Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Sizlarga ro‘za kechasida xotinlaringizga qo‘shilish halol qilindi»
- «Agar ularni mahrni belgilab qo‘ygan holingizda qo‘l tegizishdan ilgari taloq qilsangizlar...»
www.ziyouz.com kutubxonasi
267 so‘raganlarida, «U kalom bo‘lib, yaxshisi yaxshi, yomoni yomondir», dedilar. Sahih hadislarda sobit bo‘lishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam she’r eshitganlar va Hasson ibn Sobitga kofirlarni hajv qilib she’r aytmog‘ini buyurganlar. Va yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «She’rda hikmat bordir», dedilar. Va yana u zot: «Sizlardan biringizning qorni qusqiga to‘lgani she’rga to‘lganidan ko‘ra yaxshiroqdir», dedilar. Fasl: Fahsh va beodob gaplarni so‘zlashdan man qilinganligi haqida: Bu haqda sahih hadislar juda ko‘p. Buning ma’nosi yomon ishlarda ochiqcha iboralarni qo‘llash. Agar u so‘zlayotgani to‘g‘ri va gapiruvchi rostgo‘y bo‘lsa ham. Bu ko‘pincha jinsiy aloqaga taalluqli narsalarda bo‘ladi. Ana shu narsada kinoya ila maqsadni tushunadigan darajada chiroyli iboralar bilan qo‘llash lozim. Qur’oni karim hamda sahih sunnatlarda mana shu chiroyli uslubda kelgan. Alloh taolo: «Sizlarga ro‘za kechasida xotinlaringizga qo‘shilish halol qilindi», dedi (Baqara surasi, 187-oyat). Va yana: «Axir bir-biringiz bilan qo‘shilib, ular (ya’ni, xotinlaringiz) sizlardan qat’iy axd-paymon olganlaridan so‘ng qanday qilib, uni (ya’ni, mahrni) qaytarib olasiz», degan (Niso surasi, 21-oyat). Va yana: «Agar ularni mahrni belgilab qo‘ygan holingizda qo‘l tegizishdan ilgari taloq qilsangizlar...» (Baqara surasi, 237-oyat) deb chiroyli uslubda aytgan. Bunday uslub sahih hadislarda ham kelgan. Ulamolar: «Shunga o‘xshash aytish uyatli bo‘lgan iboralarni tushuniladigan kinoyali ismlar bilan ishlatish lozim bo‘ladi», deyishgan. Masalan, ayol bilan jinsiy aloqa qilishni bildirishda qo‘shilish, duxul qilish, ishrat qilish va shularga o‘xshash iboralar qo‘llaniladi. Ammo jinsiy aloqa qilish, jimo’ qilish va shunga o‘xshash xunuk iboralar ishlatilmaydi. Shu singari siyish va bo‘shanish iboralarini hojatxonaga yoki xalojoyga boraman, degan kinoya ila chiroyli uslubda ko‘llaniladi. Ammo siyaman, ichimni bo‘shataman, demaydi. Shu singari pes, og‘zidan sassiq hid keluvchi va ko‘ltig‘i ostidan sassiq hid keluvchilar va boshqalarda ham maqsadni tushunadigan qilib, chiroyli iboralar ila gapiriladi. Bilingki, bularning hammasi ochiq ismini aytishga zarurat tug‘ilmasa, qo‘llaniladi. Ammo xitob qilinayotgan kishi majoziy va kinoyali so‘zni idrok etmasa, ta’lim berish va bayon etish maqsadida gapirilaveradi. Yoki maqsad qilingan narsada boshqa narsani anglaydigan bo‘lsa ham, haqiqiy mazmunni hosil qilish uchun ochiqcha gapirilaveradi. Chunki hadislarda kelayotgan narsa mana shuni ifoda etyapti. Yuqorida aytganimizdek, ehtiyoj tug‘ilgandagina shunday qilinadi. Chunki mazmun hosil qilish odobga rioya qilgandan yaxshirokdir. 978/45. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min kishi so‘kuvchi, la’natlovchi, fahsh so‘zlarni aytuvchi, axloqsiz bo‘lmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 979/46. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Fahsh narsa borki, u sharmandalik keltiradi. Hayo narsa borki, u ziynat keltiradi», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling