Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Majlisda o‘tiruvchining o‘zini va jamoatda o‘tirganlarni duo qilishi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
261-bob Majlisda o‘tiruvchining o‘zini va jamoatda o‘tirganlarni duo qilishi 761/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagilar bilan sahobalariga duo qilib, majlisdan turib ketardilar: «Allohumma aqsim lana min xashyatika ma yahulu baynana va bayna ma’asiyka va min toatika ma tuballig‘una bihi jannataka va minal yaqiyni ma tuhavvinu bihi a’layna masoibaddunyo. Allohumma matti’na biasma’ina va absorina va quvvatina ma ahyaytana vaj’alhul vorisa minna vaj’al sa’rana ‘ala man zolamana vansurna ‘ala man ‘adana vala taj’al musiybatana fiy diynina vala taj’alid dunyo akbara hammina vala mablag‘a ‘ilmina vala tusallit ‘alayna man la yarhamuna». (Ma’nosi: «Allohim, Senga qilinadigan gunoh ila bizning oramizni to‘sadigan qo‘rquvni va jannatingga yetkazadigan toatingni hamda dunyo musibatlarini bizga yengillashtiradigan yaqiynni (to‘la ishonchni) ulush qilib ber. Allohim, bizni tirikligimizda qulog‘imiz, ko‘zimiz va quvvatimiz ila naflantirib, uni bizga merosxo‘r qil (ya’ni, vafot etgunimizcha omonda qil). Uchimizni bizga zulm qilganlarga qarat! Dushmanlarimiz ziyoniga bizga nusrat ber. Musibatimizni dinimizda qilma. Dunyoni eng katta g‘amimiz va oxirgi ilmimiz qilma. Va bizga rahm qilmaydiganlarni bizga boshliq etma».) Termiziy rivoyatlari. 262-bob Allohni zikr qilmay majlisdan turishning karohiyati haqida Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 207 762/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror qavm majlisdan turib Allohni zikr qilmasa, xuddi eshakning o‘laksasi kabi turib, hasratda qoladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 763/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bir o‘rinda o‘tirsa-yu, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan unga noqislik bo‘ladi. Kimki bir o‘ringa yonboshlasa-yu, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan unga ham noqislik yetadi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 764/3. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror qavm bir majlisda o‘tirib, Allohni zikr qilmasa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytmasa, unga ham noqislik yetadi. Agar Alloh xohlasa, azoblaydi va agar xohlasa, kechiradi», dedilar. Termiziy rivoyatlari. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling