Microsoft Word 49 marketing va uning asosiy vazifalari doc
Download 492.53 Kb.
|
49 MARKETING VA UNING ASOSIY VAZIFALARI
Marketing - bu qat'iy fanning va bozorda samarali faoliyat kơrsatishning mujassamlashishidir. Bu atama dastlab 1902 yilda AQShda paydo bơlgan, 20 yildan keyin esa bu atamadan jahonning kơpgina mamlakatlari foydalana boshladilar. Marketing (market) sơzi ingliz tilidan tarjima qilinganda “bozordagi faoliyat” ma'nosini anglatadi.
Marketing - murakkab, dinamik, kơp qirrali tushunchadir, bu esa marketingga tamoman universal tavsif berish mumkin emasligidan dalolatdir. Sơnggi yillarda chop etilgan marketingga doir adabiyotlarda marketingning juda kơp ta'riflari berilgan. Ulardan ba'zi birlarini keltirish lozim . Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta'rifini quyidagicha ifodalaydi: “Marketing - tovarlarni yaratish, taklif etish va ayriboshlash asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir”. Yangi tovarni yaratdim va ishlab chiqardim, bu yaratgan va ishlab chiqargan tovarlarim bozorga ơzi yơl topadi deb ơylaydigan korxona rahbarlari yangilishadilar. Albatta, kơpgina korxonalarning asosiy vazifalaridan biri samara beradigan yangi tovarlarni ishlab chiqarish hisoblanadi. Lekin, bu tovarlarni muvaffaqqiyat bilan bozorga siljitish ham muhim vazifalardan sanaladi. Bugungi kunda marketing tadbirkorlik sohasida ham ơz ơrnini topmoqda. 1.Bozor iqtisodiyoti sharoiti o’zgaruvchan, shunung uchun xizmat ko’rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarishda malakali marketologlar yordamida marketing tadqiqotlarini samarali tashkil qilish va o’tkazish, so’ngra iste’molchi talabiga ko’ra ish ko’rish muhim. Chunki talab qanchalik to’g’ri aniqlansa, natija ham shunga yarasha bo’ladi. Xizmat ko’rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarishda xorijiy kompaniyalar marketing faoliyatini o’rganib chiqib, katta yutuqlarga erishgan kompaniyalarning ish tajribasini bizni mamlakatimiz korxonalari faoliyatida qo’llash kerak. Xizmat ko’rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarishda yangi innovatsion texnologiyalarni ish jarayoniga tatbig’ qilish va unumli foydalanish kerak. Marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarishda bank o‘z maxsulot va xizmatlarini raqobatbardoshligini ta’minlashi, sifatini yaxshilashi kerak. Xizmat ko’rsatish tashkilotlarida marketingni samarali boshqarishda mahsulot reklamasining ahamiyati katta o’rin tutadi. Buning uchun reklama faoliyatini amalga oshirishda innovatsiyalardan, oxirgi fan-texnika yutuqlaridan to’laqonli foydalanish zarur. Ishimiz nihoyasida shuni yana bir bor ishonch bilan ta’kidlamoqchimizki, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda korxonalarini samarali boshqarsak nafaqat firma darajasidagi muvaffaqiyatni, balki butun jamiyatning rivojini ta’minlab beradi. Download 492.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling