Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Birodari yangi kiyim kiyganda aytiladigan duolar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
5-bob. Birodari yangi kiyim kiyganda aytiladigan duolar 37/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qora astarli ko’ylak berishdi. U zot: «Bu ko’ylakni kimga ravo ko’rasizlar?» deb so’radilar. Hech kim indamadi. Shunda: «Ummu Xolidni keltiringlar», dedilar. Ummu Xolid kelganlaridan keyin u zot ko’ylakni muborak qo’llari bilan kiydirdilar va: «Kiyib-kiyib to’zdirgin», deb ikki marta aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari 38/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Umarning (r.a.) egnida bir ki-yim ko’rib: «Bu yangimi yoki yuvilganmi?» dedilar. Umar (r.a.): «Yuvilgan», dedilar. Shunda Rasululloh: «Ilbas jadiydan va ‘ish hamiydan va mut shahiydan sa’iydan», ya’ni, «Yangisini kiy, maqtovli yasha, shahid bo’lib dunyodan o’t», dedilar. Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari 6-bob. Kiyim va poyabzalni kiyib-echish tartibi Kiyim, poyabzal, ishton va shunga o’xshash yengli, pochali liboslarni o’ng tomonidan kiyib, chap tomonidan yechish mus-tahabdir. Shu singari, surma qo’yish, misvok ishlatish, tirnoq olish, mo’ylovni qisqartirish, qo’ltiq tukini yulish, soch olish, namozdan salom bilan chiqish, masjidga kirish, hojatxonadan chiqish, tahorat olish, g’usl qilish, taom yeyish, ichimlik ichish, qo’l berib so’rashish, Hajarul asvadni ushlash, birovdan narsa olish hamda berish va shunga o’xshash ishlar o’ng tomon bilan boshlanadi. 39/1. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh alayhissalom har bir narsani o’ng tarafdan boshlashni yoqtirar edilar. Hatto, poklanish va soch tarashda ham». Buxoriy va Muslim rivoyatlari 40/2. Yana Oisha (r.a.) onamiz aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o’ng qo’llari poklanish va taom uchun, chap qo’llari esa, xalo hojati va boshqa noxush narsalar uchun edi». Abu Dovud rivoyatlari 41/3. Hafsa (r.a.) onamiz xabar qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o’ng qo’llari taom, ichimlik va kiyim kiyish, chap qo’llari bulardan boshqa ishlar uchun bo’lgan. Abu Dovud va Bayhaqiy rivoyatlari 42/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar libos kiysangiz yoki tahorat qilsangiz, o’ng tomoningizdan boshlanglar», deb aytdilar. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja, Bayhaqiy rivoyatlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling