Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob Kishini Abu Fulon va Abu Fulona, ayolni Ummu Fulon va Ummu Fulona


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
256-bob Kishini Abu Fulon va Abu Fulona, ayolni Ummu Fulon va Ummu Fulona 
deb kunyalash joizligi haqida 
Bilingki, bularning har birida ta’qiq yo‘q. Ummatning salaflaridan tashkil topgan sahoba
tobe’in va ulardan keyingilar Abu Fulona, deb qiz bolaning ismi bilan ham 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
204
kunyalanishgan. Ulardan Usmon ibn Affonda uchta kunya: Abu Amr, Abu Abdulloh va 
Abu Laylolar bor edi. Va yana shunday kunyalardan Abu Dardodir. Bu sahobaning Xayra 
ismli katta xotinlari ham Ummu Dardo, Hujayma ismli kichik xotinlari ham Ummu Dardo 
edilar. Bu kichik xonim yetuk aqlli, fozila, faqih, qadri ulug‘ tobe’inlardan edi. Va yana 
Abdurahmon ibn Abu Laylo, otalari Abu Laylo, bularning xotinlari Ummu Laylo bo‘lib, bu 
ikkovi sahobalardan edi. Va yana Abu Umoma, Abu Rayhona, Abu Ramsa, Abu Riyma
Abu Amra Bushayr ibn Amr, Abu Fotima al-Laysiy, Abu Maryam Azdiy, Abu Ruqayya 
Tamim Doriy, Abu Karima Miqdom ibn Ma’diy Karibalarning hammalari sahoba 
bo‘lishgan. 
Tobe’inlardan Abu Oisha Masruq ibn Ajda’ va shunga o‘xshash son-sanog‘i yo‘q kishilar 
bo‘lgan. 
Sam’oniy «Al-Ansob» kitobida Masruqning bunday (Masruq, ya’ni o‘g‘irlangan) deb 
ismlanishiga sabab u zotni yoshlik paytlarida bir odam o‘g‘irlab ketgan. So‘ngra 
topilganlar, deb aytganlar. 
Sahih hadislarda kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdurahmon ibn Saxrni 
Abu Hurayra, deb kunyalaganlar. 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
205
TURLI ZIKRLAR KITOBI 
Bilingki, bu kitobni foydasi katta bo‘lgan duo-zikrlardan tashkil topgan turli boblar ila 
to‘ldirdim. Bu duolarda tartib lozim bo‘lmagani uchun tartiblamadim. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling