14-маввзу. O‘zgarmas tok dvigatellari


Ketma-ket va aralash qo’zg’atishli dvigatellarni ishga tushirish


Download 180.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi180.43 Kb.
#1498992
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-мавзу

 
Ketma-ket va aralash qo’zg’atishli dvigatellarni ishga tushirish. Bunday 
dvigatellarni ishga tushirish parallel qo’zg’atishli dvigateldagi kabi ishga tushirish 
reostati vositasida amalga oshiriladi. 
Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatelda ishga tushirish momenti parallel 
qo’zg’atishlinikiga nisbatan katta bo’ladi va (5.3.19) ifoda bilan aniqlanadi. Bu 
momentning katta bo’lishiga sabab, yakor chulg’amidagi ishga tushirish tokining 
oshishi bilan, bu chulg’amda ketma-ket ulangan qo’zg’atish chulg’amining magnit 
oqimi ham o’sadi. Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatellarning bu xossasi ayrim elektr 
yuritmalarda, masalan, yuk ko’taradigan moslamalarda, tortish qurilmalarida va 
boshqa hollarda katta ahamiyatga ega bo’ladi. 
Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatellarning quyidagi o’ziga xos hususiyatlarini
ya’ni dvigatellarni salt ishlash holatida va yuklamaning miqdori nominalga 
nisbatan 25% dan kam bo’lgan hollarda, ishga tushirish mumkin emasligini esda 
tutish lozim. CHunki bunday hollarda mashina magnit zanjiri to’yinmagan bo’lib, 
magnit oqimi 
yakor toki
ga to’g’ri proportsional ravishda o’zgarganligi 


sababli aylantiruvchi momenti 
yakor tokining kvadrati 
ga to’g’ri 
proportsional ravishda o’zgaradi, ya’ni:
(5.3.20) 
(5.3.14) va (5.3.16) ifodalardan ko’rinadiki, ketma-ket qo’zg’atishli dvigatel 
mexanik jihatdan katta bo’lgan aylanish chastotasini hosil qiladi. 
Aralash qo’zg’atishli dvigatelning parallel va ketma-ket qo’zg’atish 
chulg’amlari mos ulangan bo’lsa, u xuddi parallel qo’zg’atishli dvigateldek ishga 
tushiriladi. Agar qo’zg’atish chulg’amlari o’zaro teskari ulangan bo’lsa, o’zgarmas 
tok dvigatelni ishga tushirish qiyinlashib qoladi. Bu holda ketma-ket qo’zg’atish 
chulg’ami butun ishga tushirish jarayoni davomida qisqa tutashtiriladi. 

Download 180.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling