Microsoft Word \312\356\357\350\377 Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl [uzsmart.uz]
@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun VII bob. Dahshat Uyga vazifalarim ko’pligini bahona qilib, ovqatlanishdan voz kechdim va xonamga kirib ustimdan berkitib oldim. Yuragimni vahimali xayollar kemirardi, ulardan qutulish uchun tezda onam sovg’a qilgan pleyerni qulog’imga qo’yib, ovozini balandlatdim. Quloqlarimni musiqa teshib yuborgudek bo’lsada, tishimni tishimga bosib chidadim. Musiqani qayta-qayta eshitaverib diskning ikki tomonidagi qo’shiqlarini ham yodlab oldim. Oxiri niyatimga yetdim, musiqaga chalg’ib noxush xayollarni unutgandek bo’ldim. Qo’shiqni qo’shilib aytaverib, oxiri charchab uxlab qolibman. Tushimda notanish joylarga borib, qirg’oqqa urilayotgan to’lqin shovqini eshitilayotgan tomonga o’rmon oralab yugurib ketyapman. Agar okeanga yetsam, demak quyoshni ko’raman. Kutilmaganda qarshimdan qo’rquvdan oqarib ketgan Jeykob paydo bo’ldi va qo’limdan ushlab o’rmon ichiga yetaklay boshladi. U hansiragancha "Yugur, Bella, qoch" deb qichqirardi. Bir mahal u yerga ag’anab bezgak tutgandek titray boshladi. Jeykobga qanday yordam berishni bilmay turganimda u yotgan joyida ko’zlari chaqnab, tuklari sariq bo’riga aylandi. Ayni shu paytda daraxtlar orasidan Edvard chiqib keldi. U quyosh nurida olmosdek yaltirar, qilichdek tishlarini qayrab qo’li bilan ishora qilib meni o’ziga ohangrabodek torta boshladi. Oyoqlarim ostidagi bo’ri vahshiylarcha irilladi. Edvard mayin jilmayib "Menga ishon" dedi. Bo’ri Edvardga tashlanganda dodlagancha uyg’onib ketdim. Shundagina hatto, oyoq kiyimimni ham yechmasdan uxlab qolganimni bildim. Yuzimni yostiq bilan o’rab yotsamda, xayolimdagi dahshatli voqealardan qutula olmadim. Demak, esimdan chiqara olmayman. O’zimga kelib derazadan mo’ralaganimda patrul mashinasi yo’q edi. Dadam ishga ketibdi. Darrov kompyuterimni yoqib, internetga kirdim. Ovloqda sekin ishlaydigan internet ochilishini ancha kutishimga to’g’ri keldi. Ochilgach, o’zim yaxshi ko’rgan qidiruv saytidan "Vampir" deb qidiruvga berdim. Ancha muddatdan keyin malumot chiqdi. "Vampirlar zulmat dunyosidagi shayton, jin va arvohlardan ko’ra xavfli va dahshatli. Shu bilan birga qiyosi yo’q chiroyli. Ularda sehr-jodu bilan kuch mujassam. Lekin ularning borligiga ko’pchilik ishonmaydi", degan bir-biriga qarama- qarshi fikrlar berilgandi. Davomida esa vampirlar haqidagi bir-biridan qo’rqinchli rivoyatlar keltirilgandi. Men haqiqatga yaqinroq voqealarni qidira boshladim. Rivoyatlar dahshatli filmlarnikidan farq qilardi. Ma'lumotlarga ko’ra, faqat ikki turdagi vampirlar ya'ni, Polsha Upiri va yahudiylarning Estrisi odamlarni qonini ichish uchun o’ldirgan. Boshqa turlari bunaqa beshafqatlikka qo’l urmas ekan. Italiya Stregoni Benefitsi vampirlari yagona nusxa bo’lib, ular boshqa o’tmishdoshlariga umuman o’xshamas ekan. Ular yaxshilik tarafdori bo’lgani sabab, boshqa barcha vampirlarning ashaddiy dushmani hisoblanar ekan. Oxirgi malumotni o’qib yengil nafas oldim. Xayriyat-ey, yaxshi vampirlar ham bor ekan-ku. Lekin o’qigan ma'lumotlarim Jeykobning gaplaridan farq qilardi. Tezlik, kuch, husn, rangparlik, ko’z rangining o’zgarishi, Jeykob aytgan "qonxo’r, oborotenlarning dushmani, umrboqiy" ta'riflariga to’g’ri kelmasdi. Bir-biriga o’xshamagan ma'lumotlar! Yana bir qarshi fikr - "vampirlar @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun kunduzi yura olmaydi. Kunduzi tobutlarda yotishadi, faqat tundagina ovga chiqishadi". Jahl bilan kompyuterimni o’chirdim. Menga nima bo’lyapti o’zi kuppa-kunduzi vampirlar haqidagi ma'lumotlarni qidirib o’tiribman. Cho’pchakdan qo’rqqan yosh bolaga o’xshab. Hammasiga mana shu seryomg’ir Forks sababchi. Asabimni bir oz tinchlantirish uchun egnimga plashimni ilib ko’chaga chiqdim. Qayoqqa yurishni bilmay to’g’ri o’rmonga qarab yo’l oldim. Ko’p o’tmay uyim ko’zdan yo’qolib, faqat o’rmon qushlarining tovushi eshitila boshladi. Ancha ichkariga kirib ketganimni tushundim. Alam va ojizlik meni o’rmonning ichkarisiga haydab kelgandi. Yomg’ir tomchilay boshlaganiga qaramay, yiqilgan qayrag’och ustiga cho’kkaladim. O’rmonning ichiga yolg’iz kirish xavfli ekanligini bilardim, lekin boshqa boradigan joyim ham yo’q. O’rmon shunchalik qorong’u ediki, mening xayollarim undan battar zimiston. Qayrag’ochlarni o’rab olgan paporotniklar qurshovida meni hech kim topa olmasdi. Daraxtzor ichida internetdan o’qigan bema'ni gaplarni hazm qilish osonroq edi. O’rmon bir necha ming yillardan buyon o’zgarmagani uchun, quyosh nuri zo’rg’a o’tadigan joyda barcha rivoyat va afsonalar haqiqatga yaqin tuyulardi. Birinchidan, Jeykob Kallenlar haqida aytgan gapi haqiqat bo’lishi mumkinmi? Bunday fikrlash ruhiyati joyida bo’lgan kishi uchun ahmoqlik. Unda haqiqat nimada? Mening shu paytgacha hayotligimga ishonarli bir sabab bo’lishi kerak-ku! Kuzatganlarim miyamda qayta-qayta aylanardi. Katta kuch, ko’z ilg’amas tezlik, qora rangdan tillarangga o’tuvchi ko’zlar, rangpar va sovuq tana. Yana bir muhim narsa bor ediki, buni inkor etib bo’lmasdi. Ya'ni Kallenlar hech qachon tuz totmas va nozik nazokat bilan harakatlanishardi. Bazan Edvard shunday gapiradiki, bunday jumlalar o’tgan asr ingliz romanlariga xos bo’lib, amerikalik o’smirning gapiga o’xshamasdi! Qon topshiradigan kunimiz u dars qoldirdi, sayohatga ham birga bormadi. Nazarimda u mendan boshqa hammaning fikrini biladi. O’zi men bilan do’stlashish @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun xavfli deb ogohlantirdi. Nahotki, Kallenlar rostdan ham "vampir" bo’lsa? Yo’g’-ey! Unda kim? Men ko’rgan narsaning mantiqiy izohi yo’q. Balki ular Jeykob aytganga o’xshab, "oq"lardandir, balki Piter Parkerga o’xshab supermendir, lekin nima bo’lganda ham oddiy odam emasligi aniq! Lekin meni boshqa masala qiynardi. Agar ular rostdan ham men o’ylagandek bo’lib chiqsa, men nima qilaman? Maslahatlashadigan odamim ham yo’q. Birovga aytsam, meni jinniga chiqaradi. Agar Edvard vampir bo’lsa, unda men nima qilaman? Faqat ikki yo’l bor. Birinchisi, uning maslahatiga quloq solib, u bilan do’stlashmaslik. Bu variantni o’ylab ko’rib, yuragim muzlab ketdi. Bu sinovni ko’tara olmayman. Usiz qanday yashayman? Boshqa narsa o’ylab topishim kerak. Lekin nima? Qolaversa, agar u... rostdan yovuz bo’lsa ham menga hali yomonlik qilgani yo’q. Taylerning furgoni meni chalpak qilib qo’yishi mumkin edi, agar uning sezgirligi bo’lmaganda. Bir-biridan vahimali fikrlardan boshim aylana boshladi. Hatto, tushimda ham uning yonini olishimni o’ylab, qiynaldim. Uning kimligini bila turib ham yuragim unga talpinyapti.... Ongimda sekinlik bilan javob shakllandi. Mening tanlash huquqim yo’q! Men ancha chuqurlashib ketgandim. Endi bu dahshatli sirimdan hech qayoqqa qochib qutula olmasdim. Edvardning nazokatli harakatlari, gipnoz qiluvchi ko’zlari, mayin ovozi haqida o’ylaganimda u bilan birga bo’lishdan boshqa narsani istamasdim. Agar u... Yo’q, bu haqda o’ylashni ham istamayman. Hech bo’lmasa, bu qorong’u o’rmonda o’ylamasligim kerak. So’qmoqni yomg’ir yuvib ketmasin degan xavotirda shoshib o’rnimdan turdim. Ortimga yugurib keta turib, qanchalik uzoqqa ketib qolganimni tushundim. Ishqilib adashib qolmasam bo’ldi. Uyga kelganimda soat o’n ikki bo’lgan edi. Kunning qolganini insho yozishga bag’ishladim. Juda qiynaldim. To’g’risi qaror qabul qilishda doim qiynalaman. Lekin bu galgi qarorim o’z-o’zidan keldi. Hatto, qiynalmadim ham, bundan bir oz cho’chidim. Dadam tutib kelgan baliqlardan taom tayyorlab kun kech bo’lganini bilmadim. Qizig’i endi hech nimadan qo’rqmay qo’ygandim. Bundan o’zim ham hayron qoldim. O’sha kecha juda tinch uxladim. Ertalab quyosh charaqlab ketganini ko’rib juda quvondim. Maktabga ham birinchilardan bo’lib yetib kelibman. Quyosh charaqlab turganidan quvongan o’quvchilar bugun har kungidan quvnoqroq edilar. Uzoqdan Maykning chaqirgani eshitildi. Bugun hammaga yaxshi gapirgim kelayotgandi, uni ham kulib qarshi oldim. Ikkalamiz u yoq bu yoqdan gaplashib o’tirdik. ― Seni biror joyga taklif qilsammi deb o’ylab turgandim, - dedi u kutilmaganda. ― Qo’ysang-chi, Mayk bu unchalik yaxshi fikr emas. Uning yuzida quvonchdan asar ham qolmadi. ― Nega? ― Bilasanmi? Bu gapni birovga aytsang, seni o’ldiraman, - tahdid qildim. ― Bu bilan Jessikani xafa qilasan-ku! ― Jessikani? - mendan bu gapni kutmagani uchun hayron qoldi. ― Nima ko’zing ko’rmi? @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun ― Yo’g’-ey, - u o’ziga kelguncha o’rnimdan sakrab turdim, ― darsga borish kerak, bo’lmasa kechikamiz, - u o’z xayollariga g’arq bo’lib jim ketdi. Darsda Jessika o’zida yo’q xursand edi. U Anjela va Loren bilan Port-Anjelesga borib ko’ylak tanlashmoqchi ekan, meni ham taklif etishdi. Men dadamdan ruxsat so’rayman deb mujmal javob berdim. Lorenning ham borishi ko’nglimni bir oz g’ash qildi. Shu kuni intizorlik bilan oshxonaga shoshildim. Lekin yuragimni qonga to’ldirib, Kallenlarning birortasi ham yo’q edi. Men umid bilan alangladim. Kunim zulmatga aylandi, yana chuqur umidsizlikka tushdim. Darslar ham, do’stlarimning gaplari ham qulog’imga kirmadi. Atrof bo’shab qolganga o’xshardi. Dugonalarimning taklifiga bir oz chalg’ish uchun ham rozi bo’ldim. Kun juda cho’zilib ketdi. Tezroq uyga borib yolg’iz g’am chekib yotgim kelardi. Lekin uyga kirib ulgurmasimdan Jessika telefon qildi. Do’kon aylanish bekor qilinibdi. Mayk uni uchrashuvga taklif qilganmish. Mayk nihoyat tushunibdi-da! Port-Anjelesga ertaga boramiz, dedi. Zerikmaslik uchun onamga xat yozdim. Keyin hovliga chiqib quyoshga toblanib yotib, issiq elitib uxlab qolibman. Bir payt dadamning mashinasini ovozi eshitildi. Ovqatim tayor emasligini eslab sakrab turdim. Ovqatim vaqtida tayyor bo’lmagani uchun dadamdan uzr so’radim va tezda ishga kirishdim. Ovqatdan keyin dadamdan qizlar bilan birga Port-Anjelesga borish uchun ruxsat so’radim. ― Darsga kech qolmaysizlarmi? - so’radi dadam. ― Darsdan keyin boramiz. Qizlar balga ko’ylak olishmoqchi. ― Sen balga bormayman deganding-ku. ― Qizlar ko’ylak tanlashib yuborasan deyishdi. - Sizga kechki ovqatni tayyorlab muzlatkichga qo’yib ketaman dedim. Dadam mehribonchiligimdan o’ng’aysizlandi. Ertasi kuni ham Edvard maktabga kelmadi. Loren biz bilan birga bormasligini aytganda xursand bo’ldim. Darsdan keyin Jessika bilan uyga kelib, tezda kiyimlarimizni almashtirdik va uning "Ford" mashinasida Anjelani olib Forksdan chiqib ketdik. Negadir shahardan chiqib ketishda o’z-o’zidan kayfiyatim ko’tarila boshladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling