uning oilasi... Ular hodisani uzoqdan kuzatib turishar, yuzlari g’azabdan oqarib ketgan. Lekin nigohlarida ukasi hayotidan xavotir hissi yo’q edi. "Tez yordam" mashinasi politsiya boshchiligida shahar shifoxonasiga yetib kelganda, meni nosilkada ko’tarib kirishdi. Edvard esa xuddi o’z uyiga kirgandek yugurib kirib ketdi. Atrofimda hamshira girdikapalak bo’lib turganda yonimdagi koykaga boshi bog’langan Taylerni olib kelishdi. O’zining ahvoli yaxshi bo’lmasa-da, u mendan xavotirda edi. ― Bella, kechir meni... Aybdorman... ― Men yaxshiman, Tayler, o’zing tuzukmisan? ― Seni o’ldirib qo’ydimmi, deb o’yladim... Tez haydab kelayotgandim, muzda boshqara olmay qoldim... ― Xavotir olma, yaxshiman. ― Yo’ldan bu qadar tez qochishga qanday ulgurding? ― Menga Edvard yordam berdi. ― Kim?! - quloqlariga ishonmay qayta so’radi Tayler. - Men uni ko’rmadim-ku... Qoyil, tezligiga gap yo’q. O’zi yaxshimi? ― Ha, yaxshi, u ham shu yerda. Men aqldan ozmaganman! Lekin buni qanday izohlash mumkin? Savollarimga javob yo’q. Boshimni rentgen qilib miyam chayqalmaganini aniqlashdi, lekin doktor ruxsatisiz javob bera olmasliklarini aytishdi. Tayler kechirimlari bilan jonga tegdi. Nihoyat unga quloq solmay, ko’zimni yumdim. ― U uxlayaptimi? - degan yoqimli ovozni eshitib darhol ko’zimni ochdim. Koykamda mag’rur jilmaygancha Edvard turardi. Undan jahlim chiqqanini ko’rsatmoqchi bo’ldimu, qo’limdan kelmadi. Undan xafa bo’lishning iloji yo’q. @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun ― Edvard meni kechir, juda afsusdaman, - Tayler yana diydiyosini boshlagandi Edvard bir ishora bilan uning ovozini o’chirdi. ― Qanday tashxis qo’yishdi? ― Ahvolim yaxshi, lekin ketishga ruxsat berishmayapti. Nega sendan analiz olishmadi? ― Hamma gap tanish-bilishlar va jozibamda, - kuldi Edvard. Shu payt muolajaxonaga doktor kirib keldi. Uni ko’rib rostakamiga anqayib qoldim. U men ko’rgan model yigitlarning hammasidan ham chiroyliroq edi... ― Xo’sh, Svon xonim, o’zingizni qanday his qilyapsiz? - so’radi u. Uning ovozi Edvardnikidan ham yoqimliroq ekan. — Rentgen natijalariga ko’ra hammasi yaxshi, lekin Edvard boshingizni asfaltga urib olganingizni aytdi. ― Yaxshiman, - dedim Edvardga qovog’imni uyub. U esa himmat ko’rsatgandek jilmayib turardi. Doktor muzdek qo’llari bilan boshimni ushlab ko’rgach: ― Dadangiz tashqarida kutib turibdi. Uyingizga ketishingiz mumkin. Agar boshingiz aylansa yoki o’zingizni yomon his qilsangiz tezda kasalxonaga murojaat qiling, - dedi. ― Darsga qaytsam bo’ladimi? ― Yo’q, buguncha dam oling. ― Edvard-chi, u maktabga boradimi? ― Kimdir xushxabarni yetkazishi kerak-ku, - yana kuldi Edvard. ― Umuman olganda, butun maktab hozir shifoxonamizga yig’ilgan. Balki shu yerda qolarsiz, - hazillashib taklif qildi doktor. ― Yo’q! - sakrab turaman deb muvozanatni yo’qotdim va doktorning qo’liga borib tushdim. U esa bosh chayqab qo’ydi. ― Hechqisi yo’q, shunaqasi ham bo’lib turadi, - dedim men ming’irlagancha. ― Boshingiz og’risa dori iching. Omadingiz bor ekan! @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun ― Edvard yonimda turgani omadim bo’ldi, - dedim men xaloskorimga ma'noli tikilib. ― Ha, albatta, - doktor hujjatlarni tekshirayotgandek boshini ko’tarmadi. Uning o’g’lidan faxrlangani sezilib turardi. Shundan keyin doktor Taylerni tekshirishga o’tdi. Doktor o’girilishi bilan Edvardga yaqinlashdim. ― Seni bir daqiqaga mumkinmi? - shivirladim. U tishlarini g’ichirlatib, o’zini orqaga tashladi va: ― Dadang kutyapti, - dedi. ― Sen bilan alohida gaplashib olishimiz kerak, - gapimda turib oldim. Edvard aftini burishtirgancha yo’lak bo’ylab tez-tez yurib ketdi. Ortidan yugurdim. Koridorning burchagiga borib men tomonga keskin o’girildi. ― Nima istaysan o’zi? ― Bu hodisani izohlab beraman deb vada qilganding... - eslatdim boyagi qa'tiyatimdan asar qolmay. Uning yovqarashidan cho’chib ketdim. ― Men hayotingni asrab qoldim, sen esa da'vo talab qilyapsanmi?! Zo’rg’a o’zimni bosdim. ― Va'da berganding-ku! ― Bella, sen boshing bilan yiqilding, shu sabab nima deyayotganingni o’zing ham bilmaysan! ― Aqlim joyida! ― Nega menga yopishib olding? - Endi rostakamiga jahli chiqdi uning. ― Haqiqatni bilmoqchiman! ― Xo’sh, seningcha nima bo’ldi? ― Aniq bilaman, o’sha paytda yonimda yo’q eding. Tayler ham seni ko’rmabdi. Shu sabab menga amneziya bo’lgansan dema! Furgon ikkalamizni ham bosib ketishi kerak edi... Lekin sen uni to’xtatib qolding! Shunday kuch bilan to’xtatdingki, furgonda kaftingni izi qolgan! "Xonda" bamperida esa yelkangni izi... Lekin senga hech nima bo’lmadi... Yana furgon mening oyog’imni yanchib o’tishi kerak edi... Sen uni nafaqat to’xtatding, balki ko’tarib qolding... Buni qanday izohlash mumkin?! - O’zimning gaplarim o’zimga ham g’alati tuyuldi. Yig’lab yubormaslik uchun lablarimni tishladim. Edvard menga ishonqiramay qarab qoldi. ― Seningcha men furgonni bir qo’lim bilan ko’taribman-da! Men bosh silkidim. ― Bu gapingga hech kim ishonmaydi! ― Men hech kimga aytmoqchi emasman. ― Unda nima farqi bor? - hayratini yashirmadi Edvard. ― Farqi bor... Yolg’on gapirishni yomon ko’raman. Shu sabab nima uchun yolg’on gapirishim kerakligini bilib qo’ymoqchiman. ― Nahotki, menga shunchaki rahmat aytib, hammasini unutish qiyin bo’lsa? - horg’in so’radi u. ― Rahmat! - dedim alam bilan. @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun ― Lekin baribir ko’ngling joyiga tushmaydi, shundaymi? ― Yo’q, albatta. Biz bir-birimizga jahl bilan tikilib qoldik. ― Umidlaring puchga chiqadimi deb qo’rqaman. ― Senga nima farqi bor? Shu lahzalarda Edvard menga o’ta ta'sirchan ko’rindi. ― Bilmadim, - dedi u va sekin o’girilib keta boshladi. Savolim javobsiz qolgani alam qilib, bir lahza joyimda mixlanib turdim, keyin esa holsiz yo’lakka chiqdim. Men bilan Tayler uchun butun maktab xavotirlangan ekan. Ostonada yuzlab xavotirli chehralarga ko’zim tushdi. Dadam men tomon otildi. Lekin hamon g’azabimni bosa olmaganim uchun hech kim bilan gaplashgim kelmadi. Men tomonga kelayotgan do’stlarimni ko’rib dadamga o’girildim. ― Tezroq ketaylik... Dadam meni yelkamdan quchgancha tashqariga yetakladi. Do’stlarimga hammasi joyida degandek qo’l siltab, dadamning patrul mashinasiga o’tirib, bir oz yengil tortgandek bo’ldim. Yo’l bo’yi gaplashmadik. Edvardning g’alati xatti-harakatlari shubhaga solib qo’ygandi. - Haligi... Onaggga qo’ng’iroq qilishing kerak... - ayb ish qilgandek to’ng’illadi dadam. ― Oyimga ham aytdingizmi?! - daxshatdan qichqirib yubordim. ― Kechir... Alamimni eshikdan oldim. Xuddi bilganimdek onam vahimaga tushgandi. Uni tinchlantrish uchun ming martalab yaxshiman deb takrorlashimga to’g’ri keldi. Xayolim parishon edi, butun fikrimni Edvard va uning siri egallagandi. Negadir Forksdan ketish istagi ham tark etdi. Dadamning savollariga javob bermaslik uchun tinchlantiruvchi dori ichib, o’zimni uyquga solib yotib oldim. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling