Microsoft Word А4 син ва узгар doc
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
tok motori:
1 – ventilyator; 2 – yakor chulg‘ami; 3 – kompensatsion chulg‘am; 4 – bosh qutb qo‘zg‘atish chulg‘amining g‘altag‘i; 5 – bosh qutb o‘zagi; 6 – yakorning po‘lat o‘zagi; 7– stanina (tana gardishi); 8–kollektor plastinasi; 9 – cho‘tka tutqich; 10 – cho‘tkalar; 11, 11 – oldingi va orqa tomondagi podshipnikli qalqonlar; 12 – val; 13, 14 – sharikli (kollektor tomondagi) va rolikli (orqa tomondagi) podshipniklar; 15–qo‘shimcha qutb qo‘zg‘atish chulg‘amining g‘altag‘i; 16 – qo‘shimcha qutb o‘zagi; 17 – ventilyatsion kanallar; 18 – qisqich 1) cho‘tkalar geometrik neytralda bo‘lganida ko‘ndalang yakor reaksiyasi asosiy magnit maydonini qutb o‘qidan o‘ng tomonida susaytiradi, uning chap tomonida esa, kuchaytiradi; 2) cho‘tkalar yakor aylanishi tomonga siljigan bo‘lsa, yakorning bo‘ylama magnit yurituvchi kuchi (MYK) ham vujudga keladi, agar cho‘tkalar teskari tomonga siljigan bo‘lsa, bu MYK bo‘ylama magnitsizlovchi ta’sir qiladi. Odatda, O‘TMda cho‘tkalarni yakor aylanishiga teskari tomonga siljitiladi, bu holda MYK magnitsizlovchi ta’sir qilib, yakor aylanish chastotasini o‘zgartiradi. O‘TM larining ish jarayoni: ishga tushirish, ish, mexanik, rostlash va tormozlash xarakteristikalaridan iborat bo‘ladi. Ish jarayonining asosiy tenglamalari. O‘TM larining istalgan rejimdagi ishini momentlarining va elektr yurituvchi kuchlarining muvozanat tenglamalari belgilaydi. O‘TM da asosiy maydon va yakor chulg‘amining tokli o‘tkazgichlari o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘ladigan elektromagnit moment M em 62 yakorni aylanma harakatga keltiradi va shu sababli, uni aylantiruvi moment deyiladi. Uning kattaligi quyidagi ifodadan aniqlanadi: M=NpФI a /(2a)=C M ФI a (7.1) bu yerda: N, a − tegishlicha yakor chulg‘amining o‘tkazgichlari va parallel shoxobchalari sonlari; p – mashinaning juft qutblari soni; C m = p∙N/(2 a) − berilgan mashinaning konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarmas kattalik; Ф – mashinaning natijaviy magnit oqimi. O‘TM momentlarining muvozanat tenglamasi quyidagicha yoziladi: M = M 0 + M 2 ± M D , (7.2) bunda M D = J∙d /dt − dinamik moment. Bu momentning «musbat» ishorasi – rotor tezlanishda bo‘lganida va «manfiy» ishorasi esa rotor aylanishi sekinlashganda qabul qilinadi. (7.2) tenglamadan: O‘TMning istalgan rejimdagi ishida uning aylantiruvchi (M em ) va tormozlovchi (M t ) momentlari miqdor jihatdan o‘zaro teng va yo‘nalishi jihatdan qarama-qarshidir, degan xulosa kelib chiqadi. Barqarorlashgan ish rejimda O‘TM n=const aylanish chastota bilan ishlaydi, demak, bu rejimda M D =0, shuning uchun (2) ifoda quyidagicha yoziladi: M=M 0 +M 2 (7.3) O‘TMning yakori magnit maydonda aylanganida yakor chulg‘ami o‘tkazgichlarida, elektromagnit induksiya qonuniga muvofiq, EYK vujudga keladi. Uning qiymati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: E a =C E Ф∙n, (7.4) bunda С E = p∙N / (60a) – berilgan mashina uchun o‘zgarmas bo‘lgan kattalik; n − yakorning aylanish chastotasi. Bu EYK ning yo‘nalishi yakor chulg‘ami toki yo‘nalishiga qarama- qarshi bo‘ladi, demak, yakor zanjiri uchlariga berilgan kuchlanish U ga ham teskari yo‘nalgan bo‘ladi. Shu sababli O‘TM yakor chulg‘amining EYK (−E a ) − teskari EYK deyiladi. O‘TM EYK larining muvozanat tenglamasi quyidagicha yoziladi: a)umumiy hol uchun: U=e a +i a R a +L a di a /dt; (7.5) b) barqaror ish rejimi uchun: U=E a +I a R a , (7.6) bunda e a va i a – yakor chulg‘ami EYK va toklarining oniy qiymatlari; R a − yakor zanjirining to‘la qarshiligi; L a di a / dt = 0; E a − teskari EYK (−E a ) ni muvozanatlaydigan kuchlanishning tashkil etuvchisi; barqaror rejimda tok I a ham miqdor jihatdan o‘zgarmasdir. (7.6) dan yakor tokining qiymatini topamiz: 63 I a =(U−E a )/R a (7.7) (7.7) tenglama O‘TM ishini xarakterlovchi nihoyatda muhim tenglama hisoblanadi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling