Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Uyga kirayotganda o’qiladigan duolar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Bas, qachon uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo’lgan muborak pokiza salomni aytinglar
9-bob. Uyga kirayotganda o’qiladigan duolar Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 19 Manzilga kirayotganda bismillohni aytib, zikrni ko’paytirib, uyda odam bo’lsin-bo’lmasin, salom berib kirish mus-tahabdir. Alloh taolo Nur surasining 61-oyatida: «Bas, qachon uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo’lgan muborak pokiza salomni aytinglar (ya’ni, assalomu alaykum, denglar)», deb buyuradi. 47/1. Anas (r.a.) aytadilar: «Rasululloh menga: «Ey o’g’ilcham, uyingga kirsang, salom berib kir. Bu ishing o’zingga va ahli ayolingga baraka keltiradi», dedilar». Imom Termiziy rivoyatlari 48/2. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kishi uyiga kirayotganida: «Allohumma inniy as`aluka xoyral mavlaji va xoyral maxraji, bismillahi valajna va bismillahi xorojna va ‘alallohi robbina tavakkalna» (Ey Rabbim, Sendan kirishning ham, chiqishning ham yaxshisini so’rayman. Allohning ismi bilan kirdik. Allohning ismi bilan chiqdik. Rabbimiz Allohga tavakkal qildik), deb aytib, so’ngra ahliga salom bersin», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari 49/3. Abu Umoma Bohiliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch kishi Alloh taoloning himoyasidadir: Allohning yo’lida g’azotga chiqqan kishi to shahid bo’lib, jannatga kirgunicha yoki o’lja-mukofotlarni olib qaytgunicha; masjidga ketayotgan kishi yo vafot etib, jannatga kirgunicha yoki ajr-savoblarni olib (ahliga) qaytgunicha; uyiga salom berib kirgan kishi», dedilar. Hasan isnod bilan Abu Dovud rivoyat qilganlar. 50/4. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytadilar: «Rasulullohdan quyidagilarni eshitdim: «Kim uyiga kirayotganida va taom paytida Allohni zikr qilsa, shayton sheriklariga: «Sizlarga yotoq ham, ovqat ham yo’q», deb aytadi. Kim uyiga kirayotib, Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Yotoqlaringizga yetishdingiz», deydi. Taom paytida ham Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Ovqatgayam yetishdingiz», deydi». Imom Muslim rivoyatlari 51/5. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylariga kunduzi qaytsalar: «Alhamdu lillahillaziy kafaniy va avaniy valhamdu lillahillaziy at’amaniy va saqoniy valhamdu lillahillaziy manna ‘alayya, as`aluka an tujiyroniy minan nar», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Menga boshpana berib behojat qilgan, meni yedirib-ichirgan va ko’p ne’matlarni in’om etgan Allohga hamd bo’lsin. Undan meni do’zaxdan saqlashini so’rayman.) Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. Imom Molik «Muvatto’» kitoblarida aytishlaricha, kishi o’zi yashamaydigan uyga kirganida: «Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn» (Bizga va Allohning solih bandalariga salom bo’lsin), deb aytishi mustahab. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling