Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
266 keltiriladi. Bu ikkisi ham sahih kitobdan olindi. Bu kabi hadislar son-sanoqsizdir. Zikr etganlarimizning o‘ziyoq kifoya qiladi. Fasl: Oxirgi xufton namozini «‘atama» va shomni «‘isho», deb ismlamoqlikning karohiyati: 975/42. Abdulloh ibn Mug‘affal al-Muzaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shom namozlaringiz ismida badaviy arablar nomlashgan so‘z g‘olib kelmasin, ya’ni badaviylar shom namozini «‘isho», deb atashar edi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Ammo xuftonni «‘atama», deb nomlangani, ya’ni «Agar subhi va ‘atama namozlarida qanday savob borligini bilishganida, emaklab bo‘lsa ham, unga kelishar edi», deb kelganiga ikki xil javob bor: birinchisi - bundagi qaytariq harom emas, balki halol ekanligini bayon qilib kelyapti. Ikkinchisi - agar ‘isho, deb ismlansa, shom namoziga aralashib ketishidan ko‘rqqan kishiga xitob qilinyapti. Ammo bomdodni «g‘adot», deb atamoqning karohiyati yo‘q. o‘adot, deb ishlatilganligi haqida sahih hadislarda dalillar bor. Bir jamoat buning karohiyati bor, deyishgan. Unday emas. Shom ila xuftonning ikkovini birga «‘ishoayni», deyishning va xuftonni «oxirgi ‘isho», deb atalishining zarari yo‘q. Asma’iy (r.a): xufton «oxirgi ‘isho», deb atalmaydi degan. Bu gaplari noto‘g‘ri. «Sahihi Muslim»da sobit bo‘lishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir ayol xushbo‘y narsalarni iste’mol qilgan bo‘lsa, biz bilan oxirgi ‘ishoda ishtirok etmasin», dedilar. Bundan tashqari ikki «Sahih»dan boshqalarida ham sahobalarning so‘zlari son-sanoqsiz. Men bularning barchasini «Tahziybul asmo val-lug‘at» kitobida bayon qildim. Fasl: Sirni oshkor qilishdan qaytarish: Bunga hadislar juda ko‘p. Agar sirni oshkor qilishda zarar yoki aziyat bo‘ladigan bo‘lsa, haromdir. 976/43. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi bir so‘zni gapirsa, so‘ng u yoq-bu yoqqa qarasa, bas, u omonatdir», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. Fasl: Hojatsiz xotinini urgan kishidan nimaga urganini so‘rashning karohiyati: Biz «Tilni saqlash haqidagi kitob»ning avvalida manfaat bo‘lmaydigan narsada sukut qilish haqidagi sahih rivoyatni keltirdik. Va yana «Befoyda narsani tark qilish kishining Islomi chiroyliligidandir», deyilgan sahih hadisni zikr qildik. 977/44. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xotinini nimaga urgani haqida kishidan so‘ralmaydi», dedilar. Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyati. Fasl: Ammo she’r haqida biz hasan isnod ila Abu Ya’lo al-Muvsiliyning musnadlarida rivoyat qildik. Unda Oisha (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan she’r haqida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling