Microsoft Word А4 син ва узгар doc
-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rostlash xarakteristikasi.
6.6-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok
gеnеratorining tashqi (a) va rostlash (b) xaraktеristikalari * * * * 49 bunda U N – yakor toki I a I N bo‘lganda generator chiqish klemmalaridagi nominal kuchlanish. Kompensatsion chulg‘ami bo‘lmagan o‘rta quvvatli mashinalarda kuchlanishning oshishi, odatda (510) foizni tashkil qiladi. Rostlash xarakteristikasi. Yakorning aylanish chastotasi n N const va yakorning kuchlanishi U N const bo‘lganida I qoz f (I a ) bog‘liqlik – generatorning rostlash xarakteristikasini ifodalaydi. Bu xarakteristikani, yuklama tokini kamaytirib olingan hol uchun ko‘rib chiqamiz. (1) formulaga asosan, agar qo‘zg‘atish toki I qoz ning qiymatini o‘zgartirmay qoldirilsa, yuklama toki I a ning kamayishi tufayli yakor reaksiyasining kuchsizlanishi va I a R a ning kamayishi sababli, generatorning chiqish klemmalaridagi kuchlanish miqdori oshadi. Lekin, shartga ko‘ra, U a U N const bo‘lishi kerak, shu maqsadda, rostlash xarakteristikasini olayotgan paytda qo‘zg‘atish toki I qoz ni kamaytirib borish lozim bo‘ladi (6,b-rasm). Tajribada rostlash xarakteristikasining ikkita shoxobchasini, ya’ni yuklama toki I a ni 0 I a I N oraliqda tobora oshirib (1-shoxobcha), so‘ngra, tok I a ni I N qiymatidan asta-sekin 0 gacha kamaytirib (2- shoxobcha) olinadi. Bunda 1-shoxobcha ikkinchiga nisbatan yuqorida joylashadi. Bunga sabab: 1-shoxobchani olishda yuklama toki I a ning qiymati I N gacha oshganda bir vaqtning o‘zida qo‘zg‘atish toki I qoz ham oshiriladi. Bu esa, magnit zanjirining po‘lat qismlarida Ф qol ning nisbatan ko‘payishiga olib keladi, natijada xarakteristikaning 2-shoxobchasini olganda U a U N const bo‘lishi uchun kamroq qo‘zg‘atish magnit oqimi (demak, kamroq qo‘zg‘atish toki) talab qilinadi. Bu ikkala shoxobchaning o‘rtasidan o‘tkazilgan punktir chiziq rostlash xarakteristikasi uchun qabul qilinadi (6.6,b-rasm). Shuni ta’kidlash kerakki, rostlash xarakteristikasi, yuklama tokini o‘zgartirganda generatorning kuchlanishini o‘zgartirmay saqlab turish maqsadida, qo‘zg‘atish tokini rostlash qonuniyatini ifodalaydi. Masalan, yuklama tokini oshirganda generator kuchlanishining nominal qiymati U N ga nisbatan kamayishini bartaraf etish, ya’ni kuchlanishni U N const qilib saqlash uchun qo‘zg‘atish toki I qoz ni bir oz oshirish kerak bo‘ladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling