Microsoft Word 92 Tarixshunoslik va manbashunoslik ÐflавРачов К. docx
Download 493.11 Kb. Pdf ko'rish
|
mirot ul-mamolik asari va unda navroz ahmadxon siyosiy faoliyatining yoritilishi (1)
«Mir’ot ul-mamolik» asari va unda Navro’z Ahmadxon siyosiy faoliyatining yoritilishi. «Mir’ot ul-mamolik» («Mamlakatlar ko’zgusi») XVI asrda o’tgan turk admirali Seydi Ali Rais asaridir. Muallifning to’liq ismi Seydi Ali Husayn o’g’li bo’lib, u she’rlarini Kotibiy Rumiy taxallusi bilan yozgan. Seydi Ali Rais keng ma’lumotli dengizchi bo’lib, turk sultonining Mag’rib dengizi, O’rta yer dengizida olib borgan barcha urushlarida, Xayruddin posho va Sinon posho rahbarligida ishtirok etgan. Ota-bobolari G’alatiyadagi “dorussaloxiyi omira” ya’ni, qurol-yarog’ omboriga boshchilik qilganlar. Uning xavf-xatarlar bilan to’la sarguzashtlari 1554 yilning fevral oyida Suriyaning Basra shahridan boshlanadi. Turli sarguzashtlarni boshdan kechirib, dengizchi o’z hamrohlari bilan Hindiston, Badaxshon, Movarounnahr, Xorazm, Dashti qipchoq, Xuroson va Iroqi Ajam (G’arbiy Eron)da bo’lgan. U o’z yurtiga 1556 yilda qaytib borguncha o’sha mamlakatlarda ko’rgan-bilganlarini bir kitobga jamlab uni «Mir’ot ul-mamolik» deb atadi 1 . «Mir’ot ul-mamolik» asari Turkiya, Hindiston, Afg’oniston, O’rta Osiyo va Eron mamlakatlarida XVI asrning o’rtalarida yuz bergan siyosiy vaziyat, o’zaro diplomatik, savdo va iqtisodiy munosabatlar masalasiga oid qimmatli tarixiy materiallarni o’zida mujassamlashtirgan asar hisoblanadi. Bu asarning yana bir zo’r ahamiyati shundaki, asarda ikki mustamlakachi mamlakat – Portugaliya bilan Turkiyaning XVI asarda Arabiston va ayniqsa Hindistonni o’z ta’sir doirasiga olish yo’lida olib borgan bosqinchilik siyosati haqida bir muncha muhim ma’lumotlar bor. «Mir’ot ul-mamolik» asari muallifi Seydi Ali Rais ko’p janglarda qatnashib shuhrat qozongan mashhur dengizchi, zabardast turk admirallaridan biri edi. Shu sababdan ham bu asarda muallifning ruhi dunyoqarashi sezilib turadi. «Mir’ot ul- mamolik» asari o’sha zamon O’rta Sharq feodal davlatlari hisoblangan Turkiya, Hindiston, Afg’oniston, O’rta Osiyo va Erondagi siyosiy vaziyatni yaxshi bilgan, o’zaro feodal kurashlari, o’rta asr dengiz floti, suv janglarining o’ziga xos tomonlari, quruqlikdagi harbiy feodal kuchlarining muvozanati, davlatlar o’rtasidagi diplomatik va harbiy munosabatlardan xabardor bo’lgan kishi tomonidan yozilganligi tufayli nihoyatda muhim asarlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari Seydi Ali Raisning o’z davrining mashhur geografi bo’lganligi asarning ahamiyatini yanada oshiradi 2 . «Mir’ot ul-mamolik» o’rta asr tarixi, etnografiyasi va geografiyasini organish nuqtai nazaridan ham qimmatli asardir. Mana shuning uchun ham Seydi Ali Rais va uning «Mir’ot ul-mamolik» asari rus va G’arbiy Yevropa sharqshunos olimlarining diqqatini bir necha bor o’ziga jalb qilgan. Bu asar dastlab Genrix Fridrix fon Diz tomonidan nemis tiliga tarjima qilinib, 1815 yili uning “Osiyo memuarlari”da bosilib chiqdi. So’ngra “Aziatik” jurnalida Morezning fransuz tiliga 1 Tarixiy manbashunoslikning dolzarb muammolari. (Tuzuvchilar: A.A. Madraimov.G.S. Fuzailova) T. TDPU, 2001. 58-bet. 2 Seydi Ali Rais. «Mir’ot ul-mamolik». Toshkent. 1993. 6-bet. qilgan tarjimasi ham bosildi 3 . Nihoyat, 1899 yili A.Vamberi uni ingliz tiliga tarjima qildi. Mir’ot ul-mamolik» matnini Ahmad Javdod toshbosma usuli bilan 1895 yili Istanbulda chop etgan. Asar Sh.Zunnunov tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilinib, 1963 yili Toshkentda nashr etilgan. Asarda muallifning ko’rgan-kechirganlari, o’zi bo’lgan mamlakatlarning XVI asr o’rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli va xalqi haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. Masalan, Seydi Ali Rais o’sha paytlarda Movarounnahrni egallab turgan Navro’z Ahmad Baroqxon va Shayboniylar bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlar haqida mana bu ma’lumotlarni keltiradi; «Samarqandi behishti monandga dohil bo’ldik. Bu yerda Navro’z Ahmadxon, ya’ni Baroqxon bilan ko’rishib, unga keltirgan faqirona tortig’imizni taqdim etdik. Xon bu faqirga bitta ot, bosh-oyoq sarupo marhamat qildi. Bundan avval saodatli podsho (Sulton Muhammad Fotih) shayx Abdullatif va Dodosh elchi orqali Baroqxonga bir miqdor miltiq otuvchilar va bir qancha qal’a to’plari yuborgan edi. Elchilar kelgan paytda Samarqand podshosi Abdullatifxon vafot etib, Baroqxon Samarqandda xonlik taxtiga o’tirgan, Balxda Pirmuhammadxon, Buxoroda esa sayyid Burxon sulton o’z nomlariga xutba o’qitganlar. Baroqxon shu ikki xonga qarshi biror chora ko’rishga qodir bo’lmasa-da, keyinroq ularning o’zaro nizolaridan foydalangan. Avval Samarqandni olgach, keyin Shahrisabzga borib u yerda ham ko’p urishgan. Bu urushda rumlik(turk)larning bir qancha boshliqlari o’lgan. Nihoyat, Shahrisabz uning qo’liga o’tgan. Yana u yerdan Buxoroga borib shaharni bir necha vaqt qamal qilgan. Buxoro xoni sayyid Burxon Baroqxonga bardosh berolmay, Qorako’lni Balx xoni Pirmuhammadga bergan. Pirmuhammadxon o’z inilarini yuborib, Qorako’lni qo’lga kiritgan. Oxiri sayyid Burxon dosh berolmay, Baroqxondan omonlik tilab, o’rtada sulh tuzilgan. Baroqxon Buxoroni yana sayyid Burxonga topshirib, o’zi Qorako’l ustiga yurgan. Pirmuhammadxonning inilari Baroqxondan omonlik tilab, Qorako’lni unga topshirganlar. Baroqxon uni ham sayyid Burxonga qaytarib, o’zi Samarqandga qaytgan... Baroqxonning yonida atigi 150 ga yaqin rumlik nayzaboz qolgan. Qolganlari uning o’g’illari yonida qolgan». («Mir’ot ul- mamolik», 101-102- betlar) 4 . Bu ma’lumotlar bizga shuni ma’lum qiladiki, Baroqxon feodal tarqoqlikni tugatib, Movarounnahr shaharlarini birlashtirgan va uni bir necha yil davomida boshqargan. Xo’sh, Navro’z Ahmadxon o’zi kim? Bo’riboy Ahmedovning “Tarixdan saboqlar” nomli asarida Baroqxon haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan. «Shayboniy Abulxayrxonning nevarasi Suyunchxojaxonning o’rtancha o’g’li Toshkent hokimi Tug’ilgan yili no’malum. Navruz Amadxon XVI asr o’rtalarida Buxoro xonligida kuchayib ketgan feodal kurashdan foydalanib Movarounnahrni qo’lga kiritib oldi. So’ngra qo’shin bilan Shayboniyxonning jiyani Muhammad Rahimni Buxoro ustiga otlantirdi. Lekin Muhammad Rahim yo’lda to’satdan vafot etdi. Uning O’g’li Burxon sulton otasiga qarashli harbiy qismlar va mulozimlari bilan Buxoro ostonasiga yetib keldi. Ayni shu vaqtning o’zida Baroqxon Toshkentdan, Abdullatifxon esa Samarqanddan 3 Seydi Ali Rais. «Mir’ot ul-mamolik». Toshkent. 1993. 6-bet. 3 Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari. T, “O’qituvchi” 2001. 305 bet. Buxoro ustiga qo’shin tortib oxir-oqibat uni egalladilar. Navruz Axmadxon Burxon Sultonni Buxoroni boshqarishda vaqtincha hukmdor bo’lib turgan Muhammadyor sultonga sherik qilib qo’ydi. Ittifoqchilar Burxon Sultonni ham o’zlariga qo’shib Miyonqol hukmdorlari Iskandarxon va Abdullaxonga qarshi yurish boshladilar. Abdullaxon Miyonqolni Baroqxonga qoldirib Balxga ketishga majbur bo’ldi va u yerdan amakisi Balx xoni Pirmuhammadxonning yordami bilan Baroqxonga qarshi uch marta qo’shin tortdi. Lekin har gal mag’lubiyatga uchradi. Baroqxon Abdullatifxon vafotidan keyin Samarqandni ham egalladi. Shunday qilib 1551-1556 yillari Baroqxon Movarounnahrni Navruz Axmadxon nomi bilan idora qildi. O’z nomidan pul zarb ettirdi. Movarounnahrning ko’pgina shaharlarida uning nomi xutbaga qo’shib o’qildi. Toshkentda madrasa qurdirdi. U Darg’om soyiga yaqin Raboti xoja degan joyda 1556 yilda to’satdan vafot etdi» 5 . Seydi Ali Raisning Kazvinda Eron podshosi shoh Tahmasp (1524-1576 yy.) bilan uchrashuvi haqida keltirgan ma’lumotlar o’sha yillari Turkiya Shayboniylar davlati va Eron o’rtasidagi munosabatlarini tushunishda juda muhimdir. Asarda xususan mana bularni o’qiymiz; «Shoh (Shoh Tahmasb) ning elchisi Sobit og’a Tabriz yo’li orqali podshoh hazratlari (Sulton Sulaymon soniy qonuniy, 1520-1566 yy.) huzuriga bizdan oldin jo’nab ketgan edi, shoh (shu sababdan) bir necha oygacha bizga ketishga ruxsat bermay, bir necha marta chaqirib, ko’p suhbatlashdi. Bir kun suhbat vaqtida «Rum diyoridan Baroqxonga yordam berish uchun 300 ta yanichar yuborilgan ekan»,- dedi. Men ular Baroqxonga yordam berish uchun emas, balki shayx Abdullatif hazratlarini qo’riqlab Rumga olib ketish uchun yuborilgan edi, chunki Ashtarxon (Astraxan) yo’lida xoja Ahmad Yassaviyning avlodlari Bobo shayxni cherkas shahid qilgani sababli, bu yo’llar yolg’iz yurishga xatarli hisoblanib qolgan edi. Agar yordam uchun yuborilganda, faqat 300 tagina emas, balki bir necha ming askar yuborilar edi»,-deb javob berdim.» («Mir’ot ul- mamolik», 122-bet). Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Seydi Ali Rais asarining tarixiy ahamiyati juda muhim. Bu asar faqat tarixiy, iqtisodiy, savdo va diplomatic munosabatlarnigina o’zida aks ettirmay, ko’pdan-ko’p geografik, etnografik ma’lumotlarga ham boydir. Shu bilan birga bu asar kemasozlikka oid muhim ma’lumotlardan ham holi emas. «Mir’ot ul-mamolik»da admiral va uning sheriklari bosib o’tgan mamlakat va shaharlar, ularning osori atiqalari haqida ham qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Seydi Ali Raisning bu muhim asari kamchiliklardan ham holi emas. Muallif Turkiya feodal davlatining eng yuqori zodagonlar tabaqasiga mansub shaxs edi. Shu sabasli u butun umrini davlat arboblari orasida, podshohlar huzurida o’tkazdi. U o’z kitobida O’rta va Yaqin Sharqdagi feodal davlatlarining ichki va tashqi siyosatlari, Ozaro munosabatlari, saroy hayoti, ayrim yirik davlat arboblarining dunyaqarashlari kabi masalalarga mufassal to’xtaydi. Lekin kitobning biron joyida ham Hindiston, Afg’oniston, Movarounnahr, Ozarbayjon, Eron va boshqa yerlardagi mehnatkash xalq hayotini ochib beradigan materiallarni uchratmaymiz. Albatta, bu narsalar uning fikridan yiroq, uning dunyoqarashiga zid bo’lgan 5 Bo’riboy Ahmedov. “Tarixdan saboqlar”.Toshkent. 1993. 403 bet. masalalar edi 6 . Sinfiy jamiyat sharoitida yozilgan har qanday asar mana shunday ruhda bo’lib, hukmron sinfning maqsad va manfaatlarini ifoda qilgan. Seydi Alining bu asari ham mana shu ramkadan chiqolmagan. Shunga qaramay, «Mir’ot ul-mamolik»o’rta asrning tarix, adabiyot, geografiya va etnografiya fani xazinasiga katta hissa qo’shgan asardir. 6 Seydi Ali Rais. «Mir’ot ul-mamolik». Toshkent. 1993. 36-bet. Download 493.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling