14-маввзу. O‘zgarmas tok dvigatellari
O’zgarmas tok dvigatelni reostatli ishga tushirish
Download 180.43 Kb. Pdf ko'rish
|
14-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parallel qo’zg’atishli dvigatelni ishga tushirish.
O’zgarmas tok dvigatelni reostatli ishga tushirish. Quvvati
kVt bo’lganida ishga tushirish tokini kamaytirish uchun yakor zanjiriga ketma-ket qilib ishga tushirish reostatini ulanadi. Ishga tushirish jarayoni silliq o’tishi uchun ishga tushirish reostat qarshiligi alohida elementlardan iborat bo’lgan ko’p pog’onali qilib bajariladi. Bu holda ishga tushirish toki quyidagiga teng bo’ladi: (5.3.18) bu yerda – ishga tushirish reostatining qarshiligi. O’zgarmas tok dvigatelni ishga tushirish davri nisbatan kamligi uchun ishga tushirish reostatining qarshiligi shunday tanlanadiki, bunda ishga tushirish toki bo’lishi kerak. Quvvati katta bo’lgan o’zgarmas tok dvigatellarini ishga tushirish uchun reostatlarni qo’llash maqsadga muvofiq bo’lmaydi, chunki bunda o’zgarmas tok dvigatel aylanuvchi qismlari massasining momenti ga to’g’ri proportsional bo’lgan energiya isroflari katta bo’ladi. SHuning uchun bunday o’zgarmas tok dvigatelni ishga tushirishda kuchlanishni kamaytirish yo’li maxsus ishga tushirish agregatidan foydalanib amalga oshiriladi. Masalan, elektrovozning tortish o’zgarmas tok dvigatellarini ishga tushirishda yoki elektr dvigatellarini «generator − dvigatel» sxemasi yordamida ishga tushiriladi. Parallel qo’zg’atishli dvigatelni ishga tushirish. Reostatli ishga tushirish amalda eng ko’p qo’llaniladigan usul hisoblanadi. 5.3.2-rasmda uchta , , uchli ishga tushirish reostatining sxemasi ko’rsatilgan. Ko’rilayotgan reostat o’zaro ketma-ket ulangan to’rtta pog’onadan iborat. Bular 6 ta kontaktga ega bo’lib, ulardan boshlang’ichi − nol , to’rtta 1 4 oraliqdagi va oxirgisi 5–ishchidir. 4– pog’onaning oxiri 5–kontakt va harfi bilan belgilangan ulanish joyiga birlashtirilgan: harfi bilan belgilangan misdan yasalgan yoy esa harfi bilan belgilangan ulanish joyiga birlashtirilgan. Siljiydigan kontaktlari reostatining tutqichiga mahkamlangan va harfi bilan belgilangan ulanish joyi bilan biriktirilgan bo’lib, bu kontaktlar yordamida tarmoq simining biriga ulanadi. Ishga tushirishdan oldin reostatning tutqichiga mahkamlangan siljiydigan kontaktning uchi kontaktida bo’lilishi shart. Yakor zanjiridagi ishga tushirish tokining cheklangan qiymatida ishga tushirish momentini oshirish maqsadida asosiy qutb magnit oqimining qiymatini ko’paytirish uchun qo’zg’atish tizimidagi rostlash reostatining qarshiligi bo’lishi kerak (5.3..2,a-rasm). Ishga tushirish reostatining tutqichini kontakt dan kontakt ga ko’chirganda qo’zg’atish chulg’amiga qiymati bo’lgan kuchlanish beriladi, yakor chulg’amiga esa, uning zanjiri bu holda ishga tushirish reostatining to’la qarshiligiga ulanganligi sababli, past kuchlanish beriladi. Natijada qo’zg’atish chulg’amidagi tokning qiymati katta bo’lib, yakor zanjiridan esa (5.3.18) tenglama bilan aniqlanadigan tok o’tadi. Ishga tushirishning boshlanishida yakorning aylanish chastotasi bo’lganligidan (5.3.18) tenglamadagi bo’ladi. Agar yakor reaktsiyasi o’zgarmas tok dvigatelning asosiy magnit oqimiga ta’sir qilmaydi deb hisoblab, unda bo’ladi. Tok ga boshlang’ich ishga tushirish momenti to’g’ri keladi: . (5.3.19) Agar bu moment bo’lsa, unda o’zgarmas tok dvigatelning yakori aylana boshlaydi. Bunda yakor chulg’amini hosil qiladigan o’tkazgichlar o’zgarmas magnit oqimning kuch chiziqlarini kesadi va bo’lganligidan, bu o’tkazgichlarda yakorning aylanish chastotasi ga proportsional bo’lgan teskari EYUK vujudga keladi (5.3.2,c-rasm). Bu rasmdagi egri chiziq esa, teskari EYUK vujudga kelganligi tufayli (5.3.18) ifodaga asosan, ishga tushirish tokining va (5.3.19) ifodaga ko’ra bu tokka proportsional bo’lgan ishga tushirish momentining kamayishini ko’rsatadi. O’zgarmas tok dvigatelni tarmoqdan uzishda yakor tokini kamaytirish maqsadida reostat tutqichini kontakt dan kontakt ga qadar sekin-asta ko’chiriladi. U holda ishga tushirish reostatining to’la qarshiligi yakor zanjiriga ulangan bo’ladi va yakor toki kamayadi. So’ng ulab-uzgich yordamida o’zgarmas tok dvigatel tarmoqdan uziladi. Kontakt va mis yoyi orasidagi birikmaning mavjudligi katta ahamiyatga ega bo’lib, u qo’zg’atish chulg’ami, yakor chulg’ami va reostatlardan iborat bo’lgan berk konturni hosil qiladi. Bu konturda tarmoqdan uzilgan o’zgarmas tok dvigatel qo’zg’atish chulg’amining elektromagnit energiyasi issiqlik energiyaga aylanadi. Agar bu birikma qo’zg’atish chulg’ami birdaniga tarmoqdan uzilsa, chulg’amda haddan tashqari o’zinduktsiya EYUK hosil bo’lib, chulg’am izolyatsiyasini ishdan chiqaradi. Avtomatlashtirilgan elektr yuritmasida o’zgarmas tok dvigatelni ishga tushirish uchun bir nechta pog’onaga bo’lingan qarshiliklar , dan foydalanadi (5.3.2,b-rasm). U holda ishga tushirish kontaktlari , vositasida ular navbatma-navbat shunt qilinadi. Download 180.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling