Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Hojatxonaga kirayotganda o’qiladigan duolar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
11-bob. Hojatxonaga kirayotganda o’qiladigan duolar 54/1. Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh hojatxonaga kirayotganlarida: «Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais» duosini o’qir edilar». (Ma’nosi: Ey Rabbim, erkak va ayol shaytonning yomonligidan panoh tilayman.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari 55/2. Imom Termiziy, Abu Dovud, Nasoiylarning rivoyatlarida: «Bismillah. Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais», deb kelgan. 56/3. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hojatxonaga kirayotganda bismillahni aytish odam bolasining avrati bilan jinlar ko’zi orasida parda bo’ladi», dedilar. Bu hadisni Termiziy rivoyat qilganlar va: «Isnodi unchalik kuchli emas», deb aytganlar. Yuqorida zikr qilganimizdek, zaif hadislarga fazilatli ishlarda amal qilinaveradi. Ba’zi Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 21 birodarlarimiz: «Bismilloh to’silgan joyda yoki sahroda ham aytilaveradi», deyishadi. Ba’zilari esa: «Avval bismilloh, so’ng «Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais» aytiladi», deb aytishgan. 57/4. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonaga kirsalar: «Allohumma inniy a’uzu bika minar rijsin najasi al-xobiysil muxbisi ash-shaytonir rojiym», deb o’qir edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, kir, najas, iflos, ifloslik qiluvchi, (Allohning dargohidan) quvlangan shaytondan panoh tilayman.) Ibn Sunniy va Tabaroniy rivoyatlari 12-bob. Hojatxonada so’zlashish va zikr qilishni man’ etish Xoh yalanglik-sahroda bo’lsin, xoh pana joyda, hojat chiqarayotib so’zlashish va zikr qilish makruhdir. Faqat zarurat yuzasidan ruxsat berilgan. Ba’zi birodarlarimizning fikricha, aksa ursa, hamd aytilmaydi, aksa urib, hamd aytganga javob berilmaydi, salomga alik olinmaydi, muazzinga ijobat qilinmaydi. Chunki bu holatida musulmon kishi javobga mustahiq emas. Javob berishi makruh hisoblanadi. Ammo harom emas. Lekin aksa urganida tilini qimirlatmasdan, qalbi bilan hamd aytsa, zarari yo’q. Shuningdek, jimo’ paytida ham aytish bezarardir. 58/1. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bavl qilayotganlarida bir kishi u zotga salom berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning salomiga alik olmadilar». Imom Muslim rivoyatlari 59/2. Muhojir ibn Qunfuz (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borsam, u zot bavl qilayotgan ekanlar. Salom berdim, u zot tahorat qilib bo’lgunlaricha javob bermadilar. So’ng menga uzr aytib: «Allohni nopok yoki tahoratsiz holda zikr qilishni xushlamadim», dedilar». Abu Dovud, Nasoiy va Ibn Mojalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling