Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Pshlatish makruh bo‘lgan lafzlar to‘g‘risida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
331-bob Pshlatish makruh bo‘lgan lafzlar to‘g‘risida 934/1. Sahl ibn Hunayf Oishadan (r.a.) rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz ko‘nglim ayniyapti, degan so‘zni (arabchada) «xabusa» lafzi ila emas, balki «laqisat» lafzi ila aytsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 935/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz «ko‘nglim buzilyapti» so‘zini (arabchada) «joshat» lafzi ila emas, «laqisat» lafzi ila aytsin», dedilar. Imom Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. (Xuddi o‘zbek tilidagi «qusgim kelyapti» o‘rniga chiroyli qilib «ko‘nglim ayniyapti», deb aytganga o‘xshash... - tarj.) «Laqisat», «joshat», «xabusat»larning ma’nosi bir: «ko‘ngli aynishi»ni anglatadi. Ammo «joshat» bilan «xabusat» deb aytish xunuk bo‘lgani uchun bu lafzlarni ishlatish karih ko‘rilgan. 936/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Kishilar uzumni) al-Karmu, deb aytadilar. «Al-Karmu» esa mo‘minning qalbidir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Muslimning rivoyatlarida «Uzumni «al-Karmu» lafzi ila ismlamanglar. Chunki al-Karmu musulmondir», deyilgan. Boshqa rivoyatda «Al-Karmu - mo‘minning qalbi», deyilgan. 937/4. Voil ibn Hijrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Uzumni) al-Karmu lafzi ila aytmanglar. Lekin al-Inab val-Habala lafzi ila aytinglar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Bu hadisdan maqsad uzumni «Al-Karmu», deb ismlashdan qaytarish. Johiliyatda uzum Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 254 «Al-Karmu» deb nomlanar edi. Hozir ham ba’zilar shunday aytishadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday ismlashdan qaytarganlar. Imom Xitobiy va boshqa ulamolarning aytishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzumni chiroyli ism bilan chaqirishni xohlardilar. Uning mevasidan mast qiluvchi sharobni tayyorlovchilar uzumning ismini salbiy aytishar edi. 938/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi insonlar halok bo‘ldi, desa, bas, o‘sha aytgan kishi o‘zi halok bo‘luvchidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Humaydiy: «Odamlarni past va haqir sanab o‘zini fazilatli qilib ko‘rsatish maqsadida bo‘lsa, bunday deyishi joiz emas. Chunki u Allohning xalq qilgandagi sirlarini bilmaydi», dedilar. Xitobiy aytdilar: «Insonlarning yomonliklarini zikr qilib, ayblab, «Ular fasod bo‘lib, halokatga uchrashdi», desa, o‘zi halok bo‘luvchidir. Ya’ni, ularni ayblash bilan o‘zi eng yomon holatdadir. Ko‘pincha, o‘z nafsiga ajablanishi va o‘zining fazilatli ekanini his qilib, o‘zini yaxshiman, deyishi insonni halokatga eltadi». 939/6. Qa’nabiy Molikdan, u esa Sahl ibn Abu Solihdan, u otasidan, otasi Abu Hurayradan qilgan rivoyatida ham xuddi yuqoridagi hadisni zikr qildilar. Abu Dovud rivoyatlari. Molik: «Agar ana shu so‘zni kishilarning dindagi sustkashliklarini ko‘rib aytsa, zarari yo‘q. Lekin o‘z nafsiga ajablanib, kishilarga past nazar bilan qarab aytsa, unda man qilinganlar qatorida bo‘lib qoladi», dedilar. Imom Navaviyning fikrlaricha ham, mana shu so‘z sahihdir. Xususan, Imom Molikdan (r.a.) bo‘lgani diqqatga sazovordir. 940/7. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh xohlasa va falonchi xohlasa, deb aytmanglar. Lekin Alloh xohlasa, so‘ngra falonchi xohlasa, deb aytaveringlar», dedilar. Imom Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. Xitobiy va boshqalar aytishgan: «Bu hadisda odobga chaqiruvchi irshod bor. Chunki «va» so‘zi «birga», «sherik bo‘lish» ma’nosini anglatadi. «So‘ngra» so‘zi esa tartib va zaiflikni anglatadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu hadisda Alloh xohishini boshqalarning xohishidan oldin keltiryaptilar». Ibrohim Naha’iy «A’uvzu billahi va bika», ya’ni «Alloh ismi va sening isming bilan panoh tilayman», deb aytmoqni karih ko‘rardilar. Balki «A’uvzu billahi summa bika», deb aytmoqlik joizdir. Ya’ni, Allohning ismi bilan, so‘ngra sening isming bilan, deganidir. Va yana: «Agar Alloh qilmaganida, so‘ngra falonchi qilmaganida, bunday qilardim», deb aytiladi. Ammo «Alloh qilmaganida va falonchi qilmaganida, bunday qilmasdim», deb hargiz aytma. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling