14-маввзу. O‘zgarmas tok dvigatellari


Download 180.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi180.43 Kb.
#1498992
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-мавзу



14-маввзу. O‘zgarmas tok dvigatellari 
5.3.1. O‘zgarmas tok dvigatelining tuzilishi va ishlash printsipi 
O’zgarmas tok dvigatelning tuzilishi generatornikidan farq qilmaydi, ya’ni 
qo’zg’almas qismi – stator: stanina, bosh va qo’shimcha qutblar, qo’zg’atish 
chulg’ami, cho’tkalari, podshipnik qalqonlari va boshqa yordamchi qismlardan 
iborat (5.3.1-rasm). 
Asosiy qutblar mashinaning asosiy magnit oqimini hosil qiladi. Qo’shimcha 
qutblar esa mashinaning cho’tkalari joylashgan o’qi, ya’ni geometrik neytral 
ko’ndalang o’qi bo’yicha yuklama tokiga proportsional ravishda o’zgaradigan 
magnit maydonini hosil qilib, cho’tkalarning kommutatsiyani yaxshilaydi. 
Aylanadigan qismi - yakor: yakor chulg’ami, kollektor, ventilyator, 
podshipnik, val va boshqa yordamchi qismlardan iborat (5.3.1-rasm). 
Yakorning o’zagi uyurma toklar tufayli hosil bo’ladigan isroflarni 
kamayatirish maqsadida qalinligi 0,5 mm bo’lgan elektrotexnik po’lat listlardan 
yig’iladi.
O’zgarmas tok dvigatellarining ishlash printsipi magnit maydoniga 
joylashtirilgan tokli o’tkazgich orasida o’zaro ta’sir kuchi vujudga kelishiga 
asoslangan.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5.3.1-rasm O’zgarmas tok dvigateli: 
1 – yakor; 2-qutb o’zagi; 3 – qutb chulg’ami; 4 – stator;


Agar o’zgarmas tok mashinasi o’zgarmas tok energiya manbaiga ulansa, 
mashinaninng qo’zg’atish chulg’amidan va yakor chulg’amidan toklar o’tadi. 
Yakor toki asosiy maydon bilan ta’sirlashib yakor valida aylantiruvchi 
elektromagnit moment 
hosil bo’ladiva mashina dvigatel sifatida ishlaydi, ya’ni 
tarmoqdan elektr energiyani olib uni mexanik energiyaga aylantiradi.
O’zgarmas tok mashinasi generator rejimida ishlaganida kollektor va 
cho’tkalar to’g’rilagich vazifasini bajaradi. Dvigatel sifatida ishlaganida esa, 
kollektor va uning sirtiga tegib turuvchi cho’tkalarni, o’tkazgichlaridan 
o’zgaruvchan tok o’tuvchi yakor chulg’amini o’zgarmas tok tarmog’i bilan 
bog’lovchi chastota o’zgartirgich vazifasini bajaradi. 
Qutblarning berilgan ishorasida va yakor aylanishining ma’lum yo’nalishida 
yakor chulg’amidagi EYUK ning yo’nalishi generator va dvigatel rejimlarida 
ishlaganida bir xil bo’lib, yakor chulg’ami tokining yo’nalishi har xil bo’ladi. SHu 
sababdan o’zgarmas tok dvigatel yakorining magnit maydoni generator 
rejimdagiga nisbatan yo’nalishi teskari bo’lib, yakor reaktsiyasi ham teskari ta’sir 
qiladi, ya’ni: 
1) cho’tkalar geometrik neytralda bo’lganida ko’ndalang yakor reaktsiyasi 
asosiy magnit maydonini qutb o’qidan o’ng tomonida susaytiradi, uning chap 
tomonida esa, kuchaytiradi; 
2) cho’tkalar yakor aylanishi tomonga siljigan bo’lsa, yakorning bo’ylama 
magnit yurituvchi kuchi ham vujudga keladi, agar cho’tkalar teskari tomonga 
siljigan bo’lsa, bu magnit yurituvchi kuchi bo’ylama magnitsizlovchi ta’sir qiladi. 
Odatda, o’zgarmas tok mashinasida cho’tkalarni yakor aylanishiga teskari tomonga 
siljitiladi, bu holda magnit yurituvchi kuchi magnitsizlovchi ta’sir qilib, yakor 
aylanish chastotasini o’zgartiradi. 

O’zgarmas tok dvigatellarining istalgan rejimdagi ishini momentlarining va 
EYUKlarining muvozanat tenglamalari belgilaydi.
O’zgarmas tok dvigatelda asosiy maydon va yakor chulg’amining tokli 
o’tkazgichlari o’zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo’ladigan elektromagnit 


moment 
yakorni aylanma harakatga keltiradi va uni aylantiruvi moment 
deyiladi. Uning kattaligi quyidagi ifodadan aniqlanadi: 
 
(5.3.1) 
bu yerda: 
, − tegishlicha yakor chulg’amining o’tkazgichlari va parallel 
shoxobchalari sonlari; 
– mashinaning juft qutblar soni; 

− berilgan mashinaning konstruktsiyasiga bog’liq bo’lgan 
o’zgarmas kattalik; 
– mashinaning natijaviy magnit oqimi. 
O’zgarmas tok dvigatel momentlarining muvozanat tenglamasi quyidagicha 
yoziladi:
, (5.3.2) 
bunda 

− dinamik moment. Bu momentning «+» ishorasi – 
rotor tezlanishda bo’lganida va «-» ishorasi esa rotor aylanishi sekinlashganda 
qabul qilinadi. 
(5.3.2) tenglamadan o’zgarmas tok dvigatelning istalgan rejimdagi ishida 
uning aylantiruvchi 
va tormozlovchi 
momentlari miqdor jihatdan o’zaro 
teng va yo’nalishi jihatdan qarama-qarshidir, degan xulosa kelib chiqadi.
Barqarorlashgan ish rejimda o’zgarmas tok dvigatel
aylanish 
chastota bilan ishlaydi, demak, bu rejimda 
, shuning uchun (5.3.2) ifoda 
quyidagicha yoziladi: 
(5.3.3) 
O’zgarmas tok dvigatelning yakori magnit maydonda aylanganida yakor 
chulg’ami o’tkazgichlarida, elektromagnit induktsiya qonuniga muvofiq, EYUK 
vujudga keladi. Uning qiymati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 
, (5.3.4) 
bunda 
– berilgan mashina uchun o’zgarmas bo’lgan 
kattalik; 
− yakorning aylanish chastotasi. 
Bu EYUK ning yo’nalishi yakor chulg’ami toki yo’nalishiga qarama-qarshi 
bo’ladi, demak, yakor zanjiri uchlariga berilgan kuchlanish 
ga ham teskari 
yo’nalgan bo’ladi. Shuning ucnuno’zgarmas tok dvigatel yakor chulg’amining 
EYUK

Download 180.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling