Microsoft Word А4 син ва узгар doc
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2-rasm. Induktiv yuklanish tavsifi 1.1-rasm. Salt ishlash tavsifi
Sinxron mashinalarning konstruksiyasiga oid umumiy ma’lumot Quyida kam quvvatli va yirik sinxron mashinalar konstruksiyalarining o‘ziga xos xususiyatlariga oid ma’lumot bilan tanishamiz. Ayon qutbli kam quvvatli elektromagnit qo‘zg‘atgichli sinxron mashinaning tuzilishi 1.3-rasmda ko‘rsatilgan. Bunda rotorga tegishli asosiy qismlar: val (12), unga mahkamlab joylashtirilgan ostov, ya’ni rotor yarmosi (11), bunga o‘rnatilgan magnit qutblar, ya’ni qutb o‘zagi va qutb uchligi (7), o‘zakning tashqarisida qo‘zg‘atish chulg‘ami (10), mashinani sovitgich – ventilyator (14) hamda mashinaning qo‘zg‘atgich tomoniga o‘rnatilgan kontakt halqalar (3)dan iborat. Katta quvvatli (yirik) sinxron mashina (SM)larning ayrim qismlariga juda katta mexanik va elektromagnit yuklamalar kuchli ta’sir qiladi. Yuklamasining jadalligi bo‘yicha bu mashinalar boshqa hamma elektr mashinalalaridan ustun turadilar. Shuning uchun ularda katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishi tufayli ularni jadallik bilan sovitish talab qilinadi. E 0 =f(i q ) i q E 0 U n i q0 b v E R U 1 =f(i q i q U 1 U n A 1.2-rasm. Induktiv yuklanish tavsifi 1.1-rasm. Salt ishlash tavsifi 6 Yirik sinxron mashinalar konstruksiyasiga ko‘ra turbogeneratorlar, gidrogeneratorlar, sinxron kompensatorlar va sinxron motorlarga bo‘linadi. Turbogeneratorlarning rotorlari (1.4,b-rasm) oliy sifatli, bolg‘alanib yasalgan, yaxlit (ya’ni quyma) po‘latdan yasaladi; 1.4,c- rasmda noayon qutbli sinxron generator rotori (shu jumladan, qo‘zg‘atish chulg‘amining ko‘ndalang kesimi ko‘rsatilgan. Eng katta quvvatli turbogenerator rotorining diametri (aylanish chastotasi n=3000 ayl/min bo‘lganda) markazdan qochirma kuchlarni cheklash maqsadida d r =1,21,25 m. dan oshmasligi, rotor tanasining uzunligi esa, valning egilishini cheklash maqsadida l r =77,5 m. dan oshmasligi kerak. Rotor (ya’ni qo‘zg‘atish) chulg‘amining tayyorlanishi sovitish sistemasiga bog‘liq bo‘ladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ichki sovitish sistemasida chulg‘am o‘tkazgichlarining ichida sovitish kanallari bo‘lib, ulardan vodorod yoki distillangan suv o‘tib issiqlik aktiv zonadan sovitish sistemasiga uzatiladi. Issiqlik elektr stansiyalarida turbogeneratorlar o‘rnatilgan bo‘ladi va ular n=3000 ayl/min (2p=2) aylanish chastota bilan ishlagani uchun Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling