Microsoft Word А4 син ва узгар doc


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/53
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1472500
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
Ishlash prinsipi. O‘TM larining ishlashi «magnit maydoniga joy-
lashtirilgan tokli o‘tkazgich orasida o‘zaro ta’sir kuchi vujudga kelishi»ga 
asoslangan. Bu hodisaning asosida quyidagi kashfiyotlar: «tokli 
o‘tkazgich ning magnit strelkasiga ta’siri» (Ersted); «tokning magnit 
qutbiga ta’siri» (Bio va Savar) va Amperning «Elektrodinamik xodisalar 
nazariyasi» yotadi. 
Agar O‘T mashinasi O‘T energiya manbaiga ulansa, mashinaninng 
qo‘zg‘atish chulg‘amidan va yakor chulg‘amidan toklar o‘tadi. Yakor toki 
qo‘zg‘atish maydoni (asosiy maydon) bilan ta’sirlashib yakor valida 
elektromagnit moment M ni hosil qiladi. Lekin bu moment generatordagi 
singari tormozlovchi emas, balki aylantiruvchi bo‘ladi va uning ta’sirida 
mashina yakori aylana boshlaydi. Bu holda mashina, tarmoqdan elektr 
energiyani olib, motor sifatida ishlaydi va uni mexanik energiyaga 
aylantiradi.
O‘T mashinasi generator sifatida ishlaganida kollektor va cho‘tkalar 
to‘g‘rilagich vazifasini bajaradi. Motor rejimida ishlaganida esa, kollektor 
va 
uning 
sirtiga 
tegib 
turuvchi 
cho‘tkalarni, 
o‘tkazgichlaridan 
o‘zgaruvchan tok o‘tuvchi yakor chulg‘amini O‘T tarmog‘i bilan 
bog‘lovchi, chastota o‘zgartirgich, deb qarash mumkin. 
Qutblarning berilgan qutbiyligi (ishorasi)da va yakor aylanishining 
ma’lum yo‘nalishida yakor chulg‘amidagi EYK ning yo‘nalishi generator 
va motor rejimlarida ishlaganida bir xil bo‘lib, yakor chulg‘ami tokining 
yo‘nalishi har xil bo‘ladi. Shu sababdan O‘TM yakorining magnit maydoni 


61 
generator rejimdagiga nisbatan yo‘nalishi teskari bo‘lib, yakor reaksiyasi 
ham teskari ta’sir qiladi, ya’ni: 
 
 
 
 
 
 
7.4-rasm. Umumiy maqsadli P seriyaga mansub bo‘lgan o‘zgarmas 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling