Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Balolangan kishining yoki do‘stining holini so‘raganda so‘ralgan kishi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
267-bob Balolangan kishining yoki do‘stining holini so‘raganda so‘ralgan kishi javobi bilan birga Allohga hamd aytish mahbubligi haqida 780/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ali (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘lim yaqinlashgandagi kasalliklarida huzurlaridan chiqqanlarida, odamlar: «Ey Abu Hasan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday tong ottirdilar?» deyishganida, Ali (r.a.): «Allohga hamd bo‘lsin u zot sog‘ holatda tong ottirdilar», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 268-bob Bozorga kirganda aytiladigan zikrlar 781/1. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 210 «Kimki bozorga kirganda, «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku valahul hamdu yuhyi va yumiytu va huva hayyun la yamuvtu biyadihil xoyru va huva ‘ala kulli shay'in qodir», desa, Alloh taolo unga bir million hasanot yozib, bir million yomonlikni o‘chirib va bir million daraja ko‘taradi», dedilar. (Ma’nosi: «Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Barcha mulk Allohnikidir va hamd Uning uchundir. U (zot) tiriltiradi va o‘ldiradi. U tirikdir, o‘lmaydi. Yaxshilik Uning ko‘lida va U har bir narsaga qodirdir».) Imom Termiziy va boshqalar rivoyati. Imom Hokimning ba’zi rivoyatlarida «U uchun jannatda uy quriladi»ni ziyoda qilingan. Roviy aytdilar: «Xurosonga borib, Qutayba ibn Muslimning oldilariga kirib, sizga hadya olib keldim, deb shu hadisni aytib berdim. Qutayba ibn Muslim ulovlariga minib, bozorga borib, ushbu duoni aytdilar-da, so‘ngra u yerdan ko‘zg‘oldilar». Imom Xrkim Buraydadan (r.a.) qilgan rivoyatlarida: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bozorga kirsalar: «Bismillohi, Allohumma inniy as'aluka xoyra hazihis suqi va xoyra ma fiyha va au’zu bika min sharriha va shari ma fiyha. Allohumma inniy au’zu bika an usiyba fiyha yamiynan fajira av safqatan xosira», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohning ismi ila. Allohim, Sendan bu bozorning yaxshisini va undagi yaxshiliklarni so‘rayman. Va bu bozorning yomonidan hamda undagi yomonlikdan Sening noming ila panoh tilayman. Allohim, Sening noming ila gunohga eltuvchi qasamdan va zarar keltiruvchi bitimdan panoh so‘rayman».) Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling