Microsoft Word А4 син ва узгар doc
Zamonaviy sinxron motorlarni
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Salt ishlash xarakteristikasi
Zamonaviy sinxron motorlarni qo‘zg‘atish uchun o‘zgaruvchan tok
tarmog‘iga ulanadigan va motorning har turli rejimlarida qo‘zg‘atish tokini avtomatik boshqarishni amalga oshiradigan tiristorli qo‘zg‘atgich qurilmalari qo‘llaniladi. Bunday qo‘zg‘atish usuli eng ishonchli va tejamlidir, chunki tiristorli qo‘zg‘atgich qurilmalarining FIK o‘zgarmas tok generatorlarnikidan yuqoridir. Sinxron motorlarning zamonaviy seriyalarida TE-320/48 (qo‘zg‘atish kuchlanishi U qo‘z = 48 V) va TE8-320/75 (qo‘zg‘atish kuchlanishi U qo‘z =75 V) tipli tiristorli qo‘zg‘atgich qurilmalari keng qo‘llaniladi. Qo‘zg‘atishga sarflanadigan quvvat, odatda, mashina foydali quvvatining 0,2 5% ni tashkil qiladi (kam qiymatlar katta quvvatli mashinalarga oid). Quvvati bir necha kW gacha bo‘lgan sinxron mashinalarda qo‘zg‘atishni doimiy magnit yordamida amalga oshiriladi (bu holda qo‘zg‘atish chulg‘ami bo‘lmaydi). Salt ishlash xarakteristikasi (SIX). Bu xarakteristika stator toki I 1 0 va rotor aylanish chastotasi n = n N = const bo‘lganda SG ning chiqish klemmalaridagi kuchlanishi yoki EYK E 0 ning qo‘zg‘atish toki I qo‘z ga bog‘liq holda o‘zgarishini ko‘rsatadi, ya’ni E 0 = f (I qo‘z ). SG larning SIX hamda boshqa xarakteristikalarini nisbiy birliklarda qurish o‘ng‘aydir. Buning uchun kuchlanishning absolyut qiymati U 0 =E 0 ni salt ishlashdagi nominal kuchlanish U 0 = U 1N ga, qo‘zg‘atish tokining absolyut qiymatini esa salt ishlashda nominal kuchlanish U 1N ga to‘g‘ri kelgan qiymati I qo‘z.N ga bo‘lib aniqlangan nisbiy biriliklardagi qiymatlari (U 1* va I qo‘z* ) asosida SIX, ya’ni U 1* = f (I qo‘z* ) quriladi (1.7 - rasm, 1). I qo‘z* =0 bo‘lganda qutbning magnit o‘zagidagi kam miqdordagi qoldiq magnit oqim (Ф qol =0,2 0,3Ф 0N ) tufayli as=E qol vujudga keladi. Qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokning qiymati kichik bo‘lganda asosiy magnit oqimi kam bo‘lib, mashinaning magnit zanjiri to‘yinmagan bo‘ladi. Shu sababli SIX ning boshlang‘ich (sd) qismi to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishda bo‘ladi. Qo‘zg‘atish toki ortib borgan sari magnit oqimi ortadi va 13 mashinaning magnit zanjiri to‘yina boradi. Bu holda SIX lar o‘qiga og‘gan ko‘rinishda o‘sib, magnit zanjiri to‘la to‘yinganda esa bu xarakteristika yana taxminan to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishga ega bo‘ladi. SG ning nominal rejimi SIX egilgan qismining taxminan o‘rtasiga to‘g‘ri keladi (1.7-rasm, 1 da «с» nuqta). Bu xarakteristika yordamida SG ning magnit zanjiri to‘yinish darajasini aniqlash mumkin. Buning uchun SIX ning to‘g‘ri chiziq (magnit zanjir to‘yinmagan holdagi) qismi davom qildiriladi (1.7 - rasm, 2) va aсab k to‘yinish koeffitsienti topiladi. Bu koeffitsient sinxron mashinalarda k 1,11,4 ga teng bo‘ladi. Odatda, nisbiy birliklarda ifodalangan SG larning SIX lari bir-biridan kam farq qiladi va ularning o‘rtacha qiymatiga mos keladigan xarakteristikani normal salt ishlash xarakteristika deyiladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling