Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz»
www.ziyouz.com kutubxonasi
262 omonda bo‘lishni o‘rgatuvchi kishiga yoxud uning sabablarini tanituvchiga yoki uni duo qiluvchi kimsaga qilgan gunohining xabarini berishining zarari yo‘q. Endi bunday manfaatlar bo‘lmasa, ana o‘sha karih ko‘rilgan. 963/30. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan har biri avf qilingandir. Faqat mujohirlar (oshkora qiluvchilar) bunday emas. Mujohir shunday bir kishiki, u kechasida bir amalni qiladi-da, so‘ngra tong ottiradi. Alloh esa uning gunohini berkitgan edi. Bas, u: «Ey falonchi, unday va bunday qildim», deydi. Vaholanki, Rabbisi uni berkitgan edi. U esa Allohning yopib ko‘ygan pardasini ochib yuboradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Balog‘atga yetgan mukallafning biror kishining quli yoki xotini yo o‘g‘li yoxud dastyoriga amru ma’ruf yoki nahiy munkar bo‘lmasdan, balki fasod so‘zlar ila gaplashmog‘i haromdir. Bu haqda Alloh taolo: «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz», deb aytgan (Moida surasi 2-oyat). Alloh taolo Qof surasining 18-oyatida: «U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)», degan. 964/31. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki biror kishining xotinini yoki qulini (buzg‘unchilik niyatida) aldasa, bizdan emas», deb aytganlar. Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati. Fasl: Allohning toatida «molimni infoq qildim» yoki shu kabi so‘zlarni aytmoq joiz. Masalan, hajga borib-kelishimga ming (dinor), g‘azotda qatnashishimga ikki ming (dinor), mehmonlarning ziyofatiga uncha, bolalarim xatnasiga muncha, nikohimga bir qancha infoq qildim, deydi. Lekin aksari avomga o‘xshab, ziyofatimda zarar ko‘rdim, hajimda (uncha) yo‘qotdim, safarimda (bunchadan) mahrum bo‘ldim kabi so‘zlarni aytmaydi. Zarar ko‘rdim, yo‘qotdim, mahrum bo‘ldim kabi so‘zlar gunoh va makruh amallarda ishlatiladi. Infoq qildim so‘zi esa toat yo‘lida ishlatiladi. Fasl: Allohning zoti ila jannatdan boshqa narsani so‘ramoqning makruhligi: 965/32. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannatdan boshqa narsani Allohning zoti ila so‘ralmaydi», dedilar. Abu Dovud rivoyat qildilar. Fasl: Allohning nomi ila so‘raganni va Alloh nomi ila shafoat talab qilganni man qilishning makruhligi: 966/33. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Allohning nomi bilan panoh tilasa, unga panoh beringlar. Kimki Alloh nomi ila so‘rasa, unga beringlar. Kimki chaqirsa, ijobat qilinglar. Kimki sizlarga biror yaxshilik qilsa, uni mukofotlab ko‘yinglar. Agar mukofotlaydigan narsa topa olmasanglar, uning haqqiga duo qilib qo‘yinglar. Hattoki, sizlar mukofotlaganingizni unda ko‘rasizlar», dedilar. Abu Dovud va Nasaiy sahih isnod ila rivoyat qilishgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling