Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
213 Shunda Said: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki zulm bilan yerdan bir qarichiga ega bo‘lib olsa, yetti (qavat) yerga o‘raladi», deganlarini eshitganman», dedi. Buni eshitgan Marvon: «Bundan keyin sendan dalil-isbot so‘ramayman», dedi. Said esa: «Allohim, agar bu ayol yolg‘onchi bo‘lsa, ko‘zini ko‘r qilib, o‘z yerida o‘ldirgin», dedi. Aytishlaricha, bu ayolning ko‘zi o‘lishidan oldin ko‘r bo‘lib, o‘z yerida keta turib, bir chuqurga tushib vafot etdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 275-bob Gunoh va bid’at ahllaridan o‘zini daxlsiz etmoq haqida 796/1. Abu Burda ibn Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Muso qattiq kasal bo‘lib, hushsiz yotib qoldilar. Boshlari xotinlari tizzasida edi. U xotin baland ovoz ila baqirardi. Ammo u kishi biror javob qilishga qodir bo‘lmadi. U zot hushlariga kelganlarida, «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzoq bo‘lgan narsadan yiroqdadirman. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musibat paytida qattiq ovoz ila baqiruvchidan, sochini yuluvchidan va kiyimini yirtuvchidan uzoqdadirlar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 797/2. Yahyo ibn Ya’mardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ibn Umarga «Ey Abu Abdurahmon, bizning oldimizda shunday kishilar paydo bo‘lishdiki, ular Qur’on o‘qiydilar-u, ammo qadar yo‘q, albatta ishlar Alloh ilmida muqaddam bo‘lmagan, deydilar», deb aytganimda, u zot: «Agar o‘shalarga yo‘liqsang, men ulardan yiroq, ular ham mendan yiroq ekanliklarining xabarini bergin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 276-bob Munkar narsani ketkazishga kirishilganda aytiladigan zikrlar 798/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fath kuni Makkaga kirganlarida, Ka’ba atrofida 360 ta but bor edi. Ularni ko‘llarida bo‘lgan novda ila urib, «Ja'al hakqu va zahaqol botilu innal botila kana zahuvqo ja'al haqqu vama yubdi'ul botilu vama yu’idu», dedilar. (Ma’nosi: «Haq keldi, botil yo‘q bo‘ldi. Albatta botil yo‘q bo‘luvchidir. Haq keldi. Endi botil yangidan ham qaytib kelmaydi».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling