14-маввзу. O‘zgarmas tok dvigatellari
Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatelning ish xarakteristikalari
Download 180.43 Kb. Pdf ko'rish
|
14-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.3.4-rasm. Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatelning ish xarakteristikalari
Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatelning ish xarakteristikalari.
bo’lganda foydali quvvat ga emas yakor toki I a ga nisbatan bog’liqlik grafigida , , va tasvirlash qulay hisoblanadi. Bu ikkala bog’liqlik o’rtasida farq oz, chunki bo’lganda taxminan tok ga proportsionaldir. Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatelda qo’zg’atish toki yakor tokiga teng va u bilan bir vaqtda o’zgaradi. Qo’zg’atish tokining valdagi yuklamaga nisbatan proportsional ravishda o’zgarishi o’zgarmas tok dvigatel ish xarakteristikalarining parallel qo’zg’atishli dvigatel ish xarakteristikalaridan keskin farq qilishiga sababchi bo’ladi (5.3.4-rasm). Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatel validagi yuklamaning ortishi bilan qo’zg’atish toki ham ortadi, hamda o’zgarmas tok dvigatelning asosiy magnit oqimi ham mashina magnitlanish egri chizig’i bo’yicha ko’payadi. Demak, ketma-ket qo’zg’atishli dvigatelning aylanish chastotasi yuklama ortishi bilan tezda pasayadi. bo’lgandagi bog’liqlik tezlik xarakteristikasini ifodalaydi. (5.3.20) tenglamaga asosan ketma-ket qo’zg’atishli dvigatel aylanish chastotasining o’zgarishi asosiy magnit oqimining o’zgarishiga, yakor zanjirida kuchlanish pasayishiga va yakor reaktsiyasiga bog’liq bo’ladi. Agar ketma-ket qo’zg’atishli dvigatelning magnit zanjiri to’yinmagan tokning qiymatlarida bo’lsa, magnit oqimi tokka proportsional ravishda o’zgaradi va quyidagicha yoziladi: . (5.3.22) 5.3.4-rasm. Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatelning ish xarakteristikalari Bunda o’zgarmas tok dvigatellarining aylanish chastotasi yuklama toki ga teskari proportsional bo’lib, tok kamaygan sari yuklama toki oshadi va o’zgarish xarakteri giperbola ko’rinishida bo’ladi (5.3.4-rasm). Teskari EYUK lar muvozanat tenglamasi (5.3.16) ga asosan, kuchlanishni qilish uchun, magnit oqimi ning kamayishida o’zgarmas tok dvigatel aylanish chastotasining oshishi lozim bo’ladi. O’zgarmas tok dvigatel aylanish chastotasining haddan tashqari ko’payishiga, mexanik sabablarga ko’ra yo’l qo’yib bo’lmaydi. Shuning uchun, umumiy maqsadli ketma-ket qo’zg’atishli dvigatellarni salt ishlash rejimda ishga tushirish yoki normal ishlayotganida yuklamani nominalga nisbatan 25 % dan kamaytirish mumkin emas. Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatelning salt ishlashi ro’y bermasligi uchun uning aylanma harakatini tasma vositasi orqali uzatishga yo’l qo’ymasdan, balki yuk mexanizmi bilan qattiq birlashtirilib qo’yiladi. Agar tahlilni soddalashtirish maqsadida ni e’tiborga olmasa, u holda (5.3.14) va (5.3.12) ifodalarga asosan quyidagiga ega bo’lamiz: (5.3.23) Magnit zanjiri to’yinmagan o’zgarmas tok dvigatelda magnit oqimi qo’zg’atish toki ga to’g’ri proportsionalda bo’lganligidan, (5.3.22) tenglamani hisobga olgan holda momentning ifodasi quyidagicha yoziladi: (5.3.24) Momentning bu ifodalanishida egri chizig’ining parabola ko’rinishida bo’ladi. Odatda, valdagi yuklamaning oshishi bilan magnit zanjiri to’yinib, magnit oqimi bo’ladi. Bu holda ketma-ket qo’zg’atishli dvigatel uchun momentni quyidagicha yozamiz: (5.3.25) bu yerda − o’zgarmas kattalik. Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatel momentining ortishi yuklama tokining kvadratiga to’g’ri proportsional bo’lishi juda katta ahamiyatga ega. Bu ayniqsa, katta qiymatli ishga tushirish momenti talab qilinadigan mexanizmlarda (kranlar, metro, tramvay, trolleybus, avtomobillardagi starter va elektrovozlar, shuningdek o’zgarmas tok dvigatel o’ta yuklanish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak bo’lgan hollarda) muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Ma’lumki, foydali quvvat quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: (5.3.26) Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatelning validagi yuklamasi dan gacha bo’lgan oraliqda o’zgarganida FIK ning o’zgarishi kam bo’ladi. Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatelda mexanik va magnit isroflar yig’indisi valdagi yuklamaga deyarli bog’liq bo’lmaydi. Ya’ni tok ning oshishi bilan magnit oqimi oshadi, bu esa aylanish chastotasi kamayishiga olib keladi. Natijada mexanik va magnit isroflar yig’indisi kam o’zgaradi. SHu sababdan ketma-ket qo’zg’atishli dvigatelda FIK o’zining maksimal qiymatiga, xuddi parallel qo’zg’atishli dvigatellardagi singari, salt ishlash isroflari elektr isroflariga teng bo’lganda erishadi. Ma’lumki, ish xarakteristikalari kuchlanishning qiymatida olinadi, shuning uchun o’zgarmas tok dvigatelga berilayotgan quvvat yuklama toki ga proportsional ravishda o’zgaradi. Demak, bog’liqlik boshqa masshtabda tokning o’zgarishi ni ko’rsatadi. Download 180.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling