Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Uyatsiz gaplarni so‘zlagan kishi aytadigan zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
277-bob Uyatsiz gaplarni so‘zlagan kishi aytadigan zikrlar 799/1. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tilimning uyatsiz so‘zlarni aytishidan shikoyat qilsam, u zot: «Sen istig‘for aytmaysanmi? Men har kuni Alloh azza va jallaga yuz marta istig‘for aytaman», dedilar. Ibn Moja va Ibn Sunniylar rivoyati. 278-bob Ulov qoqilib ketganda aytiladigan zikrlar 800/1. Mashhur tobe’in Abu Mulayh bir kishidan qilgan rivoyatlarida «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ortlariga mingashib ketayotganimda, u zot minib olgan hayvonlari qoqilib ketdi. Shunda men: «Shayton bizni nochor holatga solib ko‘ydi», Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 214 dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unday deb aytma. Shunday desang, u o‘zini ulug‘ sanab, uydek kattalashib, mening quvvatim bilan bo‘ldi, deydi. Lekin sen «Bismillah», deb ayt. Ana shunday desang, pashsha kabi kichkina bo‘ladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 801/2. Xuddi mana shu lafzdagi hadisni ibn Sunniy rivoyatlarida Abu Mulayh otalari Usomadan (r.a.) rivoyat qilganlar. Mana shu ikki rivoyat ham sahihdir. Chunki Abu Dovud rivoyatlaridagi noma’lum shaxs ham sahobalardandir. Sahobalarning barchalari adolatli, jaholat zarar bermaydigan shaxslardir. 279-bob Agar voliy vafot etsa, o‘sha shaharning kattasi kishilarni tinchlantirib, va’z-nasihat bilan sabr va sabotga buyurib xitob qilishi mahbubligi haqida 802/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etgan kunlari Abu Bakr Siddiqning (r.a.) xutbalari haqidagi mashhur hadisda rivoyat qilinishicha, u zot: «Kimki Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ibodat qilayotgan bo‘lsa, albatta Muhammad sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar. Kimki Allohga ibodat qilayotgan bo‘lsa, albatta Alloh tirikdir, U o‘lmaydi», deb aytdilar. 803/2. Jarir ibn Abdulloh (r.a.) rivoyat qildilar. Basra va Ko‘fa amiri Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba vafot etganlarida, Jarir o‘rinlaridan turib, Allohga hamdu sano aytdilar va «Sherigi yo‘q yakka Allohdan ko‘rqing hamda amir kelguncha xotirjamlik va bosiqlikni lozim tuting. Albatta sizlarga hozir amir keladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling