Microsoft Word \312\356\357\350\377 Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl [uzsmart.uz]
@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun II bob. Ochiq kitob Ertasi kuni birinchi kundan ko’ra ancha yaxshi, shu bilan birga qiyinroq kechdi. Yaxshiligi - yomg’ir yog’madi. Qiyinligi esa, endi nima kutish mumkinligini aniq bilardim. Mayk Erikning taxdidli taqibi ostida ingliz tili darsida men bilan birga o’tirdi va keyingi darsga ham kuzatib qo’ydi. Bu menga juda yoqdi. Tushlik qilishga ham ko’pchilik bo’lib bordik. Maktabdoshlarim bilan munosabatlarim sekin-astalik bilan izga tusha boshladi. Shunga qaramay men o’zimni juda holsiz his qilardim, chunki tuni bilan tinmay uvillagan shamol ovozidan uxlay olmadim. Shu sababmi tirgonometriyadan savolga javob bera olmadim, fizkulturada esa uloqtirgan to’pim bir necha marta qizlarning boshiga borib tegdi. Eng yomoni esa Edvard Kallen maktabga kelmadi... Kun bo’yi tushlikda sovuq nigohlarga duch kelishga tayyorlangandim. O’zimga o’zim hozir bu chiroyli yigitning yoniga shart boraman-da, nima gapligini so’rayman, deb ham o’yladim. Uyqusiz to’lg’anib yotganimda aytadigan gaplarimni tayyorlab ham qo’ydim. Lekin... O’zimni aldab nima qildim? Baribir unga birinchi bo’lib gap boshlashga haddim sig’maydi... Oshxonaga kirib borar ekanman sekingina atrofga alangladim. Zal to’rida uning g’alati qarindoshlari o’tirishar, lekin Edvard ko’rinmadi. Men suhbatdoshlarimning gapiga quloq solishga harakat qilsam-da, yuragim hapqirib Edvardning kirib kelishini kutyapman. Afsuski, u ko’rinmadi. Battarroq asabiylasha boshladim. Yuragimda og’ir yuk bilan biologiya darsiga kirdim. Sekingina eshikdan mo’raladim, Edvard joyida yo’q edi. Mayk ortimdan qolmas, tinmay tatildagi rejalari haqida gapirardi. Qo’ng’iroq jiringlagach, esa xo’rsingancha joyiga borib o’tirdi. Mayk meni xavotirga sola boshladi, uni nimadir qilish kerak. Kichkina shaharchada ehtiyot bo’lmasangiz, gap-so’z ko’payib ketishi mumkin. Aslida men unchalik so’zamol emasman, do’stlarim ham kam. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling