14-маввзу. O‘zgarmas tok dvigatellari


 O’zgarmas tok dvigatellarini ishga tushirish


Download 180.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi180.43 Kb.
#1498992
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-мавзу

5.3.3. O’zgarmas tok dvigatellarini ishga tushirish 
Ishga tushirish jarayoni ishga tushirish tokining karrali 
, ishga 
tushirish momentining karrali 
, ishga tushirish jarayonining ravonligi, 
ishga tushirish davri 
, ishga tushirish uskunalarining tannarxi va energiya 
sarflari bilan bilan xarakterlanadi.
O’zgarmas tok dvigatellarini ishga tushirish usullariga quyidagi kiradi: 


1. Bevosita ishga tushirish - bu yakor chulg’ami to’g’ridan-to’g’ri, ya’ni 
reostatsiz elektr tarmog’iga ulab ishga tushiriladi. 
2. Reostatli ishga tushirish - bu tokning qiymatini cheklash maqsadida yakor 
zanjiriga ketma-ket qilib maxsus ishga tushirish reostati yoki qo’shimcha qarshilik 
ulab ishga tushiriladi. 
3. Maxsus ishga tushirish agregati yordamida ishga tushirish. 
O’zgarmas tok dvigatelni bevosita ishga tushirish. Dastlabki paytda 
dvigatelning aylanish chastotasi 
bo’lganligidan, yakor chulg’ami EYUK
bo’lib, yakor chulg’amining toki quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 
(5.3.17) 
Yakor zanjiri qarshiligi 
ning qiymati kichik bo’lganligidan ishga tushirish 
toki nominal tokka nisbatan 10

20 marta katta bo’lib, mashina kollektorida kuchli 
uchqun chiqishiga olib keladi va zarba moment hosil bo’ladi. Bu xol o’zgarmas tok 
dvigatel ulangan tarmoq uchun ham, dvigatelning valiga ulangan mexanizm uchun 
ham zararlidir. Shuning ucnuno’zgarmas tok dvigatelni bevosita ishga tushirish 
usuli faqat kam quvvatli elektr dvigatellarida qo’llaniladi, chunki bunday elektr 
mashinalarida yakor chulg’ami qarshiligi 
ning qiymati nisbatan katta bo’ladi.
Hozirgi vaqtda ishga tushirish toki nominal tokdan 6

8 marta oshganda ham, 
quvvati 6 kVt gacha bo’lgan o’zgarmas tok dvigatellarini reostatsiz ishga tushirish 
mumkin. Bunda aylanish chastotani oshirish jarayoni yakor zanjiriga bir nechta 
kuchlanish impulsini berib amalga oshiriladi, ya’ni tokning qiymati oldindan 
belgilangan qiymatga yetganda yoki undan oshganda avtomat yakor zanjirini uzib 
qo’yadi va bu tok oldindan belgilangan qiymatga kamayganda avtomat yakor 
zanjirini tarmoqqa qaytadan ulab beradi.

Download 180.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling