Microsoft Word 92 Tarixshunoslik va manbashunoslik ÐflавРачов К. docx


Download 493.11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.01.2023
Hajmi493.11 Kb.
#1121285
Bog'liq
mirot ul-mamolik asari va unda navroz ahmadxon siyosiy faoliyatining yoritilishi (1)



«Mir’ot ul-mamolik» asari va unda Navro’z Ahmadxon siyosiy 
faoliyatining yoritilishi.
«Mir’ot ul-mamolik» («Mamlakatlar ko’zgusi») XVI asrda o’tgan turk 
admirali Seydi Ali Rais asaridir. Muallifning to’liq ismi Seydi Ali Husayn o’g’li 
bo’lib, u she’rlarini Kotibiy Rumiy taxallusi bilan yozgan. 
Seydi Ali Rais keng ma’lumotli dengizchi bo’lib, turk sultonining Mag’rib 
dengizi, O’rta yer dengizida olib borgan barcha urushlarida, Xayruddin posho va 
Sinon posho rahbarligida ishtirok etgan. Ota-bobolari G’alatiyadagi “dorussaloxiyi 
omira” ya’ni, qurol-yarog’ omboriga boshchilik qilganlar. 
Uning xavf-xatarlar bilan to’la sarguzashtlari 1554 yilning fevral oyida 
Suriyaning Basra shahridan boshlanadi. Turli sarguzashtlarni boshdan kechirib, 
dengizchi o’z hamrohlari bilan Hindiston, Badaxshon, Movarounnahr, Xorazm, 
Dashti qipchoq, Xuroson va Iroqi Ajam (G’arbiy Eron)da bo’lgan. U o’z yurtiga 
1556 yilda qaytib borguncha o’sha mamlakatlarda ko’rgan-bilganlarini bir kitobga 
jamlab uni «Mir’ot ul-mamolik» deb atadi
1

«Mir’ot ul-mamolik» asari Turkiya, Hindiston, Afg’oniston, O’rta Osiyo va 
Eron mamlakatlarida XVI asrning o’rtalarida yuz bergan siyosiy vaziyat, o’zaro 
diplomatik, savdo va iqtisodiy munosabatlar masalasiga oid qimmatli tarixiy 
materiallarni o’zida mujassamlashtirgan asar hisoblanadi. Bu asarning yana bir 
zo’r ahamiyati shundaki, asarda ikki mustamlakachi mamlakat – Portugaliya bilan 
Turkiyaning XVI asarda Arabiston va ayniqsa Hindistonni o’z ta’sir doirasiga olish 
yo’lida olib borgan bosqinchilik siyosati haqida bir muncha muhim ma’lumotlar 
bor. «Mir’ot ul-mamolik» asari muallifi Seydi Ali Rais ko’p janglarda qatnashib 
shuhrat qozongan mashhur dengizchi, zabardast turk admirallaridan biri edi. Shu 
sababdan ham bu asarda muallifning ruhi dunyoqarashi sezilib turadi. «Mir’ot ul-
mamolik» asari o’sha zamon O’rta Sharq feodal davlatlari hisoblangan Turkiya, 
Hindiston, Afg’oniston, O’rta Osiyo va Erondagi siyosiy vaziyatni yaxshi bilgan, 
o’zaro feodal kurashlari, o’rta asr dengiz floti, suv janglarining o’ziga xos 
tomonlari, quruqlikdagi harbiy feodal kuchlarining muvozanati, davlatlar 
o’rtasidagi diplomatik va harbiy munosabatlardan xabardor bo’lgan kishi 
tomonidan yozilganligi tufayli nihoyatda muhim asarlardan biri hisoblanadi. 
Bundan tashqari Seydi Ali Raisning o’z davrining mashhur geografi bo’lganligi 
asarning ahamiyatini yanada oshiradi
2

«Mir’ot ul-mamolik» o’rta asr tarixi, etnografiyasi va geografiyasini organish 
nuqtai nazaridan ham qimmatli asardir. Mana shuning uchun ham Seydi Ali Rais 
va uning «Mir’ot ul-mamolik» asari rus va G’arbiy Yevropa sharqshunos 
olimlarining diqqatini bir necha bor o’ziga jalb qilgan. Bu asar dastlab Genrix 
Fridrix fon Diz tomonidan nemis tiliga tarjima qilinib, 1815 yili uning “Osiyo 
memuarlari”da bosilib chiqdi. So’ngra “Aziatik” jurnalida Morezning fransuz tiliga 
1
Tarixiy manbashunoslikning dolzarb muammolari. (Tuzuvchilar: A.A. Madraimov.G.S.
Fuzailova) T. TDPU, 2001. 58-bet.
2
Seydi Ali Rais. «Mir’ot ul-mamolik». Toshkent. 1993. 6-bet.


qilgan tarjimasi ham bosildi
3
. Nihoyat, 1899 yili A.Vamberi uni ingliz tiliga 
tarjima qildi. Mir’ot ul-mamolik» matnini Ahmad Javdod toshbosma usuli bilan 
1895 yili Istanbulda chop etgan. Asar Sh.Zunnunov tomonidan o’zbek tiliga 
tarjima qilinib, 1963 yili Toshkentda nashr etilgan. 
Asarda muallifning ko’rgan-kechirganlari, o’zi bo’lgan mamlakatlarning XVI 
asr o’rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli va xalqi haqida qimmatli ma’lumotlarni 
uchratamiz. 
Masalan, Seydi Ali Rais o’sha paytlarda Movarounnahrni egallab turgan 
Navro’z Ahmad Baroqxon va Shayboniylar bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlar 
haqida mana bu ma’lumotlarni keltiradi; «Samarqandi behishti monandga dohil 
bo’ldik. Bu yerda Navro’z Ahmadxon, ya’ni Baroqxon bilan ko’rishib, unga 
keltirgan faqirona tortig’imizni taqdim etdik. Xon bu faqirga bitta ot, bosh-oyoq 
sarupo marhamat qildi. Bundan avval saodatli podsho (Sulton Muhammad Fotih) 
shayx Abdullatif va Dodosh elchi orqali Baroqxonga bir miqdor miltiq otuvchilar 
va bir qancha qal’a to’plari yuborgan edi. Elchilar kelgan paytda Samarqand 
podshosi Abdullatifxon vafot etib, Baroqxon Samarqandda xonlik taxtiga o’tirgan, 
Balxda Pirmuhammadxon, Buxoroda esa sayyid Burxon sulton o’z nomlariga 
xutba o’qitganlar. Baroqxon shu ikki xonga qarshi biror chora ko’rishga qodir 
bo’lmasa-da, keyinroq ularning o’zaro nizolaridan foydalangan. Avval 
Samarqandni olgach, keyin Shahrisabzga borib u yerda ham ko’p urishgan. Bu 
urushda rumlik(turk)larning bir qancha boshliqlari o’lgan. Nihoyat, Shahrisabz 
uning qo’liga o’tgan. Yana u yerdan Buxoroga borib shaharni bir necha vaqt qamal 
qilgan. Buxoro xoni sayyid Burxon Baroqxonga bardosh berolmay, Qorako’lni 
Balx xoni Pirmuhammadga bergan. Pirmuhammadxon o’z inilarini yuborib, 
Qorako’lni qo’lga kiritgan. Oxiri sayyid Burxon dosh berolmay, Baroqxondan 
omonlik tilab, o’rtada sulh tuzilgan. Baroqxon Buxoroni yana sayyid Burxonga 
topshirib, o’zi Qorako’l ustiga yurgan. Pirmuhammadxonning inilari Baroqxondan 
omonlik tilab, Qorako’lni unga topshirganlar. Baroqxon uni ham sayyid Burxonga 
qaytarib, o’zi Samarqandga qaytgan... Baroqxonning yonida atigi 150 ga yaqin 
rumlik nayzaboz qolgan. Qolganlari uning o’g’illari yonida qolgan». («Mir’ot ul-
mamolik», 101-102- betlar)
4
. Bu ma’lumotlar bizga shuni ma’lum qiladiki
Baroqxon feodal tarqoqlikni tugatib, Movarounnahr shaharlarini birlashtirgan va 
uni bir necha yil davomida boshqargan. Xo’sh, Navro’z Ahmadxon o’zi kim? 
Bo’riboy Ahmedovning “Tarixdan saboqlar” nomli asarida Baroqxon haqida 
quyidagi ma’lumotlar berilgan. «Shayboniy Abulxayrxonning nevarasi 
Suyunchxojaxonning o’rtancha o’g’li Toshkent hokimi Tug’ilgan yili no’malum. 
Navruz Amadxon XVI asr o’rtalarida Buxoro xonligida kuchayib ketgan feodal 
kurashdan foydalanib Movarounnahrni qo’lga kiritib oldi. So’ngra qo’shin bilan 
Shayboniyxonning jiyani Muhammad Rahimni Buxoro ustiga otlantirdi. Lekin 
Muhammad Rahim yo’lda to’satdan vafot etdi. Uning O’g’li Burxon sulton otasiga 
qarashli harbiy qismlar va mulozimlari bilan Buxoro ostonasiga yetib keldi. Ayni 
shu vaqtning o’zida Baroqxon Toshkentdan, Abdullatifxon esa Samarqanddan 
3
Seydi Ali Rais. «Mir’ot ul-mamolik». Toshkent. 1993. 6-bet.
3
Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari. T, “O’qituvchi” 2001. 305 bet.


Buxoro ustiga qo’shin tortib oxir-oqibat uni egalladilar. Navruz Axmadxon
Burxon Sultonni Buxoroni boshqarishda vaqtincha hukmdor bo’lib turgan 
Muhammadyor sultonga sherik qilib qo’ydi. Ittifoqchilar Burxon Sultonni ham 
o’zlariga qo’shib Miyonqol hukmdorlari Iskandarxon va Abdullaxonga qarshi 
yurish boshladilar. Abdullaxon Miyonqolni Baroqxonga qoldirib Balxga ketishga 
majbur bo’ldi va u yerdan amakisi Balx xoni Pirmuhammadxonning yordami bilan
Baroqxonga qarshi uch marta qo’shin tortdi. Lekin har gal mag’lubiyatga uchradi. 
Baroqxon Abdullatifxon vafotidan keyin Samarqandni ham egalladi. Shunday qilib 
1551-1556 yillari Baroqxon Movarounnahrni Navruz Axmadxon nomi bilan idora 
qildi. O’z nomidan pul zarb ettirdi. Movarounnahrning ko’pgina shaharlarida uning 
nomi xutbaga qo’shib o’qildi. Toshkentda madrasa qurdirdi. U Darg’om soyiga 
yaqin Raboti xoja degan joyda 1556 yilda to’satdan vafot etdi»
5

Seydi Ali Raisning Kazvinda Eron podshosi shoh Tahmasp (1524-1576 yy.) 
bilan uchrashuvi haqida keltirgan ma’lumotlar o’sha yillari Turkiya Shayboniylar 
davlati va Eron o’rtasidagi munosabatlarini tushunishda juda muhimdir. Asarda 
xususan mana bularni o’qiymiz; «Shoh (Shoh Tahmasb) ning elchisi Sobit og’a 
Tabriz yo’li orqali podshoh hazratlari (Sulton Sulaymon soniy qonuniy, 1520-1566 
yy.) huzuriga bizdan oldin jo’nab ketgan edi, shoh (shu sababdan) bir necha 
oygacha bizga ketishga ruxsat bermay, bir necha marta chaqirib, ko’p suhbatlashdi. 
Bir kun suhbat vaqtida «Rum diyoridan Baroqxonga yordam berish uchun 300 ta 
yanichar yuborilgan ekan»,- dedi. Men ular Baroqxonga yordam berish uchun 
emas, balki shayx Abdullatif hazratlarini qo’riqlab Rumga olib ketish uchun 
yuborilgan edi, chunki Ashtarxon (Astraxan) yo’lida xoja Ahmad Yassaviyning 
avlodlari Bobo shayxni cherkas shahid qilgani sababli, bu yo’llar yolg’iz yurishga 
xatarli hisoblanib qolgan edi. Agar yordam uchun yuborilganda, faqat 300 tagina 
emas, balki bir necha ming askar yuborilar edi»,-deb javob berdim.» («Mir’ot ul-
mamolik», 122-bet). 
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Seydi Ali Rais asarining tarixiy ahamiyati 
juda muhim. Bu asar faqat tarixiy, iqtisodiy, savdo va diplomatic 
munosabatlarnigina o’zida aks ettirmay, ko’pdan-ko’p geografik, etnografik 
ma’lumotlarga ham boydir. Shu bilan birga bu asar kemasozlikka oid muhim 
ma’lumotlardan ham holi emas. «Mir’ot ul-mamolik»da admiral va uning 
sheriklari bosib o’tgan mamlakat va shaharlar, ularning osori atiqalari haqida ham 
qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. 
Seydi Ali Raisning bu muhim asari kamchiliklardan ham holi emas. Muallif 
Turkiya feodal davlatining eng yuqori zodagonlar tabaqasiga mansub shaxs edi. 
Shu sabasli u butun umrini davlat arboblari orasida, podshohlar huzurida o’tkazdi. 
U o’z kitobida O’rta va Yaqin Sharqdagi feodal davlatlarining ichki va tashqi 
siyosatlari, Ozaro munosabatlari, saroy hayoti, ayrim yirik davlat arboblarining 
dunyaqarashlari kabi masalalarga mufassal to’xtaydi. Lekin kitobning biron joyida 
ham Hindiston, Afg’oniston, Movarounnahr, Ozarbayjon, Eron va boshqa 
yerlardagi mehnatkash xalq hayotini ochib beradigan materiallarni uchratmaymiz. 
Albatta, bu narsalar uning fikridan yiroq, uning dunyoqarashiga zid bo’lgan 
5
Bo’riboy Ahmedov. “Tarixdan saboqlar”.Toshkent. 1993. 403 bet.


masalalar edi
6
. Sinfiy jamiyat sharoitida yozilgan har qanday asar mana shunday 
ruhda bo’lib, hukmron sinfning maqsad va manfaatlarini ifoda qilgan. Seydi 
Alining bu asari ham mana shu ramkadan chiqolmagan. Shunga qaramay, «Mir’ot 
ul-mamolik»o’rta asrning tarix, adabiyot, geografiya va etnografiya fani xazinasiga 
katta hissa qo’shgan asardir. 
6
Seydi Ali Rais. «Mir’ot ul-mamolik». Toshkent. 1993. 36-bet.

Download 493.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling